Umumiy psixologiya fanidan 2-kurslar uchun O`quv-uslubiy majmua


Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari



Download 1,62 Mb.
bet137/159
Sana26.05.2022
Hajmi1,62 Mb.
#610298
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   159
Bog'liq
Majmuam PSIXOLOGIYA. (Автосохраненный) 1

12.1. Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari
Pedagogik faoliyat o‘qituvchining o‘quvchiga uni shaxs va intellektual jihatdan rivojlanishiga yordam beruvchi ta’limiy va tarbiyaviy ta’sirini o‘z ichiga qamrab oladi.Pedagogik faoliyat ham inson faoliyatining boshqa jabhalari kabi tavsiflanadi. Bu eng avvalo maqsadga yo‘nalganlik, motivlashganlik, predmetlilikdir. N.V. Kuzmina ta’rifiga ko‘ra, pedagogik faoliyatning muhim jihati – bu uning mahsuldorligidir. Pedagogik faoliyat mahsuldorligining 5 ta darajasi ajratib ko‘rsatiladi:
I – (minimal) reproduktiv: pedagog o‘zi bilgan narsalarni boshqalarga etkazib bera oladi;
II – (quyi) moslashgan: pedagog o‘z fikrlarini auditoriyaga o‘ziga xos jihatlari bilan ma’lum qila oladi.
III – (o‘rta) lokal modellashtirilish: o‘qituvchi fanning ma’lum bir bo‘limi bo‘yicha o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarning strategiyasini egallaydi.
IV – (yuqori) o‘quvchilar bilimini sistemali modellashtirish; o‘qituvchi o‘quvchilarda fan malakalarini shakllantirishning yo‘l-yo‘riqlarini biladi.
V – (eng yuqori) modellashtirilgan tizimli faoliyat va o‘quvchilar xulq-atvori. Bunda pedagog o‘z fanini o‘rgatishdagi yo‘l-yo‘riqlarni shunday egallaydiki, natijada u o‘quvchi ehtiyojlarida o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘ziga ta’lim berish, o‘z-o‘zini rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi.
Pedagogik faoliyat borasida so‘z yuritilganda yuqori mahsuldorlik tushunchasi asosiy o‘rinni ifodalaydi. Pedagogik faoliyat boshqa faoliyat turlari kabi o‘z motivatsiyasi, maqsadi, predmeti, vositalari, usullari, mahsuli va natijasini aks ettiruvchi psixologik mazmunni ifodalaydi.Pedagogik faoliyatning predmeti bo‘lib, shaxs rivojlanishining sharti va asosi bo‘lmish ijtimoiy madaniyatni singdirishga qaratilgan o‘quv faoliyatining manbai hisoblanadi. Pedagogik faoliyatning vositalari sifatida ilmiy (nazariy va empirik) bilimlarni ko‘rish mumkin. Yordamchi vositalarga esa texnik, kompyuter, grafik vositalarni kiritish mumkin. Pedagog faoliyatidagi ijtimoiy-madaniy malakani etkazish bu tushuntirish, ko‘rsatish (illyustratsiya), darslik mashqlarini tahsil oluvchilar bilan birga ishlash, tahsil oluvchini bevosita amaliyoti (laboratoriya, amaldagi) va treningdan iborat. Pedagogik faoliyatning mahsuli bo‘lib o‘quvchining aksiologik, emotsional-mazmuniy, predmetli, baholash mezonlarini aks ettiruvchi individual malakasining shakllanganligi hisoblanadi. Pedagogik faoliyatning natijasi asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda o‘quvchilarning shaxsiy, intellektual rivojlanishi, ularni o‘quv faoliyatining sub’ekti va shaxs sifatida shakllanishi hisoblanadi. Pedagogik faoliyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri bu motivatsiya hisoblanadi.Pedagogik faoliyatda ham o‘quv faoliyatdagi kabi motivatsion soha ajratilib ko‘rsatiladi.Bu tashqi va ichki motivlardir. Tashqi motiv sifatida biror bir narsaga erishish istagini, ichki motiv sifatida esa o‘z faoliyatining jarayoni va natijasiga e’tibor berishni misol qilish mumkin. Pedagogik faoliyat pedagogik vaziyatdagi turli tuman xatti-harakatlarning umumlashmasidan iborat: perseptiv, mnemik, kommunikativ, izlanuvchanlik, nazorat qilish, baholash va h.k. Ushbu turli-tuman faoliyatlarning jamlanmasi bir qancha psixologo-pedagogik funksiyalarni belgilab beradi.
P.F.Kapterev o‘qituvchiga xos bo‘lgan ob’ektiv va sub’ektiv xususiyatlarni ko‘rsatib o‘tadi. Umumiy ko‘rinishda u quyidagicha aks etadi:O‘zaro munosabat doirasida o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi ta’sirlashuvning emotsional darajasini tadqiqot predmeti tarzida qo‘yilishi, xususan, tarbiyachilik faoliyatining yo‘nalishida kam uchraydi. Bu muammoga oid ishlar jumlasiga Abramova G.S., Beknazarov A.A., Berns R, SHuvanov I.B. va boshqalarning tadqiqotlarini kiritish mumkin. Aynan ushbu muammoga aloqador o‘zbek o‘qituvchisiga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar nihoyatda kamchilikni tashkil etadi. Bu sohada Beknazarov A.A., Ismagilova F.S., G‘oziev E.G‘. va boshqalarning ishlarini namuna sifatida sanab o‘tish joiz.L.YA.Kolominskiy o‘z tadqiqotida o‘qituvchining o‘quvchilarga munosabati so‘zsiz muallim mehnati muvaffaqiyatlarida hal qiluvchi rol o‘ynashini ta’kidlagan edi. Uning fikricha, bu pedagogik mahoratning muhim tomoni bo‘lib, o‘qituvchi bilan o‘quvchilarning o‘zaro munosabati ko‘p jihatdan aynan mana shu jarayonga bog‘liqdir. Muallifning ko‘rsatishicha, o‘zaro munosabatni o‘qituvchi shaxsining faolligi va jamoadagi ta’sirlashuv nuqtai nazaridan yondoshgan holda o‘rganish ham mumkin ekan.Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda pedagogning bolalarga nisbatan munosabatidagi emotsional-qadriyatli yondashuvi uning munosabat uslubidagi motivatsion jihatlari, Shuningdek, bir vaqtning o‘zida uning o‘quvchilarga bo‘lgan munosabati jarayonida xulqiga ta’sir ko‘rsatuvchi operatsional jihat bilan belgilanshini qayd qilish mumkin.Qator tadqiqotlarda esa o‘qituvchi va o‘quvchilarning pedagogik muomaladagi turli xil jihatlarini baholash holati ham o‘rganilgan.O‘qituvchiga nisbatan o‘smirlarning talab va umidlari chet el psixologlari tomonidan tadqiq qilingan bo‘lib, A.Djersildning izlanishlariga binoan bolalar quyida qayd qilingan xarakterga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni afzal hisoblar ekanlar:
1) mehribon, quvnoq, javobgarlikni his qiluvchi, barqaror insoniy sifatli;
2) haqiqatgo‘y, batartib, halol, boshqalarni hurmatlovchi, tashkilotchilik sifatidagi;
3) boshqalar manfaatini o‘ylaydigan, xalqparvar, sinf ishlarida o‘quvchilarga erkinlik xuquqini beruvchi, qiziquvchan, ishtiyoqli va ishchan;
4) Yoqimli ovozli, umumiy yoqimtoylik qiyofasidagi o‘qituvchi.
V.Kessel tadqiqotlarida o‘quvchilarning Yosh xususiyatiga bog‘liq holda o‘qituvchilarning mashhurlik va mashhur emaslik motivlari o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘qituvchining mashhurligi ko‘p jihatdan uning materiallarni ko‘rgazmali, jonli va muammoli tarzda etkaza olish qobiliyatiga bog‘liq ekan. V.S.Abramova, S.M.Illyusizova, V.A.Kan-Kalik va boshqalar “o‘qituvchi-o‘quvchi” munosabati bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazganlar.Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘qituvchining muloqotda do‘st sifatida o‘z o‘rnini o‘quvchilarning tengdoshlari va ularning ota-onalariga berganligi ko‘rindi.Ko‘pchilik psixologlar, shu bilan birga o‘zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o‘qituvchilar uchun eng zarur hislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rossiya psixologlaridan N.V. Kuzmina, V. Slastenin, F.N. Gonobolin, O‘zbekistonlik psixologlardan R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, A. Jabborov, M. Kaplanova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida ham o‘qituvchilik kasbi va ta’lim jarayoniga doir muammolar keng tadqiq etilgan. Bunda o‘qituvchilik kasbiga muvofiq yaratilgan professiogrammani ko‘rish mumkin. O‘qituvchi professiogrammasi muayyan fan tomonidan o‘qituvchiga qo‘yiladigan maxsus talablarni o‘z ichiga qamrab olishi lozim. Bo‘lajak o‘qituvchi u yoki bu xildagi fan tomonidan qanday talablar qo‘yilishini bilish va shu asnoda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun pedagogik oliy o‘quv yurtlarida muayyan mutaxassislik bo‘yicha o‘qituvchi professiogrammasi ishlab chiqilishi zarurdir.Psixologik tadqiqot ishlarini olib borgan M.Abdullajonova, E.Gladkova, A.Mashkurov, T.Hamrokulov, E.Xidirov va boshqalarning ilmiy izlanishlari o‘zbek maktablarida rus tili va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi qator mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qituvchi professiogrammasining taxminiy modelini (namunasini) aniqlab olish imkoniyatini berdi.Professiogrammada muhim hislatlarning borgan sari birmuncha ortib borishini hisobga olgan holda o‘qituvchining quyidagi hislatlari ko‘rsatib berilishi lozim:
1. O‘qituvchining shaxsiy hislatlari:
- bolalarni yaxshi ko‘rish, ularni sevish;
- aql-farosatlilik;
- mehnatsevarlik;
- jamoat ishlarida faollik;
- kamtarinlik;
- odamiylik, dilkashlik;
- uddaburonlik;
- o‘z bilimini oshirishga intilish;
2. Kasbiga xos bilimi:
- ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunishi;
- psixologiya asoslarini, ayniqsa Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini bilishi, etnopsiholgik bilimlarni egallashi;
- hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilishi;
- hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallaganligi;
- maktab Yoshidagi bolalarning psixologik - pedagogik xususiyatlarini tushunishi;
- o‘z fanini o‘qitish metodikasini bilishi;
- o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishning samaradorligini bilishi;
- ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmunini bilishi;
3. O‘z kasbiga xos hislatlari:
- o‘qituvchining kuzatuvchanligi;
- o‘z diqqat-e’tiborini taqsimlay olishi;
- pedagogik fantaziya (hayol)ning rivojlanishi;
- o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lishi;
- o‘zini qo‘lga ola bilishi, o‘zini tuta olishi;
- pedagogik takt;
- nutqning emotsional ifodalanishi;
4. Shaxsiy pedagogik uddaburonligi:

- dars mashg‘ulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilishi;


- o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi;
- ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilarning bilimi o‘sishini istiqbolli ravishda rejalashtira olishi;
- pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtira olish;
- bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o‘z faoliyatini rejalashtirishni bilishi;
- o‘quv maqsadlarini rejalashtira olishi;
- o‘zining ta’lim-tarbiya ishlariga tayyorlanish tizimini rejalashtira olishi;
5. Tashkilotchilik malakalari:
- bolalar jamoasini uyushtira bilishi;
- turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olishi;
- bolalarni nimalar bilandir qiziqtirib, ularni faollashtira olishi;
- amaliy masalalarni hal etishda o‘zining bilim va tajribalarini ustalik bilan tez qo‘llay olishi;
6. Kommunikativ malakalari:
- bolalarni o‘ziga jalb etishni bilishi;
- bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni tiklashni bilishi;
- bolalarning jamoalararo va jamoa ichidagi o‘zaro munosabatlarini tartibga solishni bilishi;
- bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog‘lashni bilishi;
7. Gnostik malakalari:
- bolalarning asab psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay bilishi;
- o‘zining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi;
- boshqa o‘qituvchilarning tajribalarni o‘rganib, undan (nazariy va amaliy tomondan) to‘g‘ri xulosa chiqara olishi;
- psixologik-pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilishi;
- o‘quvchilarni to‘g‘ri tushunib, ularninig xulq-atvori sabablarini tushuntirishni bilishi;
8. Ijodiy hislatlari:
- pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilishi;
- o‘quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshira olish qobiliyati;
- o‘zini o‘quvchi o‘rniga qo‘yib, bo‘lib o‘tgan hodisalarga uning nazari bilan qaray olishi;
- avvalgi voqealar, hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yangicha qaray olish qobiliyati;
- o‘zining o‘quvchiga pedagogik ta’siri natijalarini oldindan ko‘ra bilishga intilishi.
Shunday qilib, ko‘rsatib o‘tilgan modelning asosiy tuzilishi tariqasida quyidagilar keltiriladi:
shaxsning jamoatchilik va kasbiy yo‘nalishi;
pedagogik mahorat va qobiliyati;
xarakterining psixologik xususiyatlari;
bilish faoliyati;
o‘qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy taraqqiyoti.
Professiogramma Yoshlarga o‘zlarining kelgusida o‘qituvchilik kasbini to‘g‘ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi.Professiogrammani kasbga xos ravishda o‘qitishni tashkil qilishda ta’limning samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va ko‘nikmalarga , ayniqsa, shaxsning qanday qobiliyati va shaxsiy hislatlariga bog‘liq ekanligini albatta ko‘rsatish zarurdir.Pedagogik faoliyat tezligi va muvaffaqiyati asosida N.V.Kuzmina o‘qituvchilarni uch guruhga bo‘ladi:
1. Kasbiy malakalarni tez o‘zlashtiradi, o‘z faoliyatida tezda muvaffaqiyatga erishadi, dars qoldirmaydi.
2. Kasbiy sifatlarni sekin o‘zlashtiradi, ba’zan dars qoldiradi, ammo pedagogik xususiyatlarni sekin-asta bo‘lsa-da o‘zlashtirib oladi.
3. Ko‘p yillik faoliyati davomida ham o‘qituvchilik qobiliyatini egallamaydi.
N.V.Kuzmina pedagogik faoliyatga murakkab dinamik sistema sifatida qaraydi.
A.I.Sherbakov ishlarida esa pedagogik ta’lim muammolari ko‘zga tashlanadi. O‘qituvchi shaxsi yo‘nalganligining shakllanishi masalasida to‘xtalar ekan, muallif o‘qituvchilarni tayyorlash va o‘qitish jarayonida e’tiborga olish zarur bo‘lgan vaziyatlar xususida o‘z tavsiyalarini beradi. Ayniqsa, olim bo‘lajak o‘qituvchi xulq-atvor xususiyatlarining shakllanishiga asosiy e’tiborni qaratadi.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish