Urganch davlat universiteti «pedagogika va psixologiya» kafedrasi


Komenskiyning bolani yosh davrlarga bo’lishi



Download 3,25 Mb.
bet237/414
Sana31.12.2021
Hajmi3,25 Mb.
#206851
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   414
Bog'liq
Умумий педагогика мажмуа экалогия

Komenskiyning bolani yosh davrlarga bo’lishi. Bunda u tabiiylik printsipiga amal qilib, bola yoshini 4 davrga bo’ladi.

1. Tug’ilganidan 6 yoshgacha — ona maktabi. Bu davrda bolaning sezish organlarini o’stirishga, bolaning qabul qilishini, atrofdagi dunyo bilan tanishtirishga katta ahamiyat beradi. Bolani mehnatga o’rgatish, o’z-o’ziga xizmat qilishga jalb etish kerak. Ona boladagi axloqiy tarbiyaning asoslarini, to’g’rilik, haqqoniylik, mehnatni sevish va boshqalarni vujudga keltiradi. Ona maktabi bog’cha yoshidagi bola tarbiyasini ko’zda tutadi.

2. 6—12 yoshgacha — xalq maktabi yoki ona tili maktabi. Bunda o’quvchi esda saqlashi, so’zlashga o’rganishi, yozish, boshlang’ich maktab ko’nikmasini hosil qilishi kerak bo’lib, buning uchun geometriya, geografiya, tabiiyot fanlarini o’rganishi lozim.

3. 12—18 yoshgacha — gimnaziya. Bu o’quv yurtining vazifasi bola tushunchasini, tafakkur qobiliyatini o’stirishdan iborat bo’lib, unda klassik tillar, tabiiyot bilimlari, axloq, ilohiy fanlar o’qitilishi kerak.

4. 18—24 yoshgacha — Universitet. Akademiya. Bu o’quv yurtlari o’quvchining irodasini, shaxsini bir butun o’stirishi kerak.

SHunday qilib, maktab Komenskiy qarashicha o’quvchilarni o’ylashga, harakatlantirishga, masalalarni amalda mustaqil yecha bilishga, o’quvchilarni so’zlashga, o’z fikrini to’g’ri ifoda qilishga va isbotlab berishga o’rgatishi kerak. Mehnat kishini ulug’laydi, deydi Komenskiy. SHuning uchun mehnatga ham yoshlikdan o’rgatish kerakligini ilgari suradi.

Komenskiyning pedagogik nazariyasida ta’lim-o’qitish, ya’ni didaktika katta o’rinni egallaydi. Bunda u tabiiylik usulini asos qilib oladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, bunda bolaning yoshi, bilim darajasi, psixologik xususiyatlari hisobga olinib, darsni tabiat borlig’iga moslab olib borish kerak, degan g’oya ilgari suriladi.

Masalan: Qush o’ziga uya yasaydi, uya issiq va yumshoq bo’lishi kerak. Maktab ham xuddi shunday bo’lishi kerak.

Komenskiy o’zining «Buyuk didaktika» asarida maktabda o’qitish tizimini amalga oshirishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilishni tavsiya etadi.


  1. Ko’rsatmalilik tamoyili;

  2. Onglilik tamoyili;

  3. Izchillik va tizimlilik tamoyili;

  4. Mashq qilish, bilim va malakalarni puxta egallash tamoyillari.


Download 3,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish