Bog'liq МАМИЛОВ, Yer ostida tanlab eritmaga o (1) лотин
6. SUN'IY HOSIL QILINGAN O'TKAZUVCHANLIKKA EGA BO'LGAN RUDADAN URANNI AJRATIB OLISH MEXANIZMI VA KINETIK QONUNIYATI Ruda jinslaridan uran qazib olinadigan joylarga sun'iy ravishda hosil bo'lgan o'tkazuvchanlik xususiyati shundan iboratki, ishqorlovchi eritmasi davriy ravishda ruda qatlamiga kiradi, filtrlash jarayonida bo'lgani kabi ruda bo'laklari orasini butunlay to'ldirmaydi. Eritma zakisleniya bosqichida massa almashinuvi jarayonida faol ishtirok etadigan ruda bo'lagi yuzasiga yupqa plyonka shakllantiradi. Uran ajratib olinadigan alohida ruda bo'lagi ishqorlash sharoiti bo'yicha gilli tog’ jinslarini ishqorlash bilan ko‘p o'xshashlikka ega: har ikkala holda ham jinslar deyarli o'tkazmaydigan bo'lib, jarayon reagent bilan namunaning tashqi tekisligidan, eritmaning taqsimlanishidan boshlanadi va uranning ajratib olinishi g'ovaklar yoki tomirlar (yoriqlar) orqali sodir bo'ladi. O'tkazuvchanligi sun'iy ta'minlangan rudalardan urannnig eritmaga o'tkazilish jarayoni ikki bosqichda aniqlanadi: sug'orish bosqichi - ruda bo'lagi yuzasida yupqa plyonka holatida to'plangan reaksiya mahsulotlarini eritish va chiqarish bilan bog'liq. Bu bosqichda bir vaqtning o'zida eritmaning yangi qismini ruda jismiga yetkazib beradi, bu yerda moddalarning massa almashinuvi konvektiv diffuziya yordamida amalga oshiriladi;
rudani sug'orishsiz ushlab turish bosqichi - eritmaning ionlari ruda jismining harakatsiz bo'shliq aralashmalariga aralashib ketganda, yoriqlarni va gradiyent konsentratsiyasining mavjudligida erigan uran jinsning tashqi yuzasiga chiqadi. Moddalarning massa almashinuvi molekulyar diffuziya tufayli yuzaga keladi.
92
Jarayon kinetikasi eritma va eritilgan uranning massa uzatilishi bilan belgilanadi, bu o‘z navbatida ularning konsentratsiyasi gradiyentiga bog'liq. Sug'orish, ma'danlar bilan yuvish shartlari eng maqbuldir, chunki reagent va uran uchun konsentratsiyali gradiyentlar maksimal; sug'orishsiz turganida ular yomonlashadi va gradiyent nolga intiladi. An'anaviy gidrometallurgik jarayonda ishlatiladigan nozik maydalash, aralashtirish, qizitish kabi jadallashtiruvchi omillar YOTEO’ da zavodlarda istisno. Bu omillar yo'qligi odatda ishqorlash jarayonining davomiyligi bilan kompensatsiya qilinadi. Sun'iy o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan ruda massividan uranni eritmaga o'tkazish kinetikasini aniqlovchi muhim parametrini ruda monolitiga eritmaning singish tezligini tashkil qiladi. Ushbu o'zgarishlar odatda rudaning moddiy tarkibi va eritma bilan o'zaro ta'siriga bog'liq. Ikkinchi darajali kimyoviy birikmalarning g'ovaklarda hosil bo'lishi va cho'kishi ajratib olish kinetikasini o'zgartirishi mumkin. Ayniqsa karbonat minerallarini saqlovchi rudalar noqulay hisoblanadi: ularni sulfat kislotasi bilan qazib olishda g'ovaklar va yoriqlarni kolmatatsiya qiluvchi zaif o'tkazuvchan gips hosil bo'ladi. Selektiv eritmalardan foydalanish odatda kolmatatsiya hodisalariga olib keladi. Eritmaning ruda jismlari tarkibiga kirib borishi xarakteri bo'yicha Sullivan tomonidan quyidagi turlarga bo'lingan. doimiy har tomondan va bir vaqtning o'zida eritma sizib kiradigan rudalar;
eritma boshida asosiy kanallar ya'ni qatlamlar tekisligi va yoriqlar bo'yicha kirib borishi, ulardan keyin eng kichik g'ovaklar va yoriqlar kiradi;
eritma yordamida rudalarga ishlov berishda ular vayron bo'ladi.
Ruda monolitlarining g'ovakliligi odatda gillarning g'ovakliligiga nisbatan bir necha barobar past bo'ladi (toshli rudalarning samarador g'ovakliligi odatda 0,5-3,0% ), ammo ruda jismlarning g'ovagi va yoriqlari gillarnikiga nisbatan yuqoriroq. Ruda massivi (ayniqsa karbonatsizligi) va aralashgan jinslar uncha yuqori bo'lmagan kislota sig'imiga ega. Eritmaning ruda jismiga chuqur kirib borish tezligi elektr o'tkazuvchanligini o'lchash, rangli eritmalarni qo'llash orqali aniqlanadi. 5.7- rasmda sulfat kislota eritmasining rudaning granit porfirli jismiga (Protodyakonov shkalasi bo'yicha qattiqlik 10-15 va samarador g'ovaklilik ~1% ) chuqur kirib borish harakat tezligining ruda namunasi yuzasi masofasiga bog'liqligi ko'rsatilgan [19, 77].