558
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
xalqaro dastur 1997-yili ishlab chiqilib, 2000-yilda ilk marotaba amaliyotda qo‘llangan.
Dastur ko‘magida turli davlatlar ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar aniqlanadi, solishtiriladi,
baholab boriladi. Bu tadqiqotlarning natijasi dunyo bo‘yicha katta qiziqish bilan kuzatib
kelinadi. Shu bois yildan-yilga uning ahamiyati va qamrovi oshib boryapti. Misol uchun,
2000-yilda dastur testlarida 32 davlatdan 265000 nafar o‘quvchi ishtirok etgan bo‘lsa,
2018-yilda bu ko‘rsatkich 2 barobarga oshishi, ya’ni 78 davlatdan 540000 nafardan ziyod
o‘quvchi qatnashishi kutilgan. Har bir davlatdan ishtirok etuvchi o‘quvchilar soni
mamlakatdagi jami 15 yoshli bolalarning 2 foizi miqdorida shakllantiriladi. PISA dasturi
test sinovlari Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tomonidan konsortsiumda
yetakchi xalqaro tashkilot va milliy markazlar ishtirokida tashkil etiladi.
TIMSS — maktabda matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish sifatining xalqaro
monitoringi bo‘lib, Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan
tashkil etiladi. Ushbu tadqiqot turli davlatlardagi 4- va 8-sinf o‘quvchilarining
matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish
hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga yordam beradi. Qo‘shimcha ravishda
maktablarda matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha berilayotgan ta’lim mazmuni, o‘quv
jarayoni, o‘quv muassasasi imkoniyati, o‘qituvchilar salohiyati, o‘quvchilarning oilalari
bilan bog‘liq omillar o‘rganiladi. Ushbu ma’lumotlar belgilangan fanlarni o‘zlashtirish
holatini ko‘rsatishda asos bo‘ladi. Tadqiqot to‘rt yilda bir marta dunyoning ko‘plab ilmiy-
tadqiqot markazlari va tashkilotlari, xususan, AQShning Ta’lim sohasidagi test xizmatlari
(ETS-Educational Testing Services), Kanadaning statistik markazi (Statistic Canada),
Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA)ning Sekretariati ishtirokida
o‘tkaziladi. Shuningdek, turli davlat mutaxassislaridan iborat maslahat qo‘mitalari tashkil
etiladi. Maktab o‘quvchilari xalqaro miqyosdagi test sinovlaridan o‘tishlarida xalqaro
talabga javob beradigan bilim, malaka, ko‘nikmalarni egallagan va ularda shunga
muvofiq kompetentsiya shakllangan bo‘lishi lozim. Bunda ta’lim tizimida quyidagi
o‘zgarishlarni amalga oshirish zarur ekani aniqlandi:
xalqaro tadqiqot natijalariga asoslangan holda ona tili, matematika va tabiiy
fanlardan davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlari mazmuniga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
ona tili, matematika va tabiiy fanlardan PISA baholash dasturi yo‘nalishidagi
savollar milliy bazasini yaratish va o‘quv dasturlariga integratsiya qilish;
PISA baholash dasturi yo‘nalishidagi savollar singdirilgan o‘quv dasturlari asosida
qo‘shimcha qo‘llanma hamda adabiyotlar yaratish va amaliyotga joriy etish;
PISA ona tili, matematika va tabiiy fanlarni o‘qitishning shakl, metod,
texnologiyalarini yangilash va o‘qituvchilarning bu boradagi bilimini oshirish,
tayyorgarligini kuchaytirish maqsadida malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
Do'stlaringiz bilan baham: |