Urdu maxsus sirtqi bo’limi Maktabgacha ta’lim yo’nalishining



Download 244 Kb.
bet54/95
Sana30.12.2021
Hajmi244 Kb.
#197997
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   95
Bog'liq
Urdu maxsus sirtqi bo’limi Maktabgacha ta’lim yo’nalishining

Tuzuvchi: I.R.Avazmetova

Javoblar


  1. Turli guruhlarda mashg’ulotlar o’tkazish,ularga rahbarlik qilish.

Tayyorlov guruhi

Mashg’ulot nomi:«Dengiz cho’chqachasini kuzatish».

Mashg’ulotning maqsadi: bolalarni yangi hayvon «Dengiz cho’chqachasi»bilan tanishtirish. Tashqi ko’rinishining muhim belgilarini bilib olish. Bu hayvonning qiliqlarini kuzatib borish va parvarish qilish istagini tarbiyalashda davom etish hamda uning nima uchun shunday nom bilan atalishini tushuntirib berish. Bolalarning nutqida ola-bula qil, mayda qadamlab yurish, kemiruvchiso’zlardan foydalanishni faollashtirish.

Mashg’ulotga tayyorgarlik. Dengiz cho’chqachasi uchun terrarium, unga suli maysasi yoki salat, sabzavotlar tayyorlab qo’yiladi. Hayvonga ertalab ovqat berilmaydi.Stollarni surib, ustiga silliqmas kleyonka yoziladi, stellar doira shaklida qo’yib chiqiladi.

Mashg’ulotning borishi.Tarbiyachi «Men hozir bir havyonni olib kelaman, uni qo’rqitib yubormaslik uchun siz tinch o’tiring», deb tayinlaydi. So’ngra cho’chqachani olib kelib, uni stolga qo’yib yuboradi. Bu hayvonni bilasizmi,deb bolalardan so’raydi, keyin uni ko’zdan kechirib chiqishni taklif etadi. Dengiz cho’chqachasining tashqi ko’rinishi to’g’risida so’zlab berishni bir-ikkita boladan iltimos qiladi.Bolalarning bu hayvonni to’la-to’kis tasvirlab berishlariga erishmoq kerak, agar ular qiynaladigan bo’lsa, mana bunday qoshimcha savollar bilan ularga yordam berish lozim:«Cho’chqacha tumshug’ining shakli qanday? U nimagao’xshaydi? (Ko’zmunchoqlarga.) Quloqlarining shakliqanday?» va hokazo. So’ngra tarbiyachi bolalarga qo’shimcha savollar berib, dengiz cho’chqachasini ularga tanish bo’lgan boshqa hayvonlarga solishtirib ko’rishga olib keladi va quyidagi savollarni beradi: «Yana qanday hayvonlarning ko’zlari xuddi shunday qora, yaltiroq bo’lib, chaqchayib turadi? (Og’maxon, olmaxonning ko’zlari.) Yana qaysi hayvonlarning tumshug’i shunaqa serharakat va oval shakldabo’ladi? Yana qaysi hayvonlarning quloqlari xuddi shundayyarimdoira shaklida bo’ladi? (Og’maxonning quloqlari.)Cho’chqachaning bo’yni qanaqaligiga e’tibor bering. (Bo’yni yo’g’on, bu hayvon orqasiga qaray olmaydi.) Cho’chqachaning tanasi qanaqa shaklda, oyoqlarining uzunligi qanday? Cho’chqachaning butun tanasi nima bilan qoplangan? Junining rangi qanaqa? Bu rangni qanday rang desa bo’ladi? (Ola-bula, xol-xol.) Cho’chqachani boshidan dumiga tomon asta silab ko’ring. Juni qanday ekan,yumshoqmi yoki dag’almi? (Silliq, qattiq.) Cho’chqacha qanday qilib yuradi? (Mayda qadam tashlab, tez yuguradi,yugurayotganida tanasi cho’ziladi.) Men bu hayvonto’g’risida sizga so’zlab beraman. U bizga olisdan, dengiz ortidagi yerlardan keltirilgan, shunga ko’ra uni avval dengizorti cho’chqachasi deb ataydigan bo’lishgan. Yovvoyi cho’chqachalar dengizdan uzoq issiq mamlakatlarda,dashtlarda yashagan, o’t-o’lan va shox-shabbalar bilan ovqatlangan. Ular juda beozor hayvon bo’lib hisoblanadi.

Mashgulotni yakunlash.Bolalarni hayvonlarni sevish,ularni asrab-avaylash bo’yicha bilimlari savol-javoblar orqali tekshiriladi va mashg’ulotda yaxshi qatnashgan bolalar rag’batlantiriladi.

2.Innovatsion texnologiyalar asosida tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlarini ijodiy tashkil etish.

Texnik vositalarga apparatura, mqxsus yaratilgan didaktik mareriallar va qo’llanmalar - diafilmlar, diapozitivlar seriyasi, magnet yozuvlar, kinofilmlar, radio va teleeshitirishlar, ya`ni erkin - tovushli vositalar kiradi.

Texnik vositalar kuchli tarbiyaviy va ta`limiy ta`sirga ega, kuchli voqealar rang – barangligi, rivojlanishi va dinamikasi bilan namoyon bo’ladi.

Bolalarning analizatorlariga birdaniga ta`sir etadi va bolada har xil xislarni uyg`otadi –ki, bolalar voqea –hodisalarni solishtiradilar, analiz qiladilar, taqqoslaydilar.

Ekran tovushli vositaning bolalarning birdaniga ko’pgina sezgi o’rganiga ta`sir etishi natijasida analizatorlar o’rtasida vaqtincha bog`lanish yuzaga keladi. Bu ijodiy emotsional hisni uyg`otadi, ish qobiliyati ko’tariladi.

Erkin tovushli vositalar 3 guruhga bo’linadi:

1. Ekranli ( diafilmlar, diopozitivlar, ovozsiz filmlar);

2. Tovushli ( radio eshitirishlar, magnet yozuvli lentalar);

3. Ekran – tovushli ( tovushli kinofilmlar, diapozitivlar) .

Ko’pchilik diafilmlar ,,Bolalar mtmsida ta`lim – tarbiya dasturi” asosida ishlab chiqilgan. Diafilm va diaseryallar tarbiyachiga programma mavzusini ma`lum sistema asosida bolalarga qiziqarli qilib yetkazishga yordam beradi. Kichik guruh bolalariga ertak o’qib berilayotganda , hikoya aytib berilayotganda, she`r yodlatayotganda, suhbatlar o’tkazilayotganda undagi voqealarga qiziqishni o’stirish, fikrlash faoliyatini aktivlashtirish, badiiy asarlar to’g`risida obrazli tasavvurga ega bo’lish uchun diafilm va diapozitivlardan foydalaniladi.

Bolalarga hayotda ko’rsatishni imkoni bo’lmagan voqea – hodisalarni ( o’simliklarning o’sishi, dengizning ko’tarilib pasayishi, to’lqinlanishi, qushlarning uchib ketishi va kelishi, vulqonlarning otilishi, hayvonlarning sakrashi, tepalikdan tushayotgan suvning sharrillashi va shu kabilar ) namoyish etishda televideniyaning imkoniyatlari cheksizdir. Namoyish etiladigan ko’rsatuvlar orqali tabiat obyektlari, voqealari va unda yuz berayotgan jarayonlar, rangi hamda rivojlanish dinamikasini tovushlarning jo’rligida ko’rish mumkun, natijada o’simlik va hayvonot olami to’g`risida to’la tasavvur hosil bo’ladi, tabiatdagi o’zaro bog`liqliklarni chuqurroq anglab oladilar.

Radio orqali beriladigan ,,Ertaklar olamiga sayohat” o’yin eshittirishi orqali bolalar u yoki bu o’lkaning tabiati, undagi xalqlarning urf –odati bilan tanishtiriladi, axloqiy sifatlari tarbiyalanadi va hakozo.

Ammo, shuni unutmaslik kerakki, ekran –tovushli vositalar bolalar bilan olib boriladigan an`anaviy ekskursiya, maqsadli sayr, kuzatish va boshqalar o’rnini bosa olmaydi va aksincha, o’quv, o’yin va amaliy faoliyatlarini to’ldirish uchun qo’llaniladi.

Kelajak avlodni zamonamizning yetuk kishilari qilib tarbiyalash- hayotimiz, davrimizning shu kungi eng dolzarb masalalaridan biridir. Bu borada bolalarni tabiat bilan tanishtirish muhim rol o’ynaydi.

Tabiat - bitmas –tuganmas xazina. Uning jonli va jonsiz tabiati, turli – tuman o’simliklar dunyosi, hayvonot olami yosh qalbning to’g`ri o’sib, shakllanishida, tabiatda bo’ladigan voqea – hodisalarning sir –asrorini o’rganib voyaga yetishida katta manba bo’lib xizmat qiladi. Bola qiziquvchan bo’ladi. U atrofdagi, mtm hovlisidagi rang – barang gullarni, sharqirab oqayotgan suvlarni, guldan – gulag qo’nib uchayotgan kapalaklarni, betinim sayrayotgan qushlarni ko’rib quvnaydi, yayraydi. Bola ongining o’sishida, jonli va jonsiz tabiatga bo’lgan qiziqishini ortishida tevarak –atrofdiagi tabiatning roli beqiyos kattadir.

Bolalarni, Tabiat bizga in`om etgan ana shu go’zal manzaralari bilan tanishtirib borishimiz, tabiatning har bir giyohi, har bir hayvonotining insonlar uchun, tabiat uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini aytib, o’rgatib borishimiz, ma`naviy oziqlantirishimiz kerak.

Bolalarni tabiat bilan tanishtirishdan maqsad yosh avlodni ona vatanimizni sevishga, uning o’simliklari, hayvonot olamini asrash, saqlash, ko’paytirish ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Buning uchun bolalarni tabiat bilan tanishtirish ishlarini maktabgacha ta`lim yoshidan boshlamoq kerak.

Shunga ko’ra bolalar mtmlari va ularda ishlayotgan tarbiyachilar oldidagi eng muhim vazifalardan biri ham bolalarni tabiatning go’zalliklarini ko’ra bilish, uni sevish, tabiatda yuz beradigan voqea - hodisalar haqida to’g`ri tushunchaga ega bo’lish, tabiat yaratgan boyliklardan oqilona foydalanish ruhida tarbiyalashdan iborat bo’lmog`i lozim.

Maktabgacha ta`lim muassasida bolalarni tabiat bilan tanishtirish ishining mazmuni yoritilib, tabiatdagi mehnatning bilim, malaka, va ko’nikmalarini shakllantirish yo’nalishlari belgilab berilgan. Bu talablar bolalarni birinchi navbatda ularning o’zlariga qadrdon bo’lgan ular tug`ilib o’sgan o’lkalarning tabiati bilan tanishtirilgandagina bajarilishi mumkin, chunki maktabgacha yoshdagi bolaning bilimini shakllantirish uni o’rab olgan borliq bilan bevosita munosabatda bo’lishi jarayonida amalga oshiriladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning bir vaqtning o’zida aqliy hamda amaliy harakatlarni farqlay bilishi, kuzatish, mehnat malakalarini egallab olishlari ularni bilimlarni muvaffaqiyatli egallab olishlarining asosiy shartidir.

Masalan, bolalarga o’rmon, dala, o’tloqda qanday o’simliklar borligi haqida

bilim berish kifoya qilmaydi; bolalarni eng ko’p tarqalgan o’simliklarning xarakterli belgilariga ko’ra farqlash, tanib olishga ham o’rgatish zarur.

Qo’llanmaning asosiy qismi turli yosh guruhlaridagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasiga bag`ishlangan.

Unda har bir yosh guruhdagi ishning mazmuni, formalari, metod va usullari mavsumlar bo’yicha beriladi.

Bolalarni kundalik hayot- tabiat burchagidagi mehnat va kuzatish, ma`lum maqsadga yo’naltirilgan sayrlarda tabiat bilan tanishtirish masalalari batafsilroq ko’rib chiqiladi. Har bir mavsum uchun asosiy maqsadi ko’rsatilib, mashg`ulotlar ro’yhati beriladi. Tarbiyachining bolalarni kuzatishga, hodisalarning aloqasi sabablarini aniqlashga o’rgatadigan mashg`ulotlar hamda bilimlarni umumlashtirish va sistemalashtirishga mo’ljallangan mashg`ulotlar ayniqsa batafsilroq bayon qilingan.

Tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, tabiatni qo’riqlash masalalarini ongli ravishda hal etish uchun oila, mtm, maktab, o’rta va oliy o’quv yurtlarida, ishlab chiqarish va jamoat joylarida kamol topayotgan yoshlar tabiat sirlarini va undan to’g`ri foydalanish usullarini har tomonlama puxta bilim olishlari shart.

3.Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish bo’yicha davlat talablari




Download 244 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish