661
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
bolaga tarbiya berishga ojizlik qiladi. Endi sinf rahbarini oladigan bo‘lsak, u bir emas bir
qancha o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya beradi. Bu asnoda o‘qituvchidan yuksak salohiyat
talab etiladi.
O‘qituvchi har bir bola bilan shug‘ullanishga vaqt topishga harakat qilishi kerak.
Biron bola nazardan chetda qolmasligi va ularning barchasini darsga jalb etishda o‘z
mahoratini ishga solishi darkor. Bunda o‘qituvchi, albatta, o‘quvchining ota-onasi yoki
tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar bilan hamkorlikni yaxshi yo‘lga qo‘yishi kerak.
“O‘quvchilarning axloqiy xislatlari, uning yutuqlar va kamchiliklari shakllanishida, eng
avvalo uning ta’lim va tarbiya olish jarayonida ijtimoiy uy sharoiti, tevarak-atrofi ham
ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarni o‘rgatish dasturi ularni faqat maktabdagina emas,
balki shu bilan birga uy sharoitda, oilada ham o‘rganishni nazarda tutmog‘i darkor”
O‘qituvchi juda yaxshi dars o‘tishi, o‘quvchilarni jalb eta olishi mumkin. Ammo
oilada ham bola bilan shug‘ullanadigan shaxs bo‘lmasa, bolaning risoladagidek darslarni
va tarbiyani o‘zlashtira olmaydi. Biz ta’limni tarbiyadan ajrata olmaymiz. Chunki komil
insonni tarbiyalashda birini ustun, birini past qo‘yib bo‘lmaydi. L.N. Tolstoy shunday
yozadi: “Tarbiya, biz o‘qitish, tarbiyalashni xohlamas ekanmiz, murakab va
qiyinchiligicha qoladi. Agarda boshqalarni biz faqat o‘zimiz orqali tarbiyalashimiz
mumkinligini tushunib olsak, unda tarbiya masalasi yo‘qoladi va hayot to‘g‘risidagi
masala qoladi: O‘zim qanday yashashim kerak!”
Tarbiya qiyin masala. Uni yillar mobaynida shakllantirib boriladi. Boshlang‘ich
sinf rahbari esa asosiy tarbiyani bola shaxsida shakllantiradi. Ayniqsa, o‘qituvchining o‘zi
katta tarbiya maktabini o‘taydi. Bola ustozining yurishi, turishi, muomala madaniyatiga
qarab ko‘p narsalarni o‘rganadi. Chunki bola o‘qituvchisini dunyodagi eng yaxshi va
buyuk inson deb biladi. Agar o‘qituvchi tarbiyali va bilimli bo‘lmasa, uning bergan
tarbiyasi mavhum bo‘lib qoladi. O‘qituvchi asosan ota-onalar bilan hamkorlikda aloqani
muntazam o‘rnatib borish kerak. Buning uchun biz bir nechta talablarni o‘z oldimizga
qo‘yamiz:
• Ota-onalar bilan har oyda bir martadan majlis o‘tazish. Bunda ota-onalar
bolalarining o‘zlashtirishi va xulq-atvori haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
• O‘qituvchi har bir bolaning alohida tashkil etilgan kundaligini joriy etish kerak.
Bunda o‘qituvchi har kunlik o‘quvchining bilimi va hulq-atvori haqidagi
o‘zgarishlarni yozib boradi. Buni har kunlik ota-ona tasdiqlab imzo qo‘yib boradi.
Bunda ota-onaning yaqindan hamkorligini yo‘lga qo‘yamiz.
Asosan ikki shartni qo‘yishimizdan maqsad bola nazoratini kuchaytirish
hisoblanadi. O‘qituvchi ta’lim va tarbiyaviy yondashuvda o‘zi alohida yuqori natijaga
erisha olmaydi. Albatta, bolaning maktabda, uyda nazoratini kuchaytirish uning kamoloti
sari borishda porloq yo‘l hisoblanadi. Shu o‘rinda shuni ta’kidlab o‘tish joizdir: “Bolalar,
ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar masalasiga alohida e’tibor
berish lozim. Bu uchlik markazida bola, ya’ni o‘quvchi turadi, maktab va oila esa unga
Do'stlaringiz bilan baham: |