561
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
o‘quvchining ustunli diagramma ko‘rinishida berilgan ma’lumotlarni o‘qish
kompetentsiyasini baholaydi. Bundan tashqari, 1-2 savollarga oid javobni tekshirish
maqsadida o‘quvchi shu milliy firmalarning eksport yutuqlari haqida kerakli
ma’lumotlarni gazeta, jurnallar va boshqa manbaalar bilan solishtirishi mumkin. Shuning
uchun uning umummadaniy kompetentsiyalar bilan birga, axborot bilan ishlash
kompetenstiyasi ham ma’lum darajada shakllanadi. 3- savol o‘quvchining analiz, sintez,
analogiya, umumlashtirish, deduktsiya va induktsiya usullari yordamida strategik,
refleksiv va evristik ko‘rinishidagi matematik tafakkur yurita olish va shu bilan birga
shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentsiyasini baholaydi. Bundan tashqari, 3-
savolda moliyaviy xavf baholanganligi bois, o‘quvchinig unga javob berishda ijtimoiy
faol fuqarolik kompetentsiyasi ham baholanadi.
2- masala (patir nonlar)
Ikki xil kattalikdagi doira shakldagi patir nonlar sotilmoqda.
Ulardan kichigi diametri 30 sm bo‘lib, narxi 3 pul birligi ekan. Kattasining diametri
va narxi mos ravishda 40 sm va 4 pul birligiga teng. Qaysi non arzonroq? Javobingizni
asoslab bering.
Masala bir necha qadamda yechiladi:
Nonlar silindr shaklida bo‘lsada, ularning qalinligi taxminan bir xil. Demak,
dastlab ularning yuzlarini hisoblash yetarli.
3- masala (Mashxur ziyoratgoh)
Samarqand shahri O‘zbekistonning eng go‘zal jaylaridan biri hisoblanadi.
1- savol.Samarqand shahrini 2015-yil 1-iyul – 27-avgust kunlari taxminan 200 000
nafar xorijiy mehmonlar ziyorat qilishdi. Kuniga dunyo bo‘yicha o‘rtacha nechta xorijiy
mehmon shaharga tashrif qilishdi?
A. 340 B. 710 C. 3400 D. 7100 E. 7400
2- savol. Mister Smit mehmonxonasidan Registon maydonigacha masofa 9 km ga
teng. U mehmonxonaga kechasi soat 20:00 da qaytishi lozim. Dam olish, ovqatlanish
hamda shaharlarni ziyorat qilganda uning o‘rtacha harakatlanish tezligi taxminan 1,5
km/soat ekan. Vaqtida qaytish uchun, Mister Smit mehmonxonasidan soat nechada
chiqishi kerak?
A.14:30 B. 14:00 C. 15:00 D. 15:30
3- savol. Mister Smit Registon maydonchaga 9 km yurganda qadamlar sonini
hisoblaydigan maxsus moslamani ishlatdi. Bu moslama 11250 qadamni belgilaganligi
ma’lum bo‘ldi. Mister Smitning bir qadami o‘rtacha nechta santimetr?
A. 60 B. 70 C. 80 D. 90
Bu masalani yechishda o‘quvchilar vaqt, tezlik, masofa kabi kattaliklar bilan hisob-
kitob qilish va baholash bilan birga atrof-muhitdagi hodisa va jarayonlarni matematik
tilda ifodalay olish orqali matematik tafakkur yurita olish va tahlil qilish
kompetentsiyalarini namoyon qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |