Maҳoratning shakllanish bosқichlariga: reproduktivlik (boshlanғich), ijodiylik, ijodiy-novatorlik kiradi. Pedagogik maҳorat darajalari o’қituvchi ish darajasining davomi ҳisoblanadi:
reproduktiv (o’ta past);
moslashuvchan (past);
lokal (chegaralangan)- modellashtirish (o’rtacha қoniқarli).
Bu daraja talabalar bilan boiadigan o’қuv-tarbiya ishlarining ayrim yo’nalishlarida yuқori sifati bilan xarakterlanadi:
izfiҳil modellashtirish (yuқori). Bu bosқichda, pedagog faoliyatining barcha turlarida yuқori sifatga erishiladi;
izchil modellashtirish (oliy). Bunda, faoliyatning barcha turlarida ijodiy munosabat namoyon bo’ladi, o’қuv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish yo’llari izlanadi.
Pedagogik maҳorat komponentlari kasbiy faoliyatga kasbiy vazifalarini bajarish uchun zarur bo’lgan malaka nuқtai nazardagi қarashlarni aks ettiradi.
Tadқiқotchilar malaka deganda xatti-ҳarakatlar tizimini uni amalga oshirish maқsadi va shart-sharoiti bilan muvofiқ ravishda samarali bajarish imkoniyatini tushunadilar.
Pedagogik maҳorat komponentlarini ҳosil қiladigan қuyidagi malaka guruҳlari farқlanadi:
loyiҳalash;
konstrukstiyalash;
tashkilotchilik;
muloқot;
bilish va reflektivlik.
Keyingi yillarda pedagogik maҳorat kategoriyasiga nisbatan yangicha қarashlar paydo bo’ldi. Pedagogik maҳoratning an’anaviy izoҳlaridan bir қadar chekinish ҳam yuz berdi (I.A.Zyazyun, N.V.Kuzmina, VASIastenin). Pedagog tadқiқotchilarning Sankt-Peterburg maktabi, pedagogik maҳoratni kishining aloҳida ҳolati - ya’ni uning kasbiy mashғuloti keng ma’noda kishilar bilan ishlashning o’ziga xos soҳasi bo’lgan pedagogika ҳisoblanadi, deb tavsiflaydi.
Pedagogik maҳoratning asosi pedagogik bilimdonlikdir. Pedagogik bilimdonlik, deganda konkret tarixiy davrda қabul қilingan me’yorlar (normalar), standartlar va talablarga muvofiқ pedagogik vazifani bajarishga қobillik va tayyorlik bilan belgilanadigan integral kasbiy-shaxsiy tavsifnoma tushuniladi.
Pedagogik bilimdonlik pedagogik soҳada maҳorat bilan ishlayotgan kishining ta’lim va tarbiya ishida insoniyat to’plagan barcha tajribalardan rastional foydalanish қobiliyatini ko’zda tutar ekan, demak, u etarli darajada pedagogik faoliyat va munosabatlarning maқsadga muvofiқ usullari va shakllarini egallashi lozim bo’ladi.
Kasbiy-pedagogik bilimdonlikning bosh ko’rsatkichi bu insonga, shaxsga yo’nalganlikdir.