Urganch ranch texnologiya universiteti


BILDIRISHNOMA, BILDIRISH, BILDIRGI



Download 1,62 Mb.
bet9/42
Sana20.03.2023
Hajmi1,62 Mb.
#920496
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
BILDIRISHNOMA, BILDIRISH, BILDIRGI
Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida xabar berish zarurati tug’ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot. Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo'yicha tuzuvchi (yozuvchi)ning takliflari aks etadi.
Kimga yo’llanganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajraladi.
Ichki bildirishnoma rahbar shaxs yoki bo‘lim mudiri nomiga yoziladi. U toza qog‘oz varag’iga qo‘lda, kompyuterda yoki elektron shaklda yozilishi mumkin. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi.
Tashqi bildirishnoma, ya’ni rahbar tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxs­ga yoziladigan bildirishnoma, odatda, xos ish qog'oziga ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida qoldiriladi. Bunday bildirishnoma rahbar tomonidan imzolanadi.
Bildirishnoma tashabbus, axborot va hisobot xususiyatiga ega. Bu xususiyatlar hujjat matni sarlavhasidayoq o‘z aksini topadi. Tashabbus bildirishnomasi matnida tegishli masala yuzasidan umumiy yoki aniq takliflar ilgari surilib, rahbarni ularni hal qilishga undaydi (masalan, “Toshkent truba zavodi” QKda mukofotlash nizomining buzilganligi haqida).
Axborot bildirishnomasi, odatda, rahbarga muayyan jarayonning umumiy holati to‘g‘risida xabar beradi. Masalan, Chinoz tumani Navoiy nomidagi fermer xo'jaligida chigit ekishning borishi (2016-yil 10-apreldagi holati) haqida.
Hisobot bildirishnomasi ma’lum bir ishning tugallanishi haqida yoki biron-bir ko‘rsatma, tavsiya, rejaning ijrosi to‘g‘risida rahbarni xabardor qilishida kerak bo‘ladi (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida yangi topilgan qo‘lyozmalarni o‘rganish ishlarining borishi haqida).
Muayyan vazifa yoki majburiyatlarning bajarilishi haqidagi hisobot bildirishnomasi amaliyotda raport ham deyiladi. Asli fransuzcha bo’lib, rus tili orqali bizga kirgan bu so‘zning muqobili sifatida “Bildirish” atamasini qo’llaymiz.
Bildirishnomaning zaruriy qismlari:
1. Bildirishnoma yo‘llangan rahbarning lavozimi, ismi va otaismining bosh harflari hamda familiyasi jo‘nalish kelishigida.
2. Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va otaismining bosh harflari hamda familiyasi chiqish kelishigida.
3. Matn sarlavhasi.
4. Hujjat turining nomi (Bildirishnoma).
5. Bildirishnoma matni (mazmuni).
6. Qancha varaqligi ko'rsatilgan ilovalar ro‘yxati (agar ilovalar bo‘lsa).
7. Bildirishnoma tayyorlovchi xodim yoki rahbarning imzosi (agar bir necha shaxs tomonidan tayyorlangan bo‘lsa, u barcha mualliflar tomonidan imzolanadi).
8. Bildirishnoma taqdim etilgan sana (muallif yoki muassasa rahbari tomonidan bildirishnoma imzolanayotgan paytda qo‘yiladi).
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, zaruriy qismlari va yozilish shakli jihatidan bildirishnomalar xizmat ma’lumotnomalariga yaqin turadi. Farqi shundaki, ma’lumotnomalarda asosan talab qilingan, so‘ralgan voqea-hodisalar haqidagina axborot beriladi, bildirishnomalarda esa voqea-hodisalarni sanash bilan birga, ularni keltirib chiqargan omillar tahlil qilinadi va tegishli xulosalar qilinib, takliflar aytiladi.
Bildirishnoma tayyorlayotgan shaxsning xulosa va takliflari aniq, ravshan va ishonarli bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun ham bildirishnomalarda chiqarilgan xulosalarni tasdiqlovchi, voqea-hodisalarga, qonunchilik ko'rsatmalariga, tegishli hujjatlarning raqam va sanasiga hamda bayon etilgan masalani bevosita muassasa misolida o‘rganish yoki sinab ko‘rish natijasida olingan boshqa dalillarga havolalar qilinishi zarur. Bildirishnoma matni, asosan, ikki qismdan iborat. Birinchi qismda uning yozilishiga sabab bo‘lgan dalillar, voqealar bayon qilinishi, ikkinchi qismida esa xulosalar va aniq ish-harakatlar haqidagi takliflar aks etmog‘i zarur. Muallifning fikricha, bunday ish-harakatlar bayon qilingan voqealar munosabati bilan yuqori idora yoki mansabdor shaxs tomonidan bajarilishi kerak.
Agar bildirishnomada bayon qilinayotgan ma’lumotlar aniq bir sana yoki vaqt oralig’iga taalluqli bo’lsa, xuddi ma’lumotnomadagidek, ushbu vaqt matndan alohida zaruriy qism sifatida ajratilib, matn oldidan joylashtiriladi. Masalan “2017-yil 1-yanvardagi holatga ko’ra” yoki “2018-yilning 1-yanvaridan 1-sentabrigacha bo'lgan davr uchun”. Bu ma’lumotlarni matn sarlavhasiga qo‘shib yuborish ham mumkin.
Namuna



Toshkent lak-bo‘yoq zavodining direktori
Q.B. Karimovga
zavod qaramog‘idagi “Quyoshli” bolalar
oromgohining boshlig‘i L.Komilovadan
BOLALAR OROMGOHI YOTOQ BINOLARINING
UMUMIY AHVOLI HAQIDA


Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish