Umum ped na amal-O`um 13-14


Zokirjon Xolmuhammad o`g`li Furqat



Download 3,16 Mb.
bet151/186
Sana11.03.2022
Hajmi3,16 Mb.
#489268
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   186
Bog'liq
Umumiy pedagogika ma\'ruza

Zokirjon Xolmuhammad o`g`li Furqat (1858-1909) ma’rifatparvarlardan biri. U 1889 yildan Toshkent, Samarqand, so`ngra Turkiya, Yunoniston, Bolgariya, Misr, Arabiston, Hindiston kabi xorijiy davlat safarlariga chiqadi.
Furqatning «Ilm xosiyati», «Gimnaziya», «Teatr haqida majmua», «Vistavka xususida» she’rlarida ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiyani ulug`laydi, u madaniyat, san’at, hunar, odob, aql, texnika taraqqiyoti hammasi ilmdandir deb biladi.
Jahon bastu kushodu ilm birla,
Nadur dilning murodi ilm birla.
Kungillarning sururi ilmdandir,
Ko`rar ko`zlarning nuri ilmdandir.
Ilm-fanni bir mash’alga o`xshatib, mash’al, qorongulni qanday yoritib tursa, ilm-fan ham insoniyatning baxt-saodati va istiqbolini shunday yoritib turishligini ta’kidlaydi.
Ahmad Donish (1827-1897) o`zbek va tojik xalqining mashhur mutafakkiri, olimi va faylasufidir. Uning asarlaridan «Navodir-ul vaqoye» (Nodir voqealar), «Buxoro amirlarining tarjimai hollari», «Yulduzlar tasviri», «Globusdan foydalanish yo`llari» va boshqalar.
XIX asrning oxirlariga kelib o`zbek ma’rifatparvarlarining butun bir avlodi yetishib chiqadi. XX asrning 20-yillariga kelib ulangan bu avlod xalqimizning umumiy ma’rifatida, ijtimoiy-siyosiy yuksalishida va yangi turmushga tayyorlashda buyuk xizmat etdi.
Abduqodir Shakuriy (1875-1943) ham shunday ma’rifatparvarlar-dan biri edi. U Samarqandning Rajabamin qishlog`ida bog`bon oilasida tug`iladi. Eski maktab so`ngra Samarqandda madrasada o`qiydi. U «Tarjimon» gazetasidan ko`p narsalarni o`rganadi. 1901 yilda o`z qishlog`ida yangi usuldagi maktab tashkil qiladi. Doska va partalar yasattiradi. Tatar tilidagi darsliklardan foydalaniladi.
Chor hukumati bunday maktablar ochilishiga qarshi edi, ularni qattiq nazorat qilardi.
Bu maktab bolalarni 6 oyda savodli qilib chiqarardi. Bunga eski maktab domlalari, mulla, eshonlar ham qarshilik qiladilar.
Shakuriy yilda bir marta umumiy imtixon uyushtirib, ota-onalar oldida o`quvchilar bilimini namoyish qildirar edi.
Shakuriy ona tilida darsliklar zarurligini tushunib, bolaning yoshiga mos tarzda, axloq-odob, turmush qoidalaridan dastlabki ma’lumot berishni ko`zda tutuvchi darslik tuzishga kirishadi. Birinchi alifbe kitobi «Raxnomai savod» (Savod chiqarish rahbari)ni yaratadi. Kitobda so`zlar bo`g`inlarga bo`lib ko`rsatilgan, oxirida o`qish uchun kichik xrestomatiya berilgan. U o`z pedagogik faoliyatida «harf-tovush» metodi (har tovushni alohida harf bilan yozish) qulay va osonligini aniqlaydi. 1913 yili uning rahbarligida shogirdi I.Raxmatillayev tovush-harf metodi asosida yangi alifbe tuzadi. U arab alifbosi bilan tojik tilida yozilgan bo`lib, ko`p yillar qo`llanib kelinadi. Kitobning kirishida tez savod chiqarishga oid maslahat berilgan. Alifbe 46 betdan iborat bo`lib, 90 ta dars uchun mo`ljallangan edi.
1907 yili Shakuriyning 2-kitobi «Jameul hikoyat» (Hikoyalar to`plami) yoziladi. U boshlang`ich sinf 2-sinfi uchun xrestomatiya tarzida bo`ladi.
Shakuriy 1923 yili «Pravda» gazetasi e’lon qilgan «Eng yaxshi o`qituvchi» konkursining g`olibi deb topiladi.

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish