609
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Shu kabi ko‘plab xizmat turlarini onlayn, smartfon yoki kompyuter orqali amalga
oshirishimiz mumkin. Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatini boshlashdan avval
ro‘yxatdan o‘tishning ham hattoki elektron shakli yaratildi. Agar siz tadbirkorlik
faoliyatingizni Internet tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazishga qaror qilsangiz, bu onlayn
tarzdagi murojaat hisoblanadi. Buning uchun istalgan joydan turib, birdarcha.uz veb-
saytida joylashgan dastur orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Onlayn orqali ro‘yxatdan
o‘tishning afzalliklari shundaki qog‘oz ko‘rinishadagi hujjatlarning qisqarishi, biznesni
ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va topshirishni tegishli idoralarga
bormay turib ham istalgan vaqt va joydan turib bajarish mumkin.
Shuningdek, bugungi kunda ta’lim jarayonini masofadan turib, olib borishni ham
raqamlashtirish asosida amalga oshirilishi ta’limning samarali olib borilishi hamda unga
qulayliklar yaratishga yordam bermoqda. Ayniqsa bugungi kunda O‘zbekiston
Respublikasi PISA, PIRLS kabi xalqaro baholash dasturlariga a’zo bo‘lgan bir paytda
ta’lim jarayonini aynan internet tarmoqlari orqali olib borilishini ta’minlashga ehtiyoj
yanada kuchliroq sezilmoqda. O‘quvchi va o‘qituvchilarni masofaviy onlayn o‘qitish
orqali ta’lim jarayonini keng qamrovli ba’zasini yaratish mumkin.
Albatta, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, zamonaviy
texnologiyalarning hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida ko‘plab ijobiy
imkoniyatlar berishi mumkin. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson, unga
kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi, internet orqali o‘ziga kerakli mahsulotlarni arzon
sotib olish bilan ko‘plab pul mablag‘larini tejashi mumkin. Masalan biron bir kitobning
elektron ko‘rinishda sotib olishi shu kitobni chop etilgan ko‘rinishini sotib olishdan ancha
arzonga tushishi mumkin. Yoki bo‘lmasa oddiy iste’molchi o‘zi ham tadbirkor bo‘lishi,
uyidan chiqmagan holda onlayn savdo-sotiq bilan shug‘ullanishi mumkin.
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini boshqa afzalliklari quyidagicha bo‘lishi
mumkin:
•
zamonaviy ta’lim jarayonlarini shakllantirilishi;
•
ishlab chiqarishda mehnat samadorligini oshishi;
•
kompaniyalarning raqobatbardoshligini o‘sishi;
•
ishlab chiqarishdagi xarajatlarning kamayishi;
•
yangi ish o‘rinlari yaratilinishi;
•
yangi zamonaviy kasblar paydo bo‘lishi;
•
kambag‘allikni yengish va ijtimoiy tengisizlikni yuqolishi.
Bular raqamli iqtisodiyotning bor yo‘gi bir nechta afzalliklari xolos. Raqamli
iqtisodiyotning rivojlanishi bizning kundalik hayotimizga ijobiy ta’sir qiladi, oddiy
foydalanuvchiga ko‘plab qo‘shimcha imkoniyatlar beradi va qolaversa, bozorni o‘sishi
va rivojlanishini ta’minlab berishi mumkin.
“Raqamli” iqtisodiyoti eng rivojlangan davlatlar bugungi kunda Norvegiya, Shvetsiya
va Shvetsariya hisoblanishadi. Raqamli iqtisodiyot rivojlangan 10 ta davlatlar AQSH,
Do'stlaringiz bilan baham: |