7.6-rasm. UESNK4-100-80 uskunasining tuzilishi:
1-datchik; 2- boshqaruv stansiyasi; 3-PVP 40*37 suv ko'tarish trubasi; 4- vintli mahkamlangan ustun; 5- o'lchov simlari; 6- PVP 140*12 markali obsad trubalar; 7- ustki sath elektrodi; 8- d-7.14 mm po'lat arqon; 9- pvstki sath elektrodi; 10- nasos; 11- texnologik skvajina filtri; 12- elektrodvigatel rostlagich stakani; 13- himoya suyuqligi sathi elektrodi; 14-elektrodvigatel; 15- elektrodvigatel yo'naltiruvchi stakani (kojuxi).
Bundan tashqari, nasoslar qorishmani ko'tarish jarayonini
avtomatlashtirishni yengillashtiradi va tortuvchi texnologik skvajinalar ustida changlanishini bartaraf etadi. Qishki sharoitlarda, yer ostida ishqorlash obyektlari uchun uzluksiz, to'xtab qolishlarsiz ish sharoitini yaratib beradi.
147
Cho'kma nasoslarni qo'llash tortuvchi texnologik skvajinalar debitini ahamiyatli darajada istiqbolini ochadi. Bu esa, yer ostida ishqorlashni takomillashtirishni davom ettirishning asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Cho'kma nasoslarni qo'llash texnologik skvajinalarni jihozlash va ularni ekspluatatsiya qilishda texnik holatini yaxshilashga olib keladi. 7.6-rasmda UESNK4-100-80 uskunasini montaj sxemasi keltirilgan.
Shuni belgilab o'tish lozimki, konstruksion tashkilotlar cho'kma elektr nasoslarini kelgusida takomillashtirish ustida ishlashni davom ettirmoqda.
VIII
YER OSTIDA TANLAB ERITMAGA O'TKAZISH UCHASKASINING YER USTI VA YER OSTI SORBSION USKUNASI ERITMASI TARKIBIDAN URANNI AJRATIB OLISH.
MAHSULDOR ERITMADA URANING ION HOLATI.
Er ostida yoki uyumli tanlab eritmaga o'tkazishdan so'ng mahsuldor eritma olti valentli uranni o'z ichiga oladi. Zamonaviy nazariya bir-biriga bog'liq bo'lgan suv va kislota komplekslarining mavjudligini, sorbsiya, elyuerlash, ekstraksiya jarayonlarining samaradorligini oldindan belgilab beruvchi ligandlarning joylashuvini ta'minlaydi [43, 68]. Spektrofotometriya, ion
almashinuvi va ekstraktsiyalash usullari bo'yicha olti valentli uran uchun turli murakkab ionlarning tarkibi aniqlandi va bu ionlarning hosil bo'lishini aniqlash uchun konstantalar aniqlandi,: uranil kationlari uchun Ki=5.0-6.5, uranilsulfat neytral molekulasi uchun K2=50-96, uranildisulfat anioni uchun K3=350-900, uraniltrisulfat anioni uchun K4=2500.
Sulfat eritmasida oddiy va murakkab uranli ionlarning nisbati eritmaning ortiqcha kislotaligiga, tarkibidagi sulfat ionlarining tarkibiga va uran kontsentratsiyasiga bog'liq bo'ladi (8.1-rasm). Sulfat kislota eritmasida uran ioni shakllari o'rtasida dinamik muvozanatning mavjudligi uni ham anionitlar ham katyonitlar kabi ajratib olish imkonini beradi va muvozanatni sobsiyalovchi ioniga to'g'ri siljitadi.
148
Eritmda pH 2.5 bo'lganda uranil
ionlarining polimerizatsiyasi namoyon
bo'la boshlaydi [35, 131], buning
natijasida uranil sulfat ioni komplekslari
bu ko'rinishni oladi U^O^CSO^X Oxirgi
ko'rinish anionit hajmini sezilarli
daraj ada ko ‘ paytiradi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |