Uzgarishlar bo’lib o’tadi. Bu davrning eng muhim o’zgarishlaridan



Download 16,88 Kb.
bet2/2
Sana31.03.2022
Hajmi16,88 Kb.
#522111
1   2
Bog'liq
Marg’iyonaning qadimgi shahar madaniyati Chust madaniyati

Yoztepa qal’asidan mahalliy hukmdorning mahobatli qurilyishari bo’lgan saroyining bir qismi, jumladan to’g’ri burchakli katta zal qoldiqlari qazib ochilgan. Bu qurilishlar Yoztepa atrofini o’rab turgan yupqa devorli ko’p xonali uylar -mahallalardan tubdan farqlanadi. Fikrimizcha, boshqa shu davr yodgorliklarida ham uchraydigan ushbu farqlanish ijtimoiy- iqtisodiy va tabiiy sharoitlar bilan bog’liq bo’lib, har bir yodgorlikka xos bo’lgan me’moriy xususiyatlarni va qurilish uslublari hamda shaharsozlik an’analarini ifodalaydi.
3-masala. Xullas, mil. avv. X-VIII asrlarga kelib oldingi davrlarga nisbatan O’rta Osiyo dehqonchilik madaniyati yoyilgan hududlar ancha kengayadi. Misol uchun, Farg’ona vodiysida Chust madaniyati deb nom olgan dehqoichilik madaniyatining yirik o’chog’i paydo bo’ladi. Aynan shunga o’xshash majmualar Chochda (Burgulik (Burkanlik) madaniyati) va Janubiy So’g’dda topib o’rganilgan. Ushbu madaniyatlarning ajralib turadigan O’ziga xos tomonlari ham qo’lda ishlangan naqshli sopollar hisoblanadi. Janubiy va shimoliy majmualar naqshinkor sopollarining o’xshashlik tomonlari va ularning yoyilishi o’ta munozarali masala bo’lib, ular o’rtasida o’xshashlik ham, farqlar ham kuzatiladi.
Chust madaniyatida dehqonchilik O’ziga xos sug’orish uslubiga asoslangan. Shaharsozlik an’analari tobora kuchliroq kuzatiladigan bu yerda aholi markazlashuvining voha shakli kuzatilib, Yu.A.Zadneprovskiyning fikricha, bu holat qabilalar joylashuvining qarindosh-urug’chilik an’analarini aks ettiradi. Farg’ona vodiysining vohalari odatda o’rtacha kattalikdagi manzilgohlar bo’lib, bu yerda ham (himoyalangan qo’hna Dalvarzin misolida) yirik mustahkamlangan markazlar shakllanadi.
Farg’ona vodiysining g’arbiy qismida, hozirgi shimoliy Tojikiston hududlarida mil. avv. II ming yillikning oxiri - I ming yillikning boshlarida Qayroqqum madaniyati qabilalari yashaganlar. Chust madaniyatiga o’xshash naqshlar bilan bezatilgan Xo’ja Yagona taqiridagi kuzachaning topilishi bu ikkala madaniyat o’rtasidagi aloqalardan dalolat beradi. Ammo, qayroqqumliklarning Farg’ona dehqonlari bilan nisbatan chuqurroq aloqalari nisbatan keyingi davr - mil. avv. I ming yillikning ikkinchi choragiga, Qayroqqum madaniyatining yakunlovchi bosqichiga oiddir. Bu davrga oid manzilgohlardan temir buyumlar namunalari topilgan. Qayroqqum sopollari va so’nggi Chust sopollari bilan birgalikda Farg’ona vodiysidagi Dashti Ashtdan "mil. avv. USh-UI asrlarga oid mozor-qo’rg’onlardan ham topib o’rganilgan.
So’nggi yillarda Farg’onaning ilk urbanizasiyasi tarixshunosligi masalalari A.A.Anarbayev tomonidan mahsus ko’rib chiqildi. Olimning ta’kidlashicha, Farg’onaning urbanizasiyasi bo’yicha mashhur mutaxassis Yu.A.Zadneprovskiy bu davr shaharlarining belgilari sifatida quyidagilarni ajratadi: katta maydon, rivojlangan himoya tartibi, istehkom(qal’aning mavjudligi, dehqonchilik hududlari yoki vohasi markazi, din va O’zaro ayirboshlash markazi. Ammo, olim, Chust madaniyati aniq punktlarini izohlar ekan ularni ba’zan shaharmonand, ba’zan ilk shahar deb belgilaydi. Shuningdek, tadqiqotchi o’z ishlaridan birida Chust va Burgulik madaniyatlari ibtidoiy jamoa davri madaniyatlari bo’lib, Dalvarzinni ham, Eylatanni ham shahar sifatida ta’riflash mumkin emasligini ta’kidlaydi. A.A.Anarbayevning fikricha esa, Farg’onadagi maydonni 4-5ga dan kam bo’lmagan, istehkomli bo’lgan, rivojlangan mudofaa tartibiga ega bo’lgan barcha punktlar
Shunday qilib, mil. avv. I ming yillikning boshlariga kelib O’rta Osiyoning tog’ oldi hududlari va daryo vohalari o’troq dehqonchilik aholisi tomonidan yanada jadallik bilan o’zlashtirila boriladi. Pomir-Oloy tog’laridan Kopetdog’ etaklarigacha bo’lgan keng hududlarda O’ziga xos, ayni paytda ayrim tomonlari bir-biriga o’xshash turli-tuman madaniyatlar yoyiladi. Ushbu madaniyatlar sohiblarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida temir buyumlarning yoyilishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu o’rinda yarim ko’chmanchi dasht aholisi bilan o’troq vohalardagi aholining O’zaro madaniy va iqtisodiy aloqalarining ham ahamiyati beqiyosdir.
Download 16,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish