I BOB
O'QITISH TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISHNING ILMIY
USLUB1Y ASOSLARI
Ta'limga an'anaviy yondashuv
Pedagogika fani amaliyotida turli yondashuvlar qo'llaniladi. An'anaviy
yondashuv, tizimli yondashuv, texnologik yondashuv shular jumlasidandir.
An'anaviy yondashuvning asosiy xususiyati - o'qituvchi axborotni eapirib
beradi, talaba esa bu bilimni xotirasida saqlaydi. "bilim" tushunchasiga xotirada
saqlanadigan axborotdir. deb qaraladi. Talabaning bilimi axborotga doir berilaan
savolga yoddan bergan javobiga qarab aniqlanadi. Bilim. asosan, esda qoldirishning
natijasidir. Bunday bilim xotirada uzoq saqlanmaydi.
Hozirgi paytda an'anaviy ta'lim bo'yicha katta tajriba to'plangan va an'anaviy
ta'lim usulini takomillashtirish sohasida izlanishlar davom etmoqda. lekin uning
ob'ektiv imkoniyatlari cheklangan. Amalga oshirilayotgan ta'lim sohasidagi
islohotlar, tez sur'atda rivojlanayotgan fan-texnika talablari ta'lim usuli bilan
jamiyatning raqobatdosh. yuqori malakali kadriar tayyorlashga, barkamol avlodni
shakllantirishga bo'lgan ehtiyoji o'rtasida tafovutni vujudga keltirdi. Uni ta'limda
boshqa yangi yondashuvlarni qo'llash yo'li bilan hal etish lozim.
Ta'limga tushuntiruv-tasviriy yondashuv
Ta'limda an'anaviy yondashuvlar qatoriga tushuntiruv-tasviriy, reproduktiv
usullar kiradi.
Tushuntiruv-tasviriy yondashuv, asosan, o'qituvchining axborot bcrishi.
talabalarning bu bilimni qabul qilishlari, to'plashlari va xotirada saqlashlari bilan
belgilanadi. Shu bilan birga "bilim" tushunchasining asl mohiyati xotirada
saqlanuvchi axborot deb qaraladi. Bunday bilimlar ularni qo'llay olish ko'nikmalari
orqali imtihonlarda tekshirib ko'riladi. ya'ni hech qanday qo'llanmasiz xotiradagi
bilimlarni to'g'ridan-to'g
7
ri savollarga javob tarzida ifoda etiladi. Bu tizimdagi
bilimlar, asosan, esda saqlab qolish natijasi. ko'pincha. rasmiy ma'lumotdir. Liar
xotira tubidan yuzaga keladi yoki boshqacha so'z bilan aytganda, faqat unga
qaratilgan to'g'ridan-to'g'ri savol orqali esga olinadi. Qayta esga oiish darajasidagi
bilim uzoq vaqt xotirada saqlanmaydi.
Vla'lumot berish tizimida tayyor bilimlarni '"o'qituvchidan - talabalarga",
ularning ehtiyoji va faollik darajasiga bog'liq bo'lmagan holda, bevosita berish
mumkin bo'lgan imkoniyatidan kelib chiqadi. Shunga ko'ra zaruriy axborotni
ma'lum qilish va uni xotirada mustaqkamlash ustida ishlash o'qituvchining asosiy
vazifasidir.
Bunday o'quv jarayonida o'quv prcdmeti soatlari miqdori, ma'ruza,
laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar bo'yicha soatlar taqsimoti, dars o'tish joyi
qat"i\ belgilab olinadi. Lekin pedagog mas'uliyatiga oid ta'lim natijalari deyarli
hisobga olinmaydi.
V.Guzevning ta'kidlashicha. an'anaviy uslubda ta'lim maqsadlari dastur
talablariga muvofiq holda noaniq, ya'ni ta'lim oluvchilarning "o'zlashtirish"
tushunchasi qobig'iga o'ralgan noaniq tasavvur bilan tavsiflanadi. Ko'proq
yutuqlarga crishgan o'qituvchilarning ish tajribalarini umumlashtirish asosida ta'lim
jarayonlari tashkil etiladi. Har bir aniq vaziyat uchun mana shu o'qituvchilarning
pedagogik faoliyati namuna sifatida ko'rsatiladi. Ammo bir qator olimlar ta'limning
alohida uslubiyotlari davri o'tganligi va har qanday ilg'or pedagoglar tajribalarini
umumlashtirish tizimli va maqsadga yo'naltirilgan, samarali ta'limni qurish imkonini
bermasligini ta'kidlamoqdalar.
Hozirgi kunda ko'pgina mutavassislar an'anaviy pedagogikani tanqid qilgan
holda o'qitishda haligacha umumiy tushunchalar, qoida va qonuniyatlar
o'rganiladigan yondashuv ustivorligini ta'kidlamoqdalar. O'quvchilarning real dunyo
ob'cktlari bilan ishlashi hajm va mazmun jihatidan juda kam. Htakchi ta'lim
sohalarini o'rganish. odatda, o'quv ma'lumotlarining katta hajmini o'zlashtirish bilan
cheklanadi.
An'anaviy o'qitish tushunchasi pedagogika adabiyotlarida yangi o'qitish
usullariga ko'p yillar davomida zid qo'yilgan. Bunda an'anaviy o'qitishning odatdagi
tavsifi quyidagi asosiy alomatlar bilan tavsiflanadi:
- yangi materialning deyarli hammasi o'qituvchi tomonidan og'zaki bayon
qilinadi;
-darslik, asosan, mustaqil ish uchun qo'llaniiadi;
- auditoriya mashg'ulotlari paytida darsliklar ayrim hollarda pedagog
tushuntirishlaridan o'quvchilar diqqatini buzmaslik maqsadida qo'llanilmaydi:
ko'pincha, darslikdan uyda ham foydalanilmaydi. uning o'rnini dars paytida tuzilgan
konspekt bosadi;
bilimlarni tekshirish, asosan, mashg'ulot vaqt in ing sezilarli qismini
egallaydigan shaxsiy og'zaki so'rovlar hamda uzoq muddatlarda o'tkaziladigan
nazorat ishlari yordamida amalga oshiriladi. Oxirgi yillarda ob'ektiv testlar ham
keng tarqaldi;
- mashg'ulotlar paytida aksariyat hollarda ishning frontal usuli qo'llanadi.
mustaqil ishning nisbiy miqdori juda kam.
Bunday o'qitish tizimining eng jiddiy kamchiligi - talabalarnins
mashg'ulotlardagi passivligi va bundan kelib chiqadigan uning salbiy oqibati. Ayrim
o'quvchilaming faollik darajasi juda past.
Tushuntiruvchi-tasviriy informatsion retseptiv usulning mohiyati uning
quyidagi alomatlari bilan tavsiflanadi:
- bilimlar lalabalarga "tayyor" holda taqdim etiladi:
- o'qituvchi turli yo'llar bilan bu bilimlar qabul qilinishini tashkil qiladi:
- o'quvchilar bilimlarni qabul qiladilar va ularning ma'nosini anglaydilar. o'z
xotiralarida saqlab qoladilar.
Bilimlarni qabul qilish paytida informatsiyanine turli manbalari (so'z,
ko'rgazmalilik va boshqalar) qo'llanadi, bayon mantiqi ham induktiv, ham deduktiv
yo'l bilan rivojlanishi mumkin.
Pedagogning boshqaruv faoliyati, ko'pincha, faqat bilimlarni qabul qilib
olishni tashkil qilish bilan cheklanadi va olingan bilimlardan foydalanish mohiyati va
ko"nikmalari doim ham shakllantirilmaydi.
Masalan. agar pedagog tashkil qilgan bilim olish faoliyati faqat tayyor
bilimlarni eslab qolish va keyinchalik ularni xatosiz. ayrim hollarda tushunmasdan
ham. tiklashga olib kelsa, bu aqliy faollikning past darajasi hisoblanadi va unga
muvofiq o'qitishning reproduktiv usuli mavjud.
Ta'limning reproduktiv usulida quyidagi alomatlar ajralib turadi:
- o'qituvchi bilimlarni "tayyor*
1
holda, faqat bayon qilish bilan cheklanmasdan,
ularni tushuntiradi;
- o'quvchiiar bilimlarni lushunib o'zlashtiradilar. O'zlashtirishning mezoni -
olingan bilimlarni to'g'ri tiklash (reproduktsiya)dir;
- o'zlashtirishning mubtahkamligi informatsiyani ko'p marta takrorlash orqali
ta'minlanadi.
Shunday qilib, o'qitishning reproduktiv turi o"quvchiga madaniy-tarixiy
qadriyatlami. an'analarni ta'limning tayyor mazmuni orqali o'zlashtirishga
qaratilcan. Bumin ham o'quv dasturlari, darslik va metodik qo'llanmalarning
ko'pchiligi o'rganilayotgan fan usullari orqali haqiqatni o'zlashtirishga emas. balki
fan bo'yicba informatsiyani o'zlashtirishga qaratilgan.
Mana shu kamchiliklarga qaramasdan tushuntiruv-ko'rgazmali usul kam kuch
sarflab. bilim va ko'nikmalarning kattagina hajmini o'zlashtirish imkonini beradi.
Bilimlar mustahkamligi ularni ko'p marta qaytarish imkonining mavjudligi tufayli
yuqori bo'lishi mumkin.
Hozirgi kunda reproduktiv o'qitish ikkinchi darajali deb qaralmoqda. Lekin
aksariyat odamlar aynan reproduktiv mehnat bilan shug'ullanishadi, aks holda
jamiyat o'z-o'zini eng zarur narsalar bilan ta'minlay olmas edi. O'qitishda
tarbiyalanuvchilarning reproduktiv faoliyati asosiy o'rinni egallashi lozim, faqat shu
shart bajarilganda zaruriy bilimlarni o'zlashtirish va bu orqali ijodga zamin yaratish
mumkin.
Shunday qilib. namuna bo'yicha faoliyat usulini tiklash va takrorlash
reproduktiv usulning asosiy alomatlaridandir. Pedagog og'zaki va yozma nutqdan
foydalanadi, o'rganuvchilar esa tayyor namuna bo'yicha topshiriqlarni bajaradilar.
Hozirgi oliy ta'limda qo'llanilayotgan o'qitishning asosiy tashkiliy-uslubiy
reproduktiv shakli amalda o'ylash, fikr yuritish jarayonlari rivojlanishiga to'sqinlik
qiladi va bo'lajak mutaxasisda o'z-o'ziga va tanlagan kasbiy faoliyatiga to'liq va
keng qarashlar tizimi shakllanishini ta'minlamaydi.
Barcha turdagi maktablarga qo'yiiadigan eng muhim talab va ilmiy-
texnikaviy, ijtimoiy taraqqiyotning qat'iy sharti - ijodiy shaxs sifatlarini
rivojlantirish. Ijodiy faoliyatning asosiy turlari tahlili shuni ko'rsatadiki, uni
s
muntazam ravishda amalga oshirish orqali insonda o'zgaruvchan sharoitlarda o'zini
yo'qotmaslik, muammoni aniq ko'rish va uning yangiligidan ko"rqmay, fikr yuritish,
ixtirochilik, sezgirlik kabi sifatlar shakllanadi. Bunday sifatlarga hozir ham talab
katta, keyinchalik csa ehtiyoj bundan ham oshib boradi. Shu maqsadda zamonaviy
o'quv jarayonida reproduktiv usul bilan bir qatorda produkti\
:
va qidiruv-ijodiy
usullarni ham qo'llash kerak.
Ta'limga prodiiktiv va izlanuvchan yondashuv
O'zlashtirishning produktiv darajasi o'zlashtirilgan bilimlarning namunaviy
masalalarini echish uchun mustaqil ravishda o'zgartirish qobiliyati bilan tavsiflanadi.
Bu tayyor namuna yoki qoida emas, balki o'quvchi o'zi tuzgan algoritm bo'yicha
bajarilgan harakat. Odatda, bu natijani oldindan ko'rishda faraz qilish mumkin
bo'lgan aniq masala shartlariga moslashtirilgan ma'lum qoidalar birikuvidir. Bu
o'quvchining o'zlashtirgan ma'lumotini amaliy sohada ma'lum masalalarni echish
uchun qo'llay olishi va yangi sub'ektiv ma'lumotni olishi bilan tavsiflanadi.
Produktiv usul quyidagi afzalliklarga ega:
- mantiqiy fikr yuritishga, muammolami ilmiy, ijodiy echishga o'rgatadi;
-zaruriy bilimlarni mustaqil ijodiy izlanishgao'rgatadi;
- uchragan qiyinchiliklarni bartaraf etishga o'rgatadi:
- o ' q u v materiaiini isbotliroq qiladi;
- o'quv materialini chuqurroq va mustahkamroq o'zlashtirishga yordam beradi;
- bilimlar ishonchga aylanishiga ko'maklashadi;
- o'qishga nisbatan ijobiy hislarni hosi! qiladi:
- bilimga qiziqishni shakllantiradi va rivojlantiradi;
- ijodiy shaxsni shakllantiradi.
Lekin produktiv usullarni muvaffaqiyatli qo'llash uchun o'qituvchining
pedagogik malakasi yuqoriroq bo'lishi lozim. Muammoviy mashg'ulotni o'tkazish
uchun ham, uni tayyorlash uchun ham ko'proq pedagogik mehnat talab qilinadi.
Izlanuvchan yondashuvning maqsadi o'quvchilarda muammoni hal etish. yangi
tajribani mustaqil o'zlashtirish, ta'sir etishning yangi yo'Harini yaratish
qobiliyallarini, shaxsiy idrokni rivojlantirishdan iboratdir.
Oliy ta'limda hanuzgacha tushuntirish ko'rgazmali yondashuv usulidan
foydalaniladi, bu talaba xotirasida olingan bilimlarni jamg'arish va
mustahkamlashdan iboraldir.
Produktiv usullarga nisbaian reproduktiv usullaming ko'proq qo'llanishi ijodiy
shaxsga bo'lgan talablarni pasaytiradi, bhuningdek, o'quv masalalari talabalarga
kelajakni loyihalashga ko'maklashish o'rniga o'tmishni o'rganishga undaydi.
Mutaxassis kundalik faoliyatida ko'p narsalarni kimdir crishgan darajada, ya'ni
tayyor stereotiplar (andozalari bo'yicha bajaradi. Lekin stereotiplardan
(andozalardan) farqlanadigan holatlar mavjud bo'lib qolsa, u yangi echimlarni qabul
qilib hayotga tatbiq etishga majbur.
Mutaxassisning mahorati xotirasi asosida ma'lum reiseptlar bo'yicha faoliyat
ko'rsatadigan davrlarga qarab emas, balki ko'p uchramaydigan bo'lsada, yangi
echimlarni izlagan paytlar bo'yieha aniqlanadi. Aynan mana shu kam uchraydigan
hollar sodir bo'lgan muammolardan chiqib ketish uchun hodisalar va voqealar
mohiyatini chuqur tushunish va nazariy bilimlar talab qilinadi.
Demak, mutaxassisning asosiy vazifasi - xotirasidan mavjud echimlarni izlab
topa olish, bular yo'qligida esa optimal qarorlarni qabul qilish va hayotga tatbiq
etishdir.
Mutaxassis sifatini belgilaydigan asosiy masala - echimni topa olishdir va
aynan shu faoliyat uning rivojlanishini ta'minlaydi.
Hozirgi ay rim tanqidchilar o'quvchilar zamonaviy ilmiy bilimning dinamik
tavsifini aks ettirmaydigan tayyor va o'zgarmas shaklda oladigan ta'lim mazmuniga
qarshi chiqmoqdalar.
Odatda, odam bilishni istagan, unga chtiyoji bo'lgan narsalarni muvaffaqiyatli
o'zlashtiradi va xotirada saqlab qoladi. Ma'lumot berish asosida tuzilgan o'quv
jarayoni esa bu ehtiyojni ta'minlamaydi. Natijada tez yoddan chiqish, qiziqishni
yo'qotish, mustaqil, ijodiy faoliyat ko'rsatish uchun qobiliyatlarni etarli darajada
rivojlantirmaslik kabi holatlar ro'y beradi, shuningdek, o'z faoliyatiga passiv
munosabatni tarbiyalaydi.
O'quv jarayoniga texnologik yondashish yuqoridagi kamchiliklaridan xoli
bo'lib, o'quv maqsadlarining aniq belgilanishi, yakuniy natijalarini kafolatlanishi,
10
o'quv jarayonining takrorlanuvchanligini ta'minlashi va tezkor qaytaruvchi aloqaning
mavjudligi bilan tavsiflanadi.
Texnologik yondashuvda o'quvchi dars jarayonida faol qatnashadi.
Ta'limga ti/imli yondashuv
"Tizim" so'zi - tnzilma, qismlardan tuzilgan. bitta ya.xlii narsa yoki hodisa
ma'nolarini anglatadi. SHuningdeL kibirnctik tiztm, axborotlar tizimi, harakatlar
tizimi. pedagogik tizim kabi tushunchaiar shaklida ham qo'Haniladi. 'Tizimli
yondashuv" tushunchasi. ko'pincha. 'tizimli metod". ''tizimli tahlil usuli"
tushunchalari bilan uzviy bog'liq. Chunki tizimli tahlil usullari ham ob'ektni yaxlit
tizim sifatida o'rganishni nazarda tutadi, u ob'ektning turli qismlarini, qismlarning
o'zaro bog'Iiqligini. tizimning chegaralari va uning atrof-muhit bilan bog'liqligi.
aloqadorligini ta'minlaydi.
Tizimli yondashuvda bir qancha qoida-printsiplar majmuidan foydalaniladi.
Liar tadqiqotchilik va amaliy faoliyatda yuqori natijalarga erishish imkoniyatini
yaratadi. Bunday qoida-printsiplar qatoriga quyidagilar kiradi: mavhumlikdan
aniqlikka qarab borish. analiz bilan sintcz. mantiqiylik bilan tarixiylikning birligi:
ob'ektda bog'lanishlar va o'zaro ta'sirlaming turlichaligi; ob'ektning tuzilishi.
vazifalari va kelib chiqishi haqidagi tasavvurlarning birligi va hokazolar.
Pedagogik tizim - insonni barkamol shaxs. biror kasb egasi sifatida
shakllantiruvchi yaxlit ijtimoiy-pedagogik hodisa bo'lib. uning tarkibi pedagogik
jarayonning ob'ektlari va sub'ektlari, shakl-usullari, ular o'rtasidagi munosabatlar.
ularni boshqarishdan iborat.
Tizimning faoliyati uni tashkil etuvchi har bir elementga va o'z navbatida, har
bir element bir-biriga chambarchas bog'liq. Ta'lim jarayonini bir tizim deb
qaraydigan bo'isak, uning tashkil etuvchilari, ya'ni elementlariga quyidagilar kiradi:
• o'quv maqsadi;
• kutilayotgan natijalar:
• o'qituvchi;
• o'quvchi;
• ta'lim mazmuni;
• ta'lim metodi;
• ta'lim shakli;
• ta'lim vositalari;
• nazorai va baholash.
Ta'lim jara\onini loyihalashtirishda yuqorida sanab o'tilgan elementlardan
birortasi e'tibordan chetda qolsa yoki noto'g'ri tanlangan bo'lsa, tizim ishlamaydi,
demak. ta'lim jarayoni oldiga qo'yilgan maqsadga erishilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |