Universiteti geografiya kafedrasi 5610200-Mexmonxona


Evropaning «Benilyuks» iqtisodiy ittifoqiga kiruvchi Bel’giya. Niderlandiya va Lyuksemburg mamlakatlari turizmi



Download 1,22 Mb.
bet34/147
Sana17.07.2022
Hajmi1,22 Mb.
#812389
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   147
Bog'liq
Geografiya kafedrasi

Evropaning «Benilyuks» iqtisodiy ittifoqiga kiruvchi Bel’giya. Niderlandiya va Lyuksemburg mamlakatlari turizmi


1958 yilda Benilyuks mamlakatlari Benilyuks iqtisodiy ittifoqi shartnomasini tuzadilar. Yevropaning uchta mamlakati – Bel‘giya. Niderlandiya. va Lyuksemburg mamlakatlari ommabop turistik markazlar deb hisoblanadi.
  1. Bel’giya davlatining turizm iqtisodi


Bel‘giya qirolligi Yevropaning g‘arbiy qismidagi Shimoliy dengiz qirg‘oqlarida joylashgan davlat. Hududi 30.5 ming kv.km.. aholisi 12 milliondan ortiqroq. Yirik shaharlari Bryussel‘. Antiverpen. Gent. Bryugge. SHarlerua. L‘ej. Namyur. Luana. NATO va Yevropa Ittifoqi a‘zosi. Yevropada iqtisodiy integratsiya jarayonlarida faol ishtirok etib keladi. Eslatib o‘tamiz. NATOning shtab kvartirasi Bryusselda joylashgan. Benilyuks Ittifoqi ham shu davlat
tashabbusi bilan bunyod etilgan. Yevropa ittifoqi a‘zosi. 2002 yilda yevroga o‘tilgan.
Bel‘giya iqtisodiyotida turizm katta daromad keltiruvchi muhim soha bo‘lib hisoblanadi. Mamlakatda 2148 ta mehmonxona mavjud. Turizmni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar ishga solingan. chunki undan katta daromad keladi. Bel‘giyaning ichki turizm bozori 1990 yilda
23.9 mln. turistik kunni tashkil qildi. Uning asosiy qismi. ya‘ni 59%i mamlakatning qirg‘oq bo‘yi zonalarida. an‘anaviy kurotlar Ostende. Knokkl va Blankenberglga to‘g‘ri keladi. Bel‘giyada o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish sektorida dam olishni xush ko‘radilar.
Bel‘giyaliklar uchun qirg‘oq bo‘yi zonalaridan keyin ikkinchi dam olish maskani. bu ommabop Ardenna tog‘i hisoblanadi. Ushbu tog‘larda dam oluvchilar soni mamlakatning yozgi ichki turizmining 6%i to‘g‘ri keladi.
Bel‘giya mehmonlarining asosiy qismini Buyuk-Britaniya. Germaniya. Italiya. Ispaniya.
Niderlandiya. Frantsiya va AQSH fuqarolari tashkil qiladi.
1992 yilda mamlakatni 3.2 mln. xorijiy turistlar ziyorat qilgan. Xorijiy turistlarni mamlakatda bo‘lishi o‘rta hisobda ikki kunni tashkil qiladi. Bel‘giyaga tashrif buyurgan xorijiy turistlarni asosiy qismini ishbilarmon sayohatchilar tashkil qiladi. Bryussel‘ Bel‘giyaning nafaqat poytaxti. balki Yevropa Ittifoqi. NATO va ko‘pgina transmilliy kompaniyalarning bosh ofislari joylashgan shahardir. Ushbu tashkilotlarga qarashli mehmonlar qimmatbaho otellarda yashaydilar.
Bel‘giyada O‘rta asr kvartallari yaxshi saqlangan 9-ta shahar mavjud. Xorijiy turistlarning ko‘proq qiziqtiradigan shaharlar-bu. Bryusseldan tashqari. Antverpen. Bryugge va Gent shaharlaridir. Turistik kunlarning 85%i ushbu shaharlarga to‘g‘ri keladi.
Bryugge - o‘tgan asrdan darak beruvchi go‘zal shahar. O‘zining tor ko‘chalari. eski ko‘priklari. binolari bilan Venetsiyani eslatadi. Bryuggeda 1248 yil qurilgan Belfi end Kloz Xoll. 1336 yil qurilgan Toun Xoll va boshqa ko‘plab XII-XIII asr ibodatxonalari mavjud. Dunyo san‘ati namunalariga boy bo‘lgan Groyening muzeyi. shu jumladan. o‘rta asrning yana bir shahri hisoblanmish - Gent o‘zining gullar Ko‘rgazmasi bilan tanilgan. Uning markazida 1180 yilda qurilgan cherkov. 1300 yilda qurilgan Belfi End Kloz Xoll va XV asrda barpo etilgan Sant Bravo Kafedral joylashgan. Antiverpen shahri nafaqat o‘zining qadimiy binolari bilan tanilgan. balki u yerda Almaz ishbilarmonlar turizmi ham rivojlangan. Bryussel‘ shahri ham o‘rta asrlarda vujudga kelgan shaharlar hisobiga kirib. ishbilarmonlar turizmidan tashqari. katta tarixiy- madaniy turizm markazi bo‘lib hisoblanadi. So‘ngi yillarda o‘rta asrlar. ya‘ni 1696 yilda qayta qurilgan Bryussel‘ shahrining asosiy maydoni Grand-Palas xorijiy turistlar e‘tiborini jalb qila boshladi. Bu yerda yunon uslubida qurilgan shahar saroyi. «Mezon de Roy» va «Gold Xausez» binolari joylashgan. CHet davlatlardan kelgan mehmonlarning deyarli 1/3 qismi Bel‘giyaning qirg‘oq zonalarida dam olishni ma‘qul ko‘radilar. Mehmonlar asosan qo‘shni bo‘lgan Buyuk Britaniya. Germaniya. Niderlandiya va Frantsiya mamlakatlaridan tashrif buyuradilar. Mamlakatga. shuningdek. bir kunlik mehmonlar ham ko‘p miqdorda keladi. Oxirgi yillarda xorijiy turistlarning soni 15-16 million kishini tashkil qilmoqda. Bel‘giya Yevropa yo‘llarining chorrahasida joylashgan. Parij va Shimoliy Germaniya. Buyuk Britaniya hamda Yevropa orollariga chegaradosh. SHu sababli mamlakat chegarasini juda ko‘p miqdorda tranzit turistlar kesib o‘tadi. Ularning soni yiliga 7 millon kishini tashkil etadi. Bel‘giyaning tarixiy obidalari va qirg‘oq zonalari turizm iqtisodini rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.
Bel‘giya qirolligi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 1992 yilning 10 martida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Hozirgi kunda har ikki mamlakatda elchixonalar ochilgan.

  1. Download 1,22 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish