Тупроқни ким таҳлил. Ас ўзг


Tuproq karbonatlarini aniqlash 5-jadval



Download 13,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/105
Sana11.04.2022
Hajmi13,45 Mb.
#542378
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   105
Bog'liq
Tuproqni kimyoviy tahlil qilish usullari Sh.M. Ishoqova 2017

Tuproq karbonatlarini aniqlash 5-jadval 
Tuproq 
nomi 
va 
kesimi 
Chuqu
rligi, 
sm 
Namuna 
og‘irligi, 
gr. 
HCI 
umum 
miqdori
ml 
Titrlashga 
olingan 
miqdor, 
ml 
Titrlashga 
ketgan 
NaOHnin
g umum 
ml 
miqdori 
Bog‘langan 
HCl 
miqdori, ml 
SO

ning 

miqdo 
ri 
Reaktivlar: 
1. 0,02 n HCl; 
2. 0,02 n NaOH; 
3.Metiloranj; 
X BOB uchun nazorat savollari 
1.
Gravimetriya asosidagi analizning nechta bosqichi mavjud? 
2.
Tuproqning qanday komponentlarini aniqlashda gravimetriyadan 
foydalanamiz? 
3.
Gigroskopik namlik nima? U qanday aniqlanadi? 
4.
Tuproqning organik qismiga ta’rif bering. Uni aniqlashning 
usullarini sanab o‘ting. 
5.
Tuproq sho‘rlanishi hodisasini izohlang. Tuzlar qanday usul (lar) 
yordamida aniqlanadi? 
6.
Tuproq muhiti va uni aniqlashni tushuntirib bering. 
7.
Suvli so‘rim nima? Nima uchun kimyoviy tahlilning ahamiyati 
katta? 
8.
Karbonatlarni asedimetrik aniqlash usuli. 
 
 


128 
XI BOB. TUPROQNING SINGDIRISH SIG‘IMI 
Tayanch iboralar 
Almashinuvchi Ca va Mg, karbonatli tuproqlar, Trilon – B, kalsiy, 
sulfat, magniy sulfat,
 
Karbonatli tuproqlarda almashinuvchi kalsiy va magniy kationlarini 
A.A. Shmuk uslubi bilan aniqlash 
Almashinuvchi Ca va Mg kationlarini karbonatli tuproqlarda aniqlash 
jarayonida biroz qiyinchiliklarga duch kelinadi, chunki kalsiy va magniy 
kationlarining tuzli eritmalari bilan reaksiyaga kirishish natijasida 
almashinuvchi asoslar bilan bir qatorda kalsiy karbonat ham ajralib 
chiqishi ma’lum.
Bu o‘rinda mavjud bir qator uslublar bo‘lib, bulardan eng keng 
tarqalgani – A.A. Shmuk
 
tomonidan ishlab chiqilgan uslubdir. Lekin bu 
uslub bilan olingan ma’lumotlar ham taxminiy deb qaraladi. Bu uslubning 
asl mohiyati quyidagicha:
Karbonatli tuproqlarda analiz uchun olingan tuproq namunasidan 
almashinuvchi Ca va Mg ni siqib chiqarish uchun shuncha og‘irlikdagi 
namunani 2 hissa ko‘paytirilgan tuz eritmasi bilan ishlasak, bu eritmada 2 
barobar ko‘p Ca va Mg karbonatlarini va almashinuvchi asoslarni eritishi 
aniq.
Bu uslub quyidagi formulaga asoslangan: 
X = 2A – B bu yerda:
A – Ca va Mg kationlarining birinchi eritmadagi miqdori;
B – shu asoslarning ikkinchi eritmadagi (hajmi oshirilgan) miqdori.
Ish tartibi: 
Teshiklar diametri 1 mm bo‘lgan elakdan o‘tkazilgan tuproq 
namunasidan 2 ta 5 gr atrofida tortib olib, birining hajmi 100 va 
ikkinchisining hajmi 200 ml bo‘lgan belgili o‘lchov kolbasiga solamiz. 
Kolbalarning ¾ qism hajmiga 1n NaCl eritmasidan solamiz. Keyin 
yaxshilab chayqatib, aralashtirib o‘sha eritmadan belgisigacha quyamiz.
Har ikkala kolba bir xil uy harorati sharoitida bir kechaga qoldiriladi. 
Ertasiga oddiy filtr orqali filtrlab, filtratdan 10 – 20 ml Ca, Mg ni taxminiy 
miqdoriga qarab, xuddi suvli so‘rimdagidek, Trilon-B usulida aniqlaymiz. 
Olingan natijalardan A va B ning miqdori almashinuvchi Ca va Mg ni 100 
gr tuproqqa nisbatan ml gr/ekv ko‘rinishida quyidagi jadval yordamida 
ifodalaniladi. Hisoblash suvli so‘rim analizidagi Ca, Mg ni Trilon – B bilan 
aniqlashda berilgan.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish