1.9.1. Daryolaming to‘yinish manbalari
Daryolar to‘yinishining asosiy manbai atmosfera yoginlaridir.
Y om gir ko‘rinishida tushgan yo g inlar Yer yuzasida oqim hosil qila
di va daryolar to‘yinishining bevosita manbai boiadi.
Agar y o g in qor ko‘rinishida yog‘sa, u yer sirtida y igilib, havo
harorati ko‘tarilgach eriydi. Qoming erishidan hosil b o ig an suvlar
ham daryolar to‘yinishida qatnashadi.
Yer yuzasining baland to g ii qismiga yoqqan qorlar bir yoz mav-
sumida erib ulgurmaydi, natijada u yerdagi qor zahirasini boyitib, do
imiy qorliklar va muzliklami to‘yintiradi. Ana shu baland togiardagi
asriy qorliklar va muzliklar suvi daryolar to‘yinishining yana bir
manbai hisoblanadi.
Y om gir suvlari hamda qor va muzliklarning erishidan ho
sil b o ig an suvlaming bir qismi yer ostiga sizilib, grunt va yer osti
suvlariga qo‘shiladi. Yer osti va grunt suvlari ham daryo o ‘zaniga
sekin astalik bilan qo‘shiladi, natijada daryolarda doimiy suv b o iish i
ta’minlanadi.
Shunday qilib, daryolar to‘yinishining
to‘rt manbai
mavjuddir:
- y o m g ir suvlari;
- mavsumiy qor qoplamining erishidan hosil b o ig an suvlar;
- muzliklarning erishidan hosil b o ig a n suvlar;
- yer osti suvlari.
77
Yuqorida aytilgan manbalardan hosil b o iib , daryolarga
qo‘shiladigan suv miqdori turli hududlarda turlicha qiymatlarga ega
b o iad i. Bu miqdor daryo havzasining iqlim sharoitiga b o g iiq holda
yil fasllari bo‘yicha o‘zgarib turadi.
1.9.2. Daryolaming to‘yinish manbalari bo‘yicha tasnifi
Daryolaming to ‘yinishida ishtirok etuvchi manbalardan har biri-
ning yillik oqimga qo‘shgan hissasini miqdoriy baholash muhim aha-
miyatga ega. Bu sohadagi dastlabki ishlar o ‘tgan asming 40-yillarida
M.I.Lvovich tomonidan amalga oshirilgan. Natijada u daryolaming
to ‘yinish manbalari bo‘yicha tasnifini ishlab chiqdi. Ushbu tasnif
bo‘yicha Yer yuzasidagi daryolar 38 turga boiinadi. Shundan 20 tasi
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi hududida uchraydi.
Har bir to‘yinish manbai-^or qoplami, yomg ‘ir suvlari va grunt
suvlarini miqdoriy baholashda M.I.Lvovich quyidagi oraliqlami qa-
bul qildi: 80 foizdan ko‘p, 50-80 va 50 foizdan kam.
To‘yinishida muzliklarning erishidan hosil boiadigan suvlar
ishtirok etadigan daryolarda juda kam hollardagina muzliklarning
salmog‘i 50 foizdan ko‘p bo iad i. Shu sababli, mazkur to‘yinish man-
baining o ‘ziga xos xususiyatlarini e ’tiborga olib, ular uchun alohida
chegara berilgan: 50 foizdan ko‘p, 50-25 va 25 foizdan kam.
Agar yillik oqimning 80 foizidan ko‘prog‘i uchta to‘yinish
manbaidan biri, masalan, qor hisobiga to‘g ‘ri kelsa, bu daryo Lvovich
tasnifi bo‘yicha toza holda qor suvlari hisobiga to ‘yinw chi daryolar
turiga kiradi.
Agar to‘yinish manbalaridan biri, masalan, qor suvlarining yillik
oqimdagi salm ogi 50-80 foiz atrofida b o isa, unda daryo asosan
Do'stlaringiz bilan baham: |