hissiyotlar deb ajratiladi.
G’azab va qahr hissi har bir kishida salbiy, noxush kechinma holatida o’tadi.
Ammo ijtimoiy nuqtayi nazardan qaraganda, bu hissiyot nima sababdan
tug’ilganligiga va nimaga yo’nalganligiga qarab ijobiy yoki salbiy hissiyot
bo’lishi mumkin.
Ko’p hollarda emotsional kechinmalarimizning mazmuniga bizning
intilishlarimiz ham kiradi. Intilishlar esa hamisha ehtiyojni ifodalaydi.
Shunday emotsional holatlar ham bo’ladiki, bunda intilish juda sust bo’ladi
yoki butunlay bo’lmaydi. Bu xil samarasiz, passiv hissiyotlarni, odatda,
sentimentallik deb ataydilar. Sentimentallik - harakatsiz hissiyot bo’lib,
odatda, faqat so’z bilan cheklanib, oh-vohlar qilish, ba’zan ko’z yoshi
to’kishdan nariga bormaydi.
Hissiyotlarning faollik darajasi kishidagi qo’zg’alish va kuchlanish holatida
yoki tinchish va bo’shashish holatida, yoki kishidagi hamma kuchlar g’ayratga
kirgan holatda, yoxud bu kuchlar zaiflashgan va bo’shashgan holatda namoyon
bo’ladi. Hissiyotlarning mana shu faollik darajasiga qarab, ular stenik va
astenik hissiyotlarga bo’linadi.
Kishining hayotiy faoliyatini oshiradigan, g’ayratini orttiradigan hissiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |