Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti



Download 9,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/1014
Sana08.12.2021
Hajmi9,28 Mb.
#190035
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   1014
Bog'liq
август кенгаши конфиренсия

182

 

 

"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"  



xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari 

 

intellektual salohiyatlari va qobiliyatlari, iste’dodlarini namoyon etishlari uchun shart-

sharoitlar  yaratib  berilmoqda,  ularning  barkamol  avlod  bo‘lib  yetishishlari  maqsadida 

ta’lim-tarbiya  jarayoni  zamon  talabiga  muvofiq  tashkil  etilib,  barcha  zarur  texnika 

vositalari  bilan  ta’minlanmoqda.  Shu  bilan  bir  qatorda,  olimlar,  mutaxassislar, 

shifokorlar, pedagoglar va boshqalar tomonidan mazkur yangi texnologiyalar bolalar va 

yoshlar  tarbiyasiga  salbir  ta’sirga  egaligi  ham  ta’kidlanmoqda.  Ma’lumki,  Internetdan 

foydalanuvchilarning  ko‘pchilik  qismini  yoshlar  tashkil  etadi.  Uning  xavfidan 

himoyalash  masalasi  bugungi  kunning  dolzarb  muammolaridan  biri  hisoblanadi  va 

mazkur muammo global miqyosda hal etilishi taqozo etiladi.  

Yoshlarmizni AKT va internet tarmog‘idagi salbiy mazmunga ega axborotlardan 

himoya  qilish,  ularda  internet  taqdim  etadigan  axborotdan  to‘g‘ri  foydalanish 

madaniyatini shakllantirish, mamlakatimiz taraqqiyotini ko‘zlovchi, xalqimiz tarixi, urf-

odatlarini  qadrlovchi,  milliy  qadriyatlarga  sodiq,  ma’naviy  yetuk  inson  bo‘lib,  kamol 

topishi,  barkamol  shaxs  sifatida  tarbiyalanishida  axborot  muhitidagi  salbiy  ta’sirlar 

hamda  tahdidlardan  asrash, shuningdek, tarmoqdan  ayrim  xorijiy  axborot  oqimi  orqali 

kirib  kelayotgan  yovuz  niyatli  g‘oyalarning  oldini  olish  va  ta’sir  kuchini  kamaytirish, 

axborotdan  xavfsiz  foydalanishlarini  ta’minlash  bugungi  kunning  dolzarb  vazifalariga 

aylangan. Gohida ota-onalar “farzandim ulg‘aydi yoki bolam biror-bir mashg‘ulot bilan 

band bo‘lib, menga xalaqit bermasin”, deya uni global tarmoq bilan yolg‘iz qoldiradilar. 

Ayrim  ota-onalar  farzandining  kompyuter  qarshisida  bo‘lgan  vaqtida  hech  qanday 

xavotirga  o‘rin  yo‘q,  deb  o‘ylaydi.  Biroq  virtual  olamda  ham  ularni  muayyan  xavf-

xatarlar va tahdidlar kutib turgan bo‘lishi mumkin. Agarda ularga befarqlik bilan qaralsa, 

bolalarga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin.Bunday  holatlar  bolalarning  internetdan 

nazoratsiz  foydalanishining  birinchi  qadami  hisoblanib,  oqibatda,  bolalar  o‘z  ota-

onalarini  tinglamay,  ularni  aldash  va mensimaslikni  odat  qilib  olishadi.  Bolalarning 

xavfsizligi, ma’naviy va jismoniy sog‘ligi nuqtai nazaridan qaralganda, farzandlarining 

internet  orqali  tanishuv  masalalarini  ota-onalar  nazorat  qilishlari  lozim  bo‘lgan 

jihatlardan  biri  hisoblanadi.  Axborot  xavfsizligi  bo‘yicha  mutaxassislar  tomonidan 

tahlikali  sharoitlarda  qaytarzda  o‘zini  muhofaza  qilish,  xavf-xatarlar  va  tahdidlardan 

himoyalanish  mumkinligini  anglash  uchun  murakkab  bo‘lmagan  qoida  va  tavsiyalar 

ishlab  chiqilgan  bo‘lib, Internetda ishlash  paytida  ularni  esda tutish  va  e’tibor qaratish 

so‘raladi.  Aksariyat  ruhshunoslar,  shifokorlar  va  pedagoglarning  fikricha,  Internet 

tarmog‘idan foydalanish vaqti quyidagicha taqsimlanishi lozim: 

• 

7 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 1 soat 



• 

10 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 1,5 soat 

• 

13 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 2 soat 



Ta’kidlash  joizki,  bu  vaqt  oralig‘ida  ekran  qarshisidagi  bola  kamida  10  daqiqa 

tanaffus  qilishi  kerak.  Maqsad -  bolani  Internetdan  ajratib  qo‘yish  emas,  balki  uning 

kamol topishi uchun mukammal vositalar yaratish.  



 


Download 9,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   1014




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish