5. KOMBINATSIYALASHGAN QAZIB OLISH TIZIMI Yer ostida tanlab eritmaga o'tkazishning shaxtasiz (texnologik skvajinali) va shaxtali tizimining elemenlaridagi kombinatsiyalashgan tizim (IV sinf) Bu qazib olish tizimi juda kam tarqalgan. Yoriqliligi yuqori namli balansdan tashqari ruda jismli konlarning birida uran jinsning tabiiy o'tkazuvchanligidan foydalanilgan holda qazib olinadi. Konning bloklaridan biri quyidagi holatda qazib olinadi ( 6.13 - rasm). Shtolnyali gorizontda ruda jismi yotishi bo'ylab 5-10 m oraliq bilan yuqoridan zaif qiya drenajli texnologik skvajinalar burg'ilangan shtrek o'tilgan. Shtolnya gorizontidan 200-250 m masofada bo'lgan kon sirtida yuboruvchi texnologik skvajinalar qatori bo'rg'ulangan. Eritmani kanallar orqali ketib qolishini oldini olish uchun yuboruvchi texnologik skvajinalar shtolnya gorizontigacha burg'ilanmaydi. Ishqorlovchi reagent yuboruvchi texnologik skvajinalarga napor ostida jo'natiladi, rudali yoriq gorizontlar orqali filtrlanadi va shtolnya gorizontida shtreklar va drenajli texnologik skvajinalar orqali yig'ib olinadi. Boshqa qazib olingan konlar qatorida ishlatilgan bloklarni buzilish zonasidagi qoldiqlardan va balansdan tashqaridagi metallni ajratib olish sirtdan burg'ilangan texnologik skvajinalar va shaxta stvollari orqali shaxta suvlarini oksidlash bilan olib boriladi.
127
Metall grunt suvlari darajasining davriy ko'payishi va pasayishi natijasida infiltratsion va pulsatsion - statik rejimda eritmaga o'tkaziladi. Blokning buzilgan zonalari bo'ylab shakllangan mahsuldor
6.13-rasm. Yoriqli o'tkazuvchan rudali konning tajriba uchastkasi sxemasi 1 - sorbsion kolonna; 2 - desorbsion kolonna; 3 - mahsuldor eritma uchun yomkost; 4 - aralashtirish yomkosti; 5 - ishchi aralashma uchun yomkost; 6 - reagent uchun yomkost; 7 - tindirgich; 8 - sirtdan burg'ilangan Yuboruvchi texnologik skvajinalar; 9 - yer osti so'rib oluvchi texnologik skvajinalari; 10 - yer osti Yuboruvchi texnologik skvajinalari; 11 - nasos; 12 - chiqindi saqlagich; 13 - shamollatish qudug'i; 14 - sarfni o'lchagich; 15 - kuztuv texnologik skvajinalari; 16 - ishchi eritma truboprovodlari; 17 - mahsuldor aralashma truboprovodlar
128
aralashmalar o‘z oqimi bilan shaxta zumfiga yig'iladi va ATN turidagi artizan nasoslari orqali sirtga ko'tariladi, keyin sorbsiyaga yo'naltiriladi. Sun'iy o'tkazuvchanlikni hosil qilishni talab qiladigan yotishi chuqur bo'lmagan ruda jismlarida ham kombinatsiyalashgan qazib olish tizimidan foydalaniladi. Bunday hollarda ruda tanasi shaxta stvollari yoki shtolnyalar bilan ochiladi, BPI dan foydalanish bilan ishqorlashga tayyorlanadi, ishqorlovchi reagent esa sirtdan burg'ilangan yuboruvchi texnologik skvajina orqali yetkazib beriladi. Yer ostida tanlab eritmaga o'tkazishning shaxtali tizimi va an'anaviy qazib olish tizimi elementlaridagi kombinatsiyalashgan tizimlar (V sinf) Bir blok chegarasida joylashgan turli texnologik navli (karbonatli va silikatli) rudalar yoki har xil uran miqdoriga (masalan, kambag'al va boy rudalar) ega bo'lgan ruda jismlarini qazib olishda bu tizimlarni keng tarqalishiga olib keldi. Bu tizimning mohiyati shundaki, ruda jismini qazib olish ikki bosqichda olib boriladi. Birinchi bir navdagi rudani qazib olish, keyin nedrda qolgan boshqa navdagi rudani eritmaga o'tkazish bilan amalga oshiriladi. Rudaning xususiyati va aniq sharoitlariga bog'liq holda blok konstruksiyasi, qazib olish tartibi va jarayon rejimi o'zgaradi [76].