Besh toifa odam bilan do’stlik va ulfatlik qilma.
Birinchisi-fisqu fujur ahli.Ular seni xalq orasida rasvo sharmanda qiladi.
Ikkinchisi-baxil va xasis kishilarAgar sen biror narsaga muhoj bo’lib qolsang ular hech qachon senga bermaydilar.Sening molu davlatingdan esa uyalmay Yeydilar.Tugasa dushmaninga aylanadilar.
Uchinchisi-yolg’onchilar.Kimda bu xislat borligini sezsang undan uzoqroq yur.Ular seni o’z yaqinlaringdan ayirishadi va begonalarni yaqinlashtiradi.
To’rtinchi toifa esa johil, nodon va axmoq kishilardir.Ular bilan bo’lgan suhbat kishiga astahsekin ta`sir eta boshlaydi,to’g’ri yo’ldan ozdiradi, odamning niyatini buzadi.
Beshinchi toifa laqma, lavang hamda dilida mehri yo’q kishilardir.(Muhammad Jabalrudiy)
Hikoyat
Do’st uch xil bo’ladi.Birinchisi – ovqat kabidur.Ulardan ajrab bo’lmaydi.Ikkinchisi-doriga o’xshaydi va ularga goh-goh ish tushadi.Uchinchisi- dardga o’xshaydi va ulardan hech qanday yaxshilik kelmaydi.
Mavzu №18. Vatanni himoya qilish-muqaddas burch
Reja:
1. Respublika Oliy Kengashining 1992-yil 14- yanvar kunidagi qarori.
2.Harbiylar bayrami-milliy bayram
3.Vatanga qasamyod majmuasida
Tayanch so’z va atamalar: Vatan himoyachisi, kindik qoni, sha’n, or-nomus,
Qurolli Kuchlar, kuch-qudrat, sarhad, milliy armiya, ko’ksini qalqon qiladigan, keskir sozli, Jaloliddin Manguberdi shijoati, Amir Temur jasorati, Temur Malik irodasi...
Deydilar qahrli bahodirlar ham,
Janglarda jon berar chog’i mardona.
Behad azoblarga chidab so’nggi dam,
Bitta so’z demishlar shivirlab: Ona
Ulug’ bir donishmand olamni sharhlab,
Axiyri tanibdi tuqqan elini.
Zabon baxsh etganga ehtirom saylab,
Ona, deb atabdi ilk bor tilini.
14-yanvar-Vatan himoyachilari Qurolli kuchlarimiz bayrami.
O’z hayotini ona-Vatanini himoya qilishdek muqaddas va olijanob vazifaga bag’ishlagan qadrli yurtdoshlarimiz bayrami! Bugungu eng ulug’, eng aziz ayyom hisoblangan Vatan himoyachilari kuniga 22-yil to’lishi munosabati bilan butun yurtdoshlarimiz ushbu kunni chin ma’noda bayram sifatida nishonlaydilar.
Dunyoda kasblar ko’p.Ammo Vatan himoyachisi bo’lish ularning ichida eng sharaflisidir.Zero, kindik qoni to’kilgan Vatanni, shu mustaqil yurtni ko’z qorachig’idek asrab-avaylash, oilasini, sha’nini, or-nomusini himoya qilish demakdir.
Mustaqillikni, elimizning erkinligini, obod turmushini asrash va himoya qilish ishiga istiqlolning ilk yillaridan boshlab jiddiy kirishildi. Respublika Oliy Kengashining 1992-yil 14- yanvar kunidagi qarori bilan O’zbekiston Respublikasi barcha harbiy qism va muassasalar O’zbekiston tasarrufiga olindi. Keyinchalik mazkur sana qonun bilan Vatan himoyachilari kuni deb e’lon qilindi.
Shuni quvonch bilan aytish lozimki, armiyamiz bugungi kunda nafaqat Vatanimiz chegaralarini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilmoqda.
Har qanday davlatning mustaqilligi, xalqning erki uning o’z armiyasi, Qurolli Kuchlari tomonidan himoya qilinishi kerak. Zotan, yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, o’z istiqloli va ozodligining qadrini bilmaydigan, uni himoya qilolmaydigan, bunga kuch-qudrati yetmaydigan millat hech qachon erkin yashay olmaydi, kimgadir itoat etishga, bo’ynini egishga majbur bo’ladi.
Tinchlik va osoyishtaligimiz posbonlari-harbiylar bayrami mamlakatimizda milliy bayram sifatida nishonlanishida teran ma’no mujassam.Zero, yurtda tinchlik va osoyishtalik barqaror, sarhadlarimiz mustahkam ekan, ko’ngilga shodu xurramlik sig’adi, bayramlar yarashadi, ertangi kunga ishonch ortadi.
Istiqlol har bir o’g’longa o’z Vatanida, o’zining milliy armiyasida xizmat qilish imkonini berdi.Osmonimiz musaffoligi,yurtimiz osoyishtaligini ta’minlayotgan harbiylarning mardona mehnati tahsinga loyiqdir.Shu bois ham Vatan himoyachilari bayrami-mardlar bayrami,bahodirlar bayrami, barchamizning milliy bayramimiz.
Hurmatli yurtboshimiz I.Karimov o’zlarining „Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch“ asarlarida ta’kidlaganlaridek „…har kuni, har soatda fidoyi bo’lish, o’zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish-haqiqiy qahramonlik aslida mana shu“.
Darhaqiqat, milliy armiyamizning mustahkam tayanchlari, katta jasorat sohiblari-harbiylarimiz bor ekan, Vatanimiz tinch va osoyishta, osmonimiz musaffo. Ayni paytda bu-mustaqil yurtimiz yorqin kelajagi, xalqimiz farovonligining ishonchli kafolatidir.
Dunyo tinchin asraydi erkak,
Vatan uchun kurashar beshak.
Qay bir yo’sin, jon qilar fido,
O’zbegimning mard o’g’lonlari.
“Kerakmi”-der-“molimni ol
Kami bo’lsa jonimni ol”.
Vatan uchun har dam tayyor,
O’zbening mard o’g’lonlari.
Mamlakatimizda milliy bayram-Vatan himoyachilari kuniga katta tayyorgarlik ko’riladi. Yurtimiz, har bir inson hayotidagi eng kerakli ne’mat – tinchlik va osoyishtalik uchun qalqon bo’layotgan harbiylar haqida har qancha gapirsak-da oz. Bunday insonlar o’z hayotini qahramonlik ustiga qurilgan, desak mubolag’a bo’lmaydi. Asrlar silsilasidan o’tib kelayotgan bir haqiqat bor. Ya’ni Vatanni sevish inson ruhiyatiga jo bo’lgan tuyg’u. Yashaganda huzur-halovat, olis ketganda sog’inch, havf tig’ilganda mudofaa, kamsitilganda esa g’azab hislarini paydo qilishga ana shu hilqat – Vatanga muhabbat sabab.
Mashoyixlar aytishadi: insonlarning eng yahshisi insonlarga manfaat keltirganidir . Ha, hikmatlarda hayot haqiqati mujassam. Shunga hamohang vatanparvarlarning eng sarasi yurtidan olislaganda, qalbini sog’inch ortaydigani sarhadlarga kimdir daxl qilsa,ko’ksini qalqon qiladigani, keskir sozi ,ishi bilanVataniga xizmat qiladiganidir.
Vatanning har bir qarichi muqaddas .U nafaqat kindik qonimiz tokilgan ,tug’ilib o’sgan makon sifatida ,balki ajdodlarimiz hoki yotgan qutlig’ tuproq, yuragimizning bir bolagi sifatida azizdir. Bejizga xalq hikmatlaridan birida “Yeridan ayrilgan yetti yil yig’lar, elidan ayrilgan o’lguncha yig’lar”, deyilmaydi. Shuning uchun ham xalqimizda yurtni qo’riqlashga mas’ul sharafli kasb egalari alohida hurmatga, ehtiromga sazovordir. Ular mamlakat osoyishtaligi, el tinchligi yo’lida kamarbasta bo’ladigan mard va dovyurak o’g’lonlardir.
2010-yil 12-yanvar kuni poytaxtimizning Mirzo Ulug’bek tumani, Mirzo Ulug’bek ko’chasida el-yurtimizning sodiq farzandi timsolini aks ettirgan “Vatanga qasamyod” haykali ochildi…
“Vatanga qasamyod” majmui. Tiz cho’kib Vatan bayrog’ini o’pishga, ko’ziga surtishga chog’lanayotgan askar yigit va uning ortida uzoqlardan duo qilb turgan ona timsolida olam-olam ma’no mujassam.Millatimiz tarixida yigit kishi shunchaki tiz cho’kmagan. U faqat Yaratganning,Vatanning,onaning qarshisida tiz cho’kkan.Uning hurmati uchun oyog’ini uzatmagan, tik turmagan.Shu ma’noda tiz cho’kib turgan askar timsoli biz anglaganimizdan ko’ra katta ma’nodagi Vatan askaridir.
“O’g’lini harbiyga kuzatayotgan ona”…
O’g’il:
Mehring ardog’ida o’sdim volidam,
Mag’rur qad rostladim misli ko’ksi tog’.
Xizmatga otlandim g’ayrat-la shaxdam,
Duoga qo’l ochding kuzatganing chog’
Ona:
“O’g’lonim ishonchim, umidim o’zing,
Bugun seni chorlar ulug’ ostona.
Ontingga sobit bo’l, oqlagin so’zing,
Eling tinchligini asra mardona”
O’g’il:
Muhabbat, sadoqat umrimga payvand,
Mardlikka chorlaydi bu hayotbaxsh his.
Hur elim, buyurgil gar qilsang da’vat.
Amru farmoningga cho’kadurman tiz.
Ona yurt poyiga umrimdir fido,
Hurligin kiftimda tutgum jon qadar.
Onajon,burchimni oqlabon a’lo,
Bag’ringga qaytarman mardu muzaffar
Ona o’g’liga non tishlatadi, so’ngra duo qilib oq fotiha beradi…
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz,bir zamonlar mamlakat sarhadlarini asrashda mustahkam qal’alar, metin qo’rg’onlar katta ahamiyat kasb etganini bilamiz. Zamonlar o’zgardi.Bugun qalbi Vatan mehri bilan obod bo’lgan mard yigitlarimiz, ofitseru askarlarimiz, tinchliksevar, yurtsevar xalqimiz, bugunimiz va ertangi kunlarimizning metin qo’rg’onlaridir.
14—yanvar-Vatan himoyachilari, uni ko’z qorachig’iday asraguvchilar bayrami. Bu Vatanni yuksaltirguvchilar, bir so’z bilan aytganda, bu Vatanni sevguvchilar bayrami. Demak, bu bayram barchamizniki!
Dunyoda ellar, mamlakatlar ko’p, lekin ajdodlarimiz uyg’oq ruhi kezib yurgan muqaddas makon, bu ona zamin-O’zbekiston yagona! “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir”, “Vatanni sevmoq iymondandir” deyiladi hikmatlarda.Qanchalar ulug’ bir-biriga uyg’un tushunchalar.Bu tuyg’u qalblarimizga jasur ajdodlarimizdan meros qolmish.
Jaloliddin Manguberdi shijoati,Amir Temur jasorati, Temur Malik irodasi…
Bular ko’ksida Vatan degan quyoshni ko’tarib yashagan ulug’larimizdir.Vatan tarixini nima bezab turadi deb so’rasalar, biz hech ikkilanmay shijoatu jasorat, ma’rifatu adolat, sadoqatu himoyat, degimiz keladi.
Vatan himoyasi muqaddas burch!Ezgu maqsadlar,orzular,ular qanchalar ulug’ bo’lsa, shuncha yuksakda bo’ladi.Qat’iyat, yoniq yurak, qalb, fidoiylik bilan qo’yilgan har bir qadam kishini o’sha ulug’ orzular sari ya
Do'stlaringiz bilan baham: |