Universiteti geografiya kafedrasi 5610200-Mexmonxona


Frantsiya davlatining turizm iqtisodi



Download 1,22 Mb.
bet30/147
Sana17.07.2022
Hajmi1,22 Mb.
#812389
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   147
Bog'liq
Geografiya kafedrasi

5. Frantsiya davlatining turizm iqtisodi


Frantsiya Yevropaning Farbiy qismida joylashgan davlat bo‘lib. hududi 674.6 ming kv.km.. aholisi 68.1 mln. kishini tashkil etadi. Yirik shaharlari Parij. Lion. Marsel‘. Tuluza. 2002 yildan Yevroga o‘tgan. Katta Yettilik. Yevropa Ittifoqi. BMT xavfsizlik kengashining doimiy a‘zosi.
Frantsiya yuksak darajada rivojlangan industrial agrar davlatdir. Frantsiya boy va qadimiy madaniyat o‘chog‘i hisoblanadi.
Turizm Frantsiya iqtisodiyotida muhim o‘rinni egallaydigan sohalardan biri hisoblanadi. Qimmatli kurort va ajoyib otellar mamlakatning Lazur qirg‘og‘ida joylashgan va bu yerda xorijiy ishbilarmonlar o‘z sarmoyalarini sarflaydilar. SHu bilan birga ancha arzon keng xalq ommasi uchun mo‘ljallangan dam olish maskanlari ham anchagina. O‘rta yer dengizi sohilidagi bu oromgohlardan tashqari. turizm Atlantik okeanining janubiy-g‘arbiy qirg‘og‘ida hamda Shimoliy dengiz atrofida rivojlangan. Frantsuz Al‘p tog‘lari turistlarni yil bo‘yi jalb etadi. Mehmonlarga ko‘rsatiladigan xizmat (servis) nihoyatda yuqori darajada va yiliga katta daromad keltiradi. Frantsiyaga yiliga 95 mln. turistlar kelib ketadi. va 74 mlrd. dollar foyda keltiradi. Frantsiya turizm sohasi bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadi.
Frantsiyaning ichki turizm bozori boshqa Farbiy Yevropa davlatlarining ichki turizm bozoridan tubdan farq qiladi. Birinchidan. frantsuzlarning juda oz miqdori o‘z ta‘tillarini o‘zga davlatlarda o‘tkazadi. bu bir yilda 18%ga to‘g‘ri keladi. Ikkinchidan. bu yerda ta‘til davrining qizg‘in pallalari mavjud: iyul va avgust oylarida o‘quvchilar ta‘tillari. qisqa rojdestvo ta‘tillari. fevral oyida esa pasxa davridagi ta‘tillar boshlanadi. Uchinchidan. frantsuzlar avtomobillarda sayohat qilishni xush ko‘radilar. bu ko‘rsatkich 81%ni tashkil qiladi.
Frantsuzlarning 50%ga yaqini o‘z ta‘tillarini yozda dengiz bo‘yida. 25% qishloq joylarida. 17% esa tog‘ kurortlarida o‘tkazadilar. CHet elga chiqish turizmiga kelsak. frantsuzlarning 5%igina Pekij turlar bo‘yicha va 6%i aviatransportlarda sayohat qiladilar. 1991 yilda Ispaniya Frantsiyadan 8 mln. turist. Italiya esa 7.3 mln. turistni qabul qildi. Hozirgi paytga kelib frantsuzlar AQSH. Osiyo kabi uzoq hududlarga sayohat qilishni ma‘qul ko‘rmoqdalar. Ish yuzasidan bo‘ladigan sayohatlarning aksariyati Germaniya va Buyuk Britaniyaga to‘g‘ri keladi. 1980-2000 yillarda xorijiy turistlarning Frantsiyaga kelishi keskin o‘sdi va 29 mln. dan 75.5 mln.
kishiga yetdi.
Frantsiya uchun eng asosiy katta bozor - bu Germaniya hisoblanadi. U yerdan umumiy keladigan turistlarning 25 foizi tashrif buyuradi. ya‘ni yiliga 18.5-19.0 mln. mehmon kelishi kuzatiladi. Germaniyadan keyin Buyuk Britaniya. Bel‘giya. Italiya. Shvedsariya. Niderlandiya va boshqa mamlakatlar turadi. Frantsiyaga keluvchi turistlar ko‘proq Frantsiya Riv‘erasida. Parij. Al‘p. Akvitaniya. Langedok-Russilionlarda dam olishni xush ko‘radilar.
Frantsiya davlati muvozanatini saqlagan holda hududiy iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida mehmonlarni qabul qilish uchun muntazam ravishda qishloq joylarni rivojlantirishga katta e‘tibor qaratadi. Bu sa‘i-harakatlar. birinchi navbatda. chet el turizmini emas. balki ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan edi. 1967 yilda Frantsiya rahbariyati tomonidan Akvitaniyada qishloq joylarda turizmni rivojlantirish rejasi qabul qilindi. Bu rejaga ko‘ra dengiz bo‘yi qirg‘oqlari 16 sektorga bo‘linib. ulardan 9 tasi turizmni rivojlantirish uchun. ya‘ni plyajlar. dam olish zonalari. suv sportlari qurilishi lozimligi. qolgan 7 ta sektor esa «yashil zona» deb nomlanib. u yerdagi landshaft va yovvoyi tabiatni saqlab qolish ko‘zda tutilgan edi. Bu rejaga ko‘ra. amaldagi Arkashon va Biarits kabi faoliyat ko‘rsatayotgan kurortlarni saqlab qolish. yashash joylarni kengaytirish va nihoyat Moliets kabi yangi kurortlarni qurish lozim edi. Yangi ob‘ektlarni qurish. rejalashtirish mamlakatni ichki turizm talablarini qondirish maqsadida amalga oshirilar edi. Ushbu loyiha amalga oshishi bilan turizm sezilarli darajada rivojlandi. Bu xolatga 1980 yillardagi iqtisodiy inqiroz ham ta‘sir ko‘rsata olmadi. 1964 yilda hududiy turizm sektorini rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida frantsuz hokimiyati rejaning amalga oshirish dasturini ishlab chiqdi. Bu dasturga asosan 5 ta turistik yashash joylari. ularni bog‘lovchi yo‘llar va avtomobil‘ trassalari qurish ko‘zda tutilgan edi. 1990 yilda bu dasturni amalga oshirish uchun hududda turizmni rivojlantirish uchun belgilangan mablag‘ning 24%i ajratildi. Dasturga muntazam ravishda o‘zgartirishlar kiritildi. uni amalga oshirish hududda o‘tkazilayotgan turistik kunlarni oshishiga olib keldi. Natijada 1990 yilga kelib turistlarning soni 5 mln. kishiga yetdi. Turizmning rivojlanishi hudud iqtisodiyotiga katta ta‘sir ko‘rsatayotgani tan olinib. Frantsiya hukumati avtomobil‘ yo‘llarini kengaytirish va ekologiyani yaxshilash ishlariga katta mablag‘ ajratdi. Yaqin yillarda ichki turizm modelini o‘zgartirish. yoz mavsumida yashash joylariga bo‘lgan talabni oshirish uchun Frantsiyada imkoniyatlar ko‘p. La-Manshdagi tunnelning oChilishi Buyuk Britaniyalik turistlar oqimini ko‘payishiga va xorijiy turizm modelini o‘zgartirishga olib keldi. Natijada 2000 yil Frantsiyaga Yevropa mamlakatlari ichida eng ko‘p. ya‘ni 75.5 mln. turistlar tashrif buyurdi. 1999 yilga nisbatan 2000 yilda xorijiy turistlar oqimini o‘zgarishi +3.4%ni tashkil qildi (3.5.1-jadval).
Frantsiya mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijalarini ko‘rsatishicha jahon bo‘yicha turistik tashriflarning 11.0%i Frantsiya mamlakatiga to‘g‘ri keladi. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy turistlar tashrifi 2.4%ga ko‘paygan.
Daromadlar bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 6.8%i bu mamlakatga to‘g‘ri kelgan.
2001 yilga nisbatan 2002 yilda daromadlar miqdori 7.8%ga o‘sgan.
Evropa mintaqasi bo‘yicha xalqaro turistik tashriflarning 19.3%ni. daromadlar miqdori bo‘yicha 13.4%ni tashkil qilgan.
Frantsiya mamlakati xorijiy turistlar qabuli bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. YaMMning 11.7%ni turizm tushumlari tashkil etadi. 2002 yilda har bir xorijiy tashrif 1200 AQSH dollarini tashkil qilgan.
O‘zbekistonni Frantsiya 1992 yili tan olgan va elchixonalar darajasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan.
O‘zbek va frantsuz olimlari Samarqanddagi Afrosiyobni yangidan o‘rganish ishlarida katta ish olib borishmoqda. Madaniy va ma‘rifiy sohada o‘zaro hamkorlik tobora rivojlanmoqda.
Toshkent - Parij shaharlari o‘rtasida bevosita aviatsiya qatnovi o‘rnatilgan.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish