Dars usuli: suhbat, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: so‘zlarning bo‘g‘inlari yozilgan kartochkalar, markerlar,
multimedia ilovalar.
Darsning borishi:
i. Tashkiliy qism.
– navbatchi axboroti tinglanadi. So‘ng o‘qituvchi quyidagi savollar bilan
o‘quvchilarga murojaat etadi:
– bolalar, hozir o‘lkamizda qaysi fasl hukm surmoqda?
– bahor faslida tabiatda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?
– bahorda qanday bayramlarni nishonlaymiz?
– qanday bolalarni sog‘lom bola deymiz?
– Sog‘lom va komil farzand bo‘lsak vatanimizga qanday foydamiz tegadi?
Bizning shiorimiz:
O‘rgan – o‘rgat shiori,
Boshlang‘ichdir poydevori.
Sog‘ tanda – sog‘lom aql,
Biz bunga doim kafil!
– bolalar, hozirgi darsimizning nomi nima ekan?
– Ona tilim – jon-u dilim,
Sening bilan biyron tilim.
59
Do'stlaringiz bilan baham: |