Учебно-методический комплекс обучение детей сценической и творческой деятельности область знаний: : 100 000 Гуманитарный



Download 5,24 Mb.
bet35/77
Sana24.02.2022
Hajmi5,24 Mb.
#187252
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77
Bog'liq
1-курс мажмуа 2020 chiqariladi (Восстановлен)

Zarhal to'g'alar mahalliy zargarlar ishlagan, odatda qora sir va feruza bilan bezatilgan, nafis gul naqshi tushirilgan bo'ladi. Zardo'zlikda o'ziga xos asbob-uskunalar ishlatiladi. Naqsh kompozitsiyalari chizish uchun chizg'ichlar, yumshoq va qattiq qora qalamlar, daftar, albom, o'chirg'ichlar, shaffof, karton qog'ozlar kerak bo'ladi.
Zardo'zlik qurollari unchalik ko'p emas. Bular chambarak, ya'ni korcho'b. Uning to'p, nimcha va mayda-chuyda buyumlar uchun mo'ljallangan uch turi ma'lum. Ular tuzilishi jihatidan bir xil bo`lib; hajmlarining katta-kichikligi bilangina bir-biridan farq qiladi.Korcho'b uzunligi 320 santimetrgacha bo'lgan ikki teng yonli silliq yog'och dastadan iborat bo'lib, uchidagi harakatlanuvchi shamshirak yordamida chambarakni istalgan kattalikka keltirish mumkin.
Chambarakka qilingan kerish tortilib, tayyor bo'lgan buyum bilan birga chiqarib olinadi. Zardo'zlikda qadimdan patila degan asbob ishlatiladi. Patila qattiq yog'ochdan, uzunligi 20 santimetr bo'lgan, to'rt qirrali va payya qilib tarashlangan, ichini kovlab qo'rg'oshin quyib vazminlashtirilgan bo'ladi.
Unga to'rt qavat qilib zar ip o'raladi. Bunday patilalar ipning orasi zich bo'lishini ta'minlagan. Zardo'zlikda angishvona ham ishlatiladi. Angishvona barmoqni saqlovchi degan ma'noni bildiradi. Qo'lga igna kirib ketmasligi uchun barmoqqa kiyiladigan metall g'ilof. Angishvonaning ustki va yoni ignani keti qadaladigan chuqurchalardan iborat bo'ladi. Zardo'zlik ishida ikki xil angishvonadan foy­dalaniladi. Biri fabrika angishvonasi bo'lib, uni o'rta barmoqqa, ikkinchisi tagsiz, qalin charmdan yasalib, chap qo`lning uchta barmog'iga taqilib ishlanadi. Charm angishvonani fabrikada metalldan ishlangani ham bo'ladi. Zardo'zlik ishida qaychi bo'ladi. Qaychi ushtur gardan, ya'ni «Tuya Bo'sh qaychi» degan ma'noni beradi. Tuya bo'yniga o'xshash qaychi gul qirqishda ishlatiladi. Oddiy uy ro'zg'orda ishlatiladigan metall qaychilar ham bo'ladi. Ignalarning o'rtacha kattalikdagilari ishlatiladi.
Quyidagi rasmlarda zardo'zlik uchun kerak bo'ladigan asboblar, zar iplar, naqsh namunalari berilgan:

Milliy kashtachilik (kashtado'zlik) amaliy san'atning eng qadimiy turlaridan bo`lib, u xalqning o'z turmushini go'zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan. Kashtachilik san'ati nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham shuhrat qozongan. O'zbek xalq ustalari qo'llari bilan tikilgan kirpech, so'zana, zardevor, gulko'rpa, choyshab kabilar Germaniya, Belgiya, Amerika Qo'shma Shtatlari, Hindiston, Afg'oniston kabi xorijiy davlatlar muzeylarida doimiy ekspozitsiyaga aylanib qolgan.
Hozirgacha buyumlar o'ziga xos go'zallik, nafis bezaklarning rang-barangligi bilan kishilarni hayratga solib kelmoqda. Badiiy kashtachilik uzoq tarixga ega. O'zbek kashtachiligi iqlim, tabiiy sharoit, muhit bilan bogiiq holda barcha kasb-hunarlar bilan birgalikda rivoj topgan. Kashtachilik san'atining eng qadimiysi saqlanmagan. XIV—XV asrlarga mansub miniatyuralar orqali kashtachilikning juda qadimdan rivoj langanligini ko'rish mumkin. Ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo Amir Temur saroyida o'zbek milliy kashta bezaklarini ko'rganini kundaligida yozib qoldirgan. 1467- yili Kamoliddin Behzod «Zafarnoma»ga ishlagan «Temur taxtda» miniatyurasida chodirga ishlangan kashtani aks ettirgan. XIX asrning ikkinchi yarmida kashta tikish mashinasining ixtiro etilishi kashtachilik korxonalarining vujudga kelishiga asos soldi. Mashinada kashtalarning ko'p ishlab chiqarilishi ularning badiiyligiga putur yetkazdi. Qo'l kashtalari unutila boshlandi. Lekin ayrim xillarigina saqlanib qoldi. O'zbek kashtachiligi qo'shni xalqlar kashtachiligi ta'sirida boyidi va rivojlandi.

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish