183
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
O‘smirlar va bolalarni kompyuter qarshisida, jumladan, Internet tarmog‘ida vaqt
o‘tkazishining yuqoridagi kabi taqsimlanishidan maqsad “Internetga qaramlik”, ko‘rish
qobiliyatining pasayishi (“quruq ko‘z” sindromi), umurtqa pog‘onasining qiyshayishi
(skalioz), qomatning buzilishi (bukchayish) kabi kasalliklardan asrashdir. Albatta,
Internetning imkoniyatlari faqat salbiy jihatlarda aks etmaydi. Uning o‘ziga xos ijobiy
tomonlari ham mavjud. Ular sirasiga ma’lumotga darhol ega bo‘lish, axborot va
ma’lumotlarning xilma-xilligi, shaxsning o‘zini namoyon qilishga yordam beruvchi
muloqot imkoniyatining mavjudligi, ta’lim borasida Internet imkoniyatlarini ko‘rsatish
mumkin. Axborot xavfsizligini ta’minlashda fuqarolarning axborot madaniyatini
yuksaltirish, ya’ni ularga axborotni saralash va undan ongli foydalanish ko‘nikmalarini
shakllantirib borish muhimdir. Muhimi, insonlarni axborotni to‘g‘ri idrok etishga
tayyorlash lozim. Ya’ni, har bir shaxs ma’lum axborotning o‘z professional faoliyati va
shaxsiy hayoti uchun qadr-qimmatini baholash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur.
Qolaversa, so‘nggi yillarda aqidaparast, diniy ekstremistik oqimlar o‘z g‘oyalarini
yoshlar orasiga kengroq kirib borish, mehnat migrantlarini ta’sir doirasiga olish,
vayronkor mazmundagi materiallarni elektron ko‘rinishda tarqatish, internet orqali
targ‘ibot o‘tkazish kabi usullarda amalga oshirmoqda. Bunday yot oqimlar ta’siriga
tushib qolmaslik uchun yoshlarda, avvalo, milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarashni
shakllantirish lozim.
Xulosa qilib aytganda, o‘smirlar, yoshlarni internetning salbiy ta’siridan
himoyalash uchun bir qator ishlarni amalga oshirish zarur. Jumladan, me’yorga amal
qilish kerak, ya’ni bolaning kompyuter oldida o‘tkazadigan vaqtini belgilab doimo
nazorat qilib borish lozim. Uning o‘rniga turli badiiy, ilmiy kitoblarni o‘qish, musiqa,
sport bilan shug‘ullanishga undash, mehnat qilishga o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Shu
bilan birga, internetning ma’lum bir saytlari va portallariga kirishni chegaralovchi
dasturlardan foydalanilgani ham ma’qul. Bu ishlarni amalga oshirish orqali Internetning
yoshlar ongiga salbiy ta’sirini kamaytirish mumkin.
Yoshlarni chalg‘itishga, to‘g‘ri yo‘ldan toydirishga qaratilgan informatsion
tahdidlardan, g‘arazli axborot xurujlaridan himoyalash choralarini ko‘rishimiz kerak.
Bunda nafaqat ota-ona, biz ustozlar ham e’tiborli bo‘lishimiz zarur. Farzandlarimizni
irodasi mustahkam qilib tarbiyalashimiz yurtimiz kelajagi uchun bajarilishi lozim bo‘lgan
vazifamizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |