Boshqa bo'limlarda ko'rsatib o'tilganidek, razvedka texnologik skvajinalari nisbatan oddiy konstruksiyaga ega. Burg'ilash esa, butun uzunligi bo'ylab 95 yoki 112 mm lik diametrda amalga oshiriladi. Mahsuldor qatlamgacha texnologik skvajinalar odatda yaxlit uzluksiz zaboy bo'yicha burg'ilanadi. Mahsuldor qatlam (yoki ruda tanasi) odatda namuna olish orqali o'tiladi. Yaxlit uzluksiz zaboy bilan burg'ilashda asosiy jins yemiruvchi asbob pikobur hisoblanadi. Namuna olishda qovurg'asimon turdagi M-1 koronkalar qo'llaniladi. Namuna chiqishini oshirish uchun quruq holda tezlashtirilgan reyslar bilan ishqalab tozalash orqali burg'ilash, yuvib tozalovchi suyuqlikning zaboy atrofida aylanma harakati bilan burg'ilash, kolonkali trubani chegaralangan hajmi, ikkilangan (qo'sh) kolonkali trubalar bilan burg'ilash orqali amalga oshiriladi. Burg'ilashning texnologik parametrlari sinov ishlari jarayonida har bir kon uchun aniqlanadi. Barcha razvedka texnologik skvajinalari keyinchalik texnologik maqsadlar uchun qo'llanilmasa, likvidatsiyalanishi, ya'ni, sement qorishmasi yoki ishlatib bo'lingan quyuq tuproqli qorishma bilan ularni to'ldirilishi lozim. Likvidatsiyali tamponlashning samaraliligi sinov ishlari orqali ko'rsatib o'tilgan. Bunday tamponlash qorishmaga koagulyant (poliakrilamid) larni qo'shganda samarali hisoblanadi. Ekspluatatsion-texnologik texnologik skvajinalar Bu guruhdagi texnologik skvajinalarning konstruksiyasi turli tumanligi bilan ajralib turadi. Yuboruvchi va tortuvchi texnologik skvajinalarning bir necha qo'llaniladigan konstruksiyalari 7.2-jadvalda keltirilgan. Texnologik texnologik skvajinalar butun chuqurligi bo'ylab bir diametrda yoki ikki, ya'ni, mahsuldor qatlamning yuqori suvbardosh oralig'ida diametri kichik o'lchamga o'zgaradi. Diametr texnologik skvajina vazifasiga ko'ra, qo'llaniladigan aralashmani ko'taruvchi vosita va o'rnatilgan kolonna materiali bilan aniqlanadi. Yer ostida ishqorlash korxonasi amaliyotida yuboruvchi texnologik skvajinalarning diametri ko'pincha tortuvchi texnologik skvajinalarning diametriga teng bo'ladi. Uncha katta bo'lmagan chuqurlikda (120—150 m gacha) joylashgan konlarda texnologik skvajinalar devori normal qalinlikda (10—12 mm) bo'lgan polietilen trubalar bilan o'rnatilib chiqiladi. Amaliyotda katta chuqurliklarda devori qalinligi 18 mm bo'lgan trubalar qo'llaniladi. Shunga bog'liq holda yuboruvchi va tortuvchi texnologik skvajina debitining muvofiqliligini oshirish uchun, shuningdek, 143 mm diametrli cho'kma elektr nasoslarni qo'llashga bog'liq holda texnologik texnologik skvajinalarni burg'ilash diametri 295-394 mm ga oshadi.