Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti



Download 9,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/1014
Sana08.12.2021
Hajmi9,28 Mb.
#190035
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   1014
Bog'liq
август кенгаши конфиренсия

24

 

 

"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"  



xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari 

 

tanlov  fanlari  sirasiga  kiritilgan)  fanlari  majburiy  fanlar  sifatida  fin 

tarbiyalanuvchilarga ta’lim beriladi.  

Bundan tashqari, fin maktablari o‘quv rejaning o‘xshashligi bilan birga, o‘quv yili 

ham  o‘xshash:  birinchi  chorak  oxirida,  yangi  yil  arafasidagi  va  bahor  mavsumidagi 

ta’tillar, dars soat 8 yoki 9 da boshlanishi, dars mashg‘ulotlari 45 daqiqa davom etishi va 

boshqalar.  

Ushbu fanlarni tarixiy ahamiyatiga e’tibor qaratsak, buyuk sarkarda Amir Temur 

yoshligida  o‘rta  asr  muarrixlari  aytishicha,  uning  tarix,  til  (turli  tillar  va  yozuvlarni 

bilishga)  va  adabiyot,  she’riyat,  tibbiyot,  matematika,  kabi  sohalardagi  salohiyatiga 

alohida fikr bildirib o‘tishgan.  

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ o‘quv reja asosida o‘qitiladigan sinfga 

tanlov  fanidan  dars  berish  uchun  yetarli  malaka  va  tajribaga  ega  o‘qituvchi  bilan 

ta’minlanish zaruriyatga aylanadi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: yetarli malaka va tajribaga 

ega fan o‘qituvchisi qanday bo‘lishi lozim. Ta’lim jarayonini olib borish davomida har 

bir  o‘quvchi  qiyofasida  noyob  shaxsni  ko‘rish,  o‘quvchiga  ma’qullovchi,  xayrixoh 

vaziyatlar  yaratish,  ya’ni  o‘qish  unda  qoniqish  va  manfaatlarini  hisobga  olish,  fanlar 

kesimida  o‘tilayotgan  darslar  bevosita  majburlashga  yo‘l  qo‘ymaslik,  tengdoshlari 

orasida  qoloqlikka  va  boshqa  kamchiliklarga  urg‘u  bermaslik  va  o‘quvchilarga  o‘z 

qobiliyatlarini  ro‘yobga  chiqarishga  imkoniyat  yaratish  va  ko‘maklashish  kabilar  fan 

o‘qituvchilari tomonidan kompetensiyaviy asosda tashkil etilishini talab etadi. Bularning 

barchasi  tarbiyaviy  maqsad  mavjud  bo‘lgan,  insonparvarlik  nuqtayi  nazaridan  turib 

yondashilgan taqdirdagina amalda o‘z tasdig‘ini topadi.  

O‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish uchun juda ko‘p ishlash kerak bo‘ladi. Iste’dod 

o‘qituvchi  mehnatdan  ozod qilmaydi,  katta  ijobiy  yuksalish  va  tinimsiz  mehnatni, o‘z 

ustida ishlashni taqazo qiladi. Ta’lim muassasalarida ayrim fanlarni chuqur o‘qitilishida 

o‘qituvchi tomonidan zarur hollarda o‘quv materiallarini o‘zgartira olish, qiyin narsani 

oson, murakkab narsani oddiy, noaniq ma’lumotni tushunarli qilib o‘quvchiga yetkazib 

berish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim muassasalarida olib boriladigan ta’lim jarayoni 

ishlarining  ko‘lami  va  mazmuni  qanday  bo‘lishidan  qat’iy  nazar,  yoshlar  o‘rtasida 

“ahamiyatli,  salohiyatli  kasb  egalashda  ehtiyojmand  fanlar”  tushunchasi  borasida  tub 

o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi aniq. Misol tariqasida, majburiy fanlar sirasiga kiritilgan 

ona tilining tanlanishi zaruriy ehtiyoj sabablidir. Agar ona tilda so‘z boyligi yuqori bo‘lsa, 

demak ikkinchi tilda ham so‘z boyligini oshirish vaqti tejaladi. Biroq o‘quvchilar faqat 

ona tilini yo “yaxshi” yoki “yomon” tushunishnigina anglashadi. Agar o‘quvchi hamma 

tillarda beo‘xshov mahorat va qobiliyatga ega bo‘lsa uning ona tilini saqlab qolish juda 

ahamiyatli,  shuning  uchun  ham  nutq  bo‘yicha  tarbiyalanuvchilarga  pedagog-

o‘qituvchilardan yordam kerak bo‘ladi.  

Xulosa o‘rnida shu aytish lozimki, hozirgi kunga kelib davlat siyosati darajasida 

juda  keng  imkoniyatlar  yaratilgan  bo‘lsa,  bularning  hammasi  yosh  barkamol  avlod 




 


Download 9,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   1014




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish