20-rasm. Akula skeletining sxemasi:
1-umurtqalari, 2-umurtqalarining ustki yoylari, 3-umurtqalarining pastki yoy lari. 4-qovurg‘alari, 5-miva qutisi, 6-hidlov kapsulasi, 7-eshituv kapsulasi, 8-jabra yoyi, 9-til osti yoyi, 10-tanglay-kvadrat tog'ayi, 11-mekkel tog‘ayi, 12-radialivalar, 13-yelka kamari, 14-chanoq kamari, 15-bazaliyalar.
O'q skeleti bir qancha tog'ay umurtqalarning bir-biri bilan harakatchan birikishidan hosil bo'lgan umurtqa pog‘onasidan iborat. Xorda deyarli reduksiyalangan. Umurtqa pog'onasi tana va dum umurtqalariga boiinadi (21-rasm).
2 1-rasm. Akula umurtqalarining ko'ndalang kesimi:
A - tana umurtqasi, В — dum umurtqasi: 1-xorda, 2-umurtqa tanasi, 3-ustki yoy, 4-orqa miya, 5-ko‘ndalang o ‘sim ta, 6-qovurg‘a, 7-pastki yoy, 8-gemal kanal.
Umurtqaning asosiy qismini umurtqa tanasi tashkil etadi. Umurtqa tanasi orqa va oldingi tomondan ichiga chuqur botib kirgan. Bunday umurtqalar qo‘sh botiqli yoki amfitsel umurtqalar deb ataladi. Har qaysi umurtqa tanasining marka-
zida teshik bor, bu teshikdan xorda o‘tadi va har bir umurtqa ning ikkinchi umurtqa bilan qo'shilgan yerida u kengayib, har qaysi umurtqa tanasidan o‘tganda torayadi. Umurtqa tanasi ning ustki yon tomonlaridan bir juft o'simta —ustki yoy chiqa di, bu yoylaming orasida ustki oraliq plastinkalar bor. Ustki yoylar oraliq plastinkalar bilan birga orqa miya kanalini ikki yondan o‘rab oladi. Umurtqa tanasining ostki tomonidan past ga qarab pastki yoylar chiqadi. Tana qismining pastki yoylari qisqa yon o‘simtalardan iborat boiadi, bu yon o‘simtalarga tog‘ay qovurg‘alar birikadi. Dum qismi pastki qisqa yoylarda pastki birlashtiruvchi plastinkalar yordami bilan juft-juft boiib birlashib, dum qismining asosiy qon tomirlari joylashgan va ularni muhofaza qiladigan gemal kanalni hosil qiladi.
Bosh skeleti. Akulaning bosh skeleti ikkita boiimga, ya’ni
miya qutisi (neurokranium) va visseral (og‘iz va jabra ap- paratlari skeleti)ga boiinadi (22, 23-rasmlar). Neurokranium tarkibiga: miya qutisi, sezuv organlari (eshituv va hidlov) ka psulasi hamda tumshuq skeleti kiradi. Miya qutisining tepa qopqogi faqat tog‘aydan tuzilgan, oldingi qismidagina katta teshik — oldingi fontanel bor. Bosh miyani orqa tomondan ensa o‘rab turadi, bu boiimda katta ensa teshigi boiadi. Bosh miya ensa teshigi orqali orqa miya bilan qo‘shiladi.
Eshituv kapsulalari ko‘z kosasining orqasida, eshituv bo‘limining yon devorlariga joylashgan. Ko‘z soqqalaii joylashgan chu qurcha — ko‘z kosalari miya qutisi oldingi qismining ikki yonida o‘rnashgan. Miya qutisining ensa boiimiga tananing birinchi umurtqasi birikadi. Miya qutisining asosi keng boiib, ko‘z kosalarini ikkiga ajratadi, bunday keng asosli bosh ske leti t- platibazal tipdagi bosh skeleti deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |