3. Antimonopol faoliyat va rakobatni rivojlantirish.
Davlat monopoliyani cheklash va rakobat muxitini yaratishi zarur. Bu vazifa
monopoliyaga karshi konunlarga tayanilgan xolda olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasida bu
vazifani amalga oshirish Monopoliyadan chikarish rakobat va tadbirkorlikni ko‘llab kuvvatlash
Davlat ko‘mitasi zimmasiga yuklatilgan.
Monopollashuvga karshi kurash maksadlarida monopol korxonalar reestri tuziladi. Bunda
monopol korxonalar tabiiy monopoliya va tabiiy monopoliya xisoblanmagan korxonalarga
bo‘linadi. Tabiiy monopol bo‘lmagan korxonalarni monopoliyadan chikarish chora- tadbirlari
ko‘riladi.
Tabiiy monopoliyalar ob’ektiv shart-sharoitlarga ko‘ra monopol bo‘lishi zarur, yoki
monopoliyadan chikarish ilojsiz bo‘lgan korxona yoki tarmoklardir.
Tabiiy monopolist korxonalar o‘z mavke’laridan foydalanib maxsuloti va xizmatlari
baxosini asossiz ko‘tarib yuborishlariga yo‘l ko‘ymaslik uchun ularga rentabellilikning yukori
chegarasi belgilab beriladi. Bu chegarani buzgan korxonaga moliyaviy jazo choralari
ko‘llaniladi.
67
Masalan, bu chegara 20% deb belgilangan bo‘lsin. Korxona maxsuloti tannarxi 10000
so‘m bo‘lgani xolda uni 13000 so‘mga sosa belgilangan ma’yoriy chegarani buzgan xisoblanadi.
Chunki korxona 20% emas balki 30 foiz foyda normasi darajasida ustama belgilayapti. Shu
sababli ortikcha xisoblangan 1000 so‘m (13000-12000) davlat ixtiyoriga olinadi va monopolist
korxonaga ko‘shimcha moliyaviy jazo xam ko‘llaniladi.
Davlat bu yo‘l bilan iste’molchilar xukuklarini ximoya kiladi. Agar maxsulot baxosi
korxonaga boglik bo‘lmagan sabablarga ko‘ra oshib ketgan bo‘lsa va bu isbotlansa konun
talablari buzilmagan xisoblanadi.
Rakobat muxitini yaxshilash, tadbirkorlikni ko‘llab kuvvatlash maksadida davlat mulki
xususiylashtiriladi. Mulkni davlat tasarrufidan chikarish va xususiylashtirish Davlat Mulk
ko‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda davlat mulkini bevosita bitta xaridorga sotish,
investitsiya kitritish majburiyatini olib bepul tassarrufiga berish, boskichma boskich baxosini
tushirib sotish, aksionerlashtirish kabi usullar ko‘llaniladi.
Agar respublikamizda xususiylashtirishning dastlabki boskichida uy joy fondi, savdo va
maishiy xizmat ob’ektlari va maxalliy sanort korxonalari xususiy shaxslarga sotilgan bo‘lsa,
keyingi boskichda o‘rta va yirikrok korxonalarni aksionerlashtirish yo‘li bilan davlat tasarrufidan
chikarishga kirishildi.
Tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan ko‘llab kuvvatlash, shuningdek ularning
xukuklarini ximoya kilish orkali xam amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2005 yil 5 oktabrda imzolangan «Tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirishni yanada kiskartirish va
uning tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to‘grisida» gi Farmoni nazorat kiluvchi
organlarning tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashuvini cheklash, ularning xukuklarini
davlat tomonidan konuniy kafolatlashni kuchaytirishga bir misol bo‘ladi.
4. Daromadlarni ijtimoiy manfaatlarni e’tiborga olgan xolda kayta taksimlash
Bozor tizimi rivojlanishi bilan mamlakat axolisi oladigan daromadlar va kiladigan
xarajatlar o‘rtasida nomutanosibliklar paydo bo‘ladi. Bu kabi muammolarni xal kilishda davlat
asosiy axamiyatga ega. Ya’ni, davlat jamiyatdagi daromadlar nomutanosibligini kamaytirish
vazifasini bajaradi..
Birinchidan, transfert to‘lovlari orkali yordamga muxtoj, bokimanda, nogiron va ishsizlarni
nafakalar bilan ta’minlaydi. Ikkinchidan, davlat bozorga aralashuvi orkali daromadlar
taksimlanishini o‘zgartiradi. Fermerlar maxsulotini kafolatlangan baxolarda sotib olish va
minimal ish xaki to‘grisidagi konunchilik davlat axolining ayrim guruxlari daromadlarini
tenglashtirish maksadida baxoni tartibga solib turishiga misol bo‘la oladi. Bundan tashkari
axolidan olinadigan daromad soliklarining foizlar bo‘yicha tabakalanishi xam kam ta’minlangan
axolini ko‘llab-kuvvatlash maksadida oli borilayotgan tadbirlaridan biridir.
Davlat daromadlarni axoli o‘rtasida kuyidagicha kayta taksimlaydi.
Birinchidan, daromadlar axolining turlicha daromad oladigan katlamlari orasida kayta
taksimlanadi. Ko‘llaniladigan progressiv solik stavkasi bunga imkon beradi. Masalan,
O‘zbekistonda axoli daromadlari progressiv solik stavkasi bilan solikka tortiladi. 2005 yildr
o‘rnatilgan shkalaga ko‘ra dastlabki o‘rnatilgan 5 minimal ish xakiga teng bo‘lgan daromaddan
13 %, bundan ortik bo‘lgan keyingi 5 minimal ish xakiga teng bo‘lgan daromaddan 21 %,
daromadning 10 minimal ish xakidan ortgan kismidan esa 30 % stavka bilan solik undiriladi.
O‘rnatilgan shkala kam daromad oluvchilardan kamrok solik undirish, ko‘p daromad
oluvchilardan
esa
ko‘prok solik undirish imkonini beradi. Davlat tomonidan
moliyalashtiriladigan turli ijtimoiy yordam to‘lovlari esa aynan kam daromadga ega oilalarga
ko‘rsatiladi.
Shuningdek, davlat Pensiya jamgarmasi, Bandlik jamgarmasi, Kasaba uyushmasi
jamgarmalariga ijtimoiy sugurta ajratmasi to‘lovlarini ish beruvchilar (korxonalar)dan va
ishlovchilardan undiradi. O‘zbekistonda korxonalar 2005 yil xolatiga ko‘ra sof tushumning 0,7
68
%i va ish xaki fondining 31 %i mikdorida, ishlovchilar esa ish xakining 2,5 % i mikdorida
ijtimoiy sugurta to‘lovlarini amalga oshiradi. Bu mablaglar pensiya ta’minoti, vaktincha ishga
layokatsizlik bo‘yicha kasallik varakasi, ishsizlik nafakasi, ishsizlarni mexnat birjalari orkali
kasbga tayyorlash xarajatlarini koplash kabi tadbirlarni moliyalashtirishga sarflanadi. Ya’ni
sanab o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha xam davlatning daromadlarni kayta taksimlash funksiyasi
namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |