qor suvlaridan to 'yinuvchi daryolar turiga kiritilgan. Nihoyat, daiyo
oqimida uchta to‘yinish manbalaridan har birining salm ogi 50
foizdan kam b o isa , bu daryo
aralash
manbalar hisobiga to‘yinuvchi
turga kiritilgan.
78
1.9.3. 0 ‘rta Osiyo daryolarining to‘yinish
manbalariga ko‘ra tasniflari.
Daryolarning to‘yinish manbalarini o ‘rganish va aniqlash ular
suvidan samarali foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Shu sa-
babli 0 ‘rta Osiyoda gidrologiya fanining rivojlanishiga katta hissa
qo‘shgan olim V.L.Shulst 1944 yilda hudud daryolarining to‘yinish
manbalariga ko‘ra tasnifini ishlab chiqqan.
Unda qayd etilishicha, 0 ‘rta Osiyo daryolarining umumiy
to‘yinishida qor suvlari boshqa manbalar-muzlik, yomg‘ir suvlari va
yer osti suvlariga nisbatan ustun turadi. Biroq qor suvlari va shuning-
dek boshqa xil manbalaming yillik oqimdagi salmog‘i turli daryolar
da turlicha boiadi. Boshqacha qilib aytganda, turli daryolarning
to‘yinish sharoitlari ham turlichadir. Shu sababli V.L.Shulst, asosan
yer osti suvlaridan to ‘yinuvchi kichik daryolami hisobga olmagan
holda, 0 ‘rta Osiyo daryolarini quyidagi to‘rt turga boiadi:
1. Muzlik-qor suvlaridan to‘yinadigan daryolar;
2. Qor-muzlik suvlaridan to‘yinadigan daryolar;
3. Qor suvlaridan to‘yinadigan daryolar;
4. Qor-yomg‘ir suvlaridan to ‘yinadigan daryolar.
Daryolaming to‘yinish manbalari.
Daryolarning to’yinish manbalari
Yer kurrasidagi barcha daryolar to’yinishining asosiy manbai atmosfera yog’inlaridir. Yomg’ir ko’rinishida tushgan yog’inlar yer yuzasida oqim hosil qiladi va daryolar to’yinishining bevosita manbai bo’ladi. Agar yog’in qor ko’rinishida yog’sa, u yer sirtida yig’ilib, havo harorati ko’tarilgach eriydi. Qorning erishidan hosil bo’lgan suvlar ham daryolar to’yinishida qatnashadi.
Yer yuzasining baland tog’li qismiga yoqqan qorlar bir yoz mavsumida erib ulgurmaydi, natijada u yerdagi qor zahirasini boyitib, doimiy qorliklar va muzliklarni to’yintiradi. Ana shu baland tog’lardagi asriy qorliklar va muzliklar suvi daryolar to’yinishining yana bir manbai hisoblanadi.
Yomg’ir suvlari hamda qor va muzliklarning erishidan hosil bo’lgan suvlarning bir qismi yer ostiga sizilib, grunt va yer osti suvlariga qo’shiladi. Yer osti va grunt suvlari ham daryo o’zaniga sekin astalik bilan qo’shiladi, natijada daryolarda doimiy suv bo’lishi ta’minlanadi. Shunday qilib, daryolar to’yinishining to’rt manbai mavjuddir: yomg’irlar, qor qoplami, baland tog’lardagi muzliklar, yer osti suvlari.
Iqlimning daryolarning to’yinishidagi ahamiyati va ularning suv rejimiga ta’sirini iqlimshunos olim A.I.Voyeykov o’zining 1884 yilda chop etilgan "Yer kurrasi va xususan Rossiya iqlimlari" kitobida aniq yoritib bergan. Mazkur kitobda qayd etilgan "daryolar o’z havzalari iqlimining mahsulidir", degan ibora hozir ham o’z kuchini yo’qotmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |