11-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Qatlamni gidravlik yorishni hisoblash.
Qatlamni gidravlik yorish usuli – yomon o’tkazuvchi tog’ jinslaridan
tuzilgan neft quduqlarini maxsuldorligini oshirish va haydovchi quduqlarda
qatlamning qabul kiluvchanligini oshirishda eng samarali usullardan hisoblanadi.
Bu usulda er yuzidan haydalayotgan yuqori bosimli suyuqlik yordamida maxsuldor
qatlamda bosim hosil kilish va mavjud yoriqlarni kengaytirib quduq maxsuldorligi
oshiriladi. Hosil qilingan yoriqlar bosim tushgandan keyin kayta yopilib kolishini
oldini olish uchun qatlamga kvars qumlari suyuqlik bilan haydaladi.
Hosil qilingan yoriqlar qatlamga bir necha o’n metrlab kiradi va quduq
maxsulotini bir necha o’n marotaba oshiradi.
Qatlamni gidravlik yorish quyidagi ketma-ket bajariladigan jarayonlar
orqali amalga oshiriladi.
1)
Qatlamda yoriq hosil kilish uchun suyuqlikni haydash
2)
Hosil qilingan yoriqlarni to’ldirish uchun qum tashuvchi
suyuqlikni qum bilan haydash.
3)
Yoriqlarga
qumni
bostirish
uchun,
bostiruvchi
suyuqliklarni haydash.
Gidravlik yorishni o’tkazish uchun quyidagi tavsifga ega bo’lgan ishlatish
qudug’ini tanlaymiz: chuqurligi H = 2000 m; ishlatish quvurlari tizmasi diametri D
= 16,8 sm; quvur S markali po’latdan tayyorlangan; qatlamning samarali qalinligi h
= 10 m; ishlatish quvurlari tizmasining teshilgan oralig’i 1980 – 1990 m; 1 m
samarali qalinlikdagi teshiklar soni – 10 ta; quduqning maxsuldorlik koeffitsienti K
= 0,115
𝑡
𝑠𝑢𝑡∙(
𝑘𝑔𝑘
𝑠𝑚2
)
;
qatlam bosimi p
qat
= 150 kgk/sm
2
; quduq tubi bosimi p
q.t
= 120
kgk/sm
2
; quduq maxsulotida suv va qum yo’; chuqurlik nasosi usulida
ishlatilmoqda; Neft qatlami kichik zarrachali yaxshi sementlangan qumtoshlardan
tuzilgan bo’lib, g’ovakligi 0,5-0,28 (o’rtacha 0,21), o’tkazuvchanligi 50 mD, neftga
to’yinganligi s
n
= 70%. Qatlam tarang suv bosimi rejimida ishlamoqda.
Echilishi: Gidravlik yorish jarayoning asosiy yorish ko’rsatgichlari
quyidagilar: yorish bosimi, ishchi suyuqlik va qumning sarfi; yoriq radyusi, yoriq,
quduq tubi va barcha derenaj tizimi o’tkazuvchanligi, jarayondan keyingi quduq
debiti, agregat turi va soni, gidravlik yorishning kutilayotgan samarasi.
Gorizontal yo’nalishda yorish uchun qatlamni yorish usuli quyidagilarga
bog’liq bo’ladi: 1) Yuqorida joylashgan tog’ jinislari zichligi va yotish chuqurligi
orqali aniqlanadigantik tog’ bosimi kattaligiga; 2) qatlam bosimi kattaligiga; 3)
qatlam jinslarinig tabiiy yoriqlariga. Kutilayotgan yorish bosimi va quduq qabul
qiluvchanligini aniqlash uchun quduqni har-xil bosimda qabulqiluvchanligini
aniqlash talab qilinadi va tajriba yo’li bilan yorish bosimi va qabul qiluvchanligi
aniqlanadi. Bunday sinash qovushqoqligi past neft quduqqa o’sib boruvchi
miqdorda asta sekin haydaladi. Buning uchun bir yoki bir nechata yuqori bosimli
agregat quduqqa ulanadi. Bosim bir necha bor oshiriladi va sarf o’lchanadi va quduq
qabulqiluvchanligining quduq tubi bosimiga bog’liqligi grafigini chizish uchun
etarli nuqta olinguncha davom ettiriladi.
Tik tog’ bosimi
𝑝
𝑡.𝑡
=
𝐻𝜌
𝑞
10
=
2000 ∙ 2,5
10
= 500
𝑘𝑔𝑘
𝑠𝑚
2
(49 𝑀𝑃𝑎),
Bu erda H =2000 m – qatlamning yotish chuqurligi;
𝜌
𝑞
= 2,5
– yuqorida
yotadigan jinslarning o’rtacha zichligi.
Qatlamni yorish bosimi
P
yor
= p
t.t
+ p
qat
+σ
r
bu erda
p
qat
= 150
kgk
sm
2
- qatlam bosimi;
σ
r
= 15
kgk
sm
2
- jinsning
qavatlanish (rassloeniya) bosimi;
P
yor
= 500 – 150 + 15 = 365 kgk/sm
2
(35,7 MPa),
Quduq tubidagi yaqinlashtirilgan yorish bosimini quyidagi emiprik formula
orqali aniqlaymiz: