31
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
DTS va o‘quv dasturi bo‘yicha 5-sinf biologiya darslari uchun 34 soat ajratilgan
bo‘lib, 1 haftada bir soat dars o‘tiladi. Amaldagi darslik bo‘yicha 6 bob, 31 ta mavzudan
iborat bo‘lib, laboratoriya mashg‘ulotlari va amaliy mashg‘ulotlar uchun alohida soat
ajratilmagan edi. Amaldagi darslikda 6 ta laboratoriya mashg‘ulotlari mavjud, darslarda
yangi mavzu ichida tajriba ko‘rsatilgan.
Qayta nashr etilgan biologiya 5-sinf
darsligida
o‘quvchilarning
amaliy
ko‘nikmalarini
rivojlantirishga
qaratilgan
bo‘lib, 3 ta bo‘lim, 18 ta mavzudan iborat. 34
soatning 18 soati nazariy, 16 soati amaliy
mashg‘ulotlarga
ajratilgan.
Amaliy
mashg‘ulotlarining 4 soati laboratoriya ishlari,
12 soati amaliy mashg‘ulotlarga to‘g‘ri keladi.
Qayta nashr etilgan darslikda amaliy mashg‘ulotlarning ko‘p bo‘lishiga, bajarish
usulining oson bo‘lishi, foydalaniladigan jihozlarning mavjud bo‘lishiga e’tibor qaratildi.
Masalan: sutdan qatiq tayyorlash, achitqi zamburug‘idan foydalanib non yopish, tuvakda
gul ekish yoki o‘simlik va hayvonlarning hayot sikli haqidagi matnni o‘qib sarlavha
qo‘yish, matn asosida savol tuzish, tushib qolgan so‘zlarni to‘ldirish kabi qiziqarli
mashg‘ulotlardan foydalanildi.
O‘quvchilarda PISA topshiriqlariga ko‘nikma hosil qilib borish uchun rasmli
tajribalar keltirildi. Masalan, Redi, Pristli va Paster tajribalarini rasm orqali kuzatiladi,
qisqa matnni o‘qib tushuncha hosil qiladi va o‘zlashtirgan bilimlari asosida savollarga
javob beradi. Masalan; 28-rasmni ko‘rib chiqing. Berilgan matnni o‘qib, savollarga javob
bering.
Pristli tajribasi. 1771-yilda britaniyalik tabiatshunos
olim Jozeff Pristli quyidagicha tajriba o‘tkazdi (28-
rasm). Ikkita shisha idish ostiga bittadan sichqon
qo‘yib, ikkinchi shisha idishga tuvakdagi o‘simlikni
ham joylashtirdi.
28-rasm.
Ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng birinchi idish ostidagi
sichqon o‘lib qoldi, ikkinchi idishdagisi esa tirik qoldi.
1. Birinchi idishdagi sichqonning o‘limiga nima sabab bo‘ldi?
2. Nima uchun ikkinchi idishdagi sichqon tirik qoldi?
3. Siz bu tajribadan qanday xulosaga keldingiz?
O‘quvchilar rasmni ko‘rib, matnni o‘qib Pristli tajribasi bilan tanishadilar. Berilgan
savollar o‘quvchilarni o‘ylashga va xulosa chiqarishga undaydi.
Darslikda O‘zbekistonda uchraydigan dorivor va zaharli o‘simliklar, O‘zbekiston
qizil kitobi haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Ma’lumotlarni boyitish, laboratoriya va
Do'stlaringiz bilan baham: |