Yuz nervi (ettinchi juft). Bu nerv uchlik nervga juda yaqin yondosh bo'lib, uning ketidan chiqadi. Shuning uchun ham ulaming asoslarini bir-biridan ajratish qiyin. Yuz nervi ham bir necha tarmoqlarga bo'linib, shulardan ko'z, tanglay va til osti tarmoqlari eng yiriklari hisoblanadi.
Uchlik nerv singari yuz nervi ham aralash nerv boiib, uning ko'z va tanglayga boradigan tarmoqlari sezuvchi, til osti tarmog'i esa aralashdir (sezuvchi va harakatlantiruvchi).
Eshituv nervi (sakkizinchi juft). Bu nerv uzunchoq miya ning yon devoridan chiqishi bilanoq miya qutisining devoriga kirib, ichki quloqni innervatsiyalaydi. Eshituv nervi fakat se
zuvchi nervdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |