3-usul: “Mazali mevalar” yoki “MM” deb nomladim. Har xil mevalarga
(mevalarni ko‘proq joylashtirsa ham bo‘ladi) element yoki formulalar joylashtiriladi. Bu
usulni afzalligi shundaki, hayot bilan bog‘lanadi, o‘quvchini fikrlashga undaydi, eslab
qolish qobiliyatini kuchaytiradi, qiziqishini orttiradi, darsni faollashtiradi, o‘ziga jalb
qiladi. Savol qilib elementning nomi, ularning og‘irligi, valentligi, xossalari, toifasini va
hakozo savol qilib berish mumkin. Bu usulda o‘tgan darsni takrorlash, mustahkamlash
qismida, guruh yoki yakka tartibda ishlaganda qo‘llasa bo‘ladi. Tarqatma sifatida ham
ishlatsa, yuqori natijalarga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |