Transport inshootlarini loyihalash va


-BOB. TEMIRBETON VA METALL KO‘PRIKLARNING



Download 7,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/77
Sana13.01.2022
Hajmi7,79 Mb.
#358213
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77
Bog'liq
transport inshootlarini loyihalash va qurish.

9-BOB. TEMIRBETON VA METALL KO‘PRIKLARNING 
TAYANCHLARI 
 
9.1. Umumiy ma’lumotlar 
 
Ko„priklarning  tayanchlari  oraliq  qurilmadan  tushayotgan  yukni 
zaminga  (gruntga)  uzatadi.  Tayanchlar  ko„prikning  mas‟ul  elementlari 
bo„lib,  ular  etarli  darajada  mustahkamlikka  va  turg„unlikka  ega  bo„lishi 
kerak. 
Tayanchlarning  poydevorlari  bilan  birgalikdagi  taxminiy  narxi  sun‟iy 
inshoot  umumiy  narxining  50%  ni  tashkil  etadi.  Tayanchlarni  qurish 
sermehnatdir  va  katta  vaqt  sarfini  talab  etadi.  Oraliq  qurilmalarni 
tayyorlash va ularni montaj qilish tayanchlarni qurishga qaraganda ko„proq 
darajada industriyalashtirilgandir. 
Tayanchlar  shartli  ravishda  oraliq  tayanchlar  («bik»)  va  chetki 
tayanchlarga  («ustoy»)  ajratiladi.  Bunday  ajratish ularni  ekspluatatsiya  qilish 
va yuklarni uzatish sharoitlaridan kelib chiqadi. Oraliq tayanchlar, odatda, suv 
sathining  o„zgarib  turadigan  zonasida,  muz  oqish  va  kemalar  tegib  ketishi 
mumkin  bo„lgan  zonasida,  ishlaydi.  Ustoylar  esa  ko„p  holatlarda  daryoning 
chetida  (quruq  joylarda)  o„rnatiladi.  Ustoylarga,  vertikal  yuklardan  tashqari, 
grunt bosimidan va tormozlanishdan katta gorizontal kuchlar ta‟sir qiladi. 
Tayanchning  tanasi  planda  to„g„ri  to„rtburchak,  dumaloqlangan  va  doira 
shakllariga  ega  bo„lishi  mumkin.  Tayanch  tanasining  shakli  daryo  sinfi  va, 
birinchi  navbatda,  muz  oqish  ko„pligi  yoki  kamligiga  bog„liq  holda 


139 
 
belgilanadi. Quruq joylarda quriladigan tayanchlar odatda to„g„ri to„rtburchak 
yoki  dumaloq  shaklda  bo„ladi.  Oraliq  tayanchlarning  shakli  ko„prik  ostidan 
toshqin  suvlarini  tayanchlar  zamini  yuvilmasdan  o„tkazilishini  ta‟minlashi 
kerak.  SHu  maqsadda  tayanchlar  tanasining  old  va  orqa  tomoni  planda 
dumaloqlangan shaklda yoki doira shaklida qabul qilinadi. Muz oqishi bo„lgan 
daryolarda  tayanch  tanasining  old  qismi  o„tkir  qilib  olinadi  (rasm  9.1  ga 
qarang).  
Muz  oqishi  o„rtacha  bo„lganda  kesuvchi  qovurg„aga  vertikalga  nisbatan 
taxminan  10:1  bo„lgan  qiyalik  beriladi.  Bu  holda  kesuvchi  qovurg„a  suv 
kesuvchi  deb  ataladi.  Muz  oqishi  kuchli  bo„lganda  muz  qirquvchining 
kesuvchi qovurg„asi qiyaligi 1:1 yoki 2:1 ga teng bo„ladi. 
Oqir iqlim sharoitlarida muz qirquvchilardan tashqari tayanch tanasi tabiiy 
toshlar  yoki  sinfi  60  dan  kam  bo„lmagan  beton  bloklar  bilan  oblitsovka 
qilinadi. Inshoot qiymatini kamaytirish maqsadida oblitsovkani faqat suvning 
o„zgarib turadigan zonasi chegarasida qo„llash mumkin. 
Ko„priklarning  zamonaviy  tayanchlari  B20  –  B45  sinfli  beton  va 
temirbetondan  uch  variantda  –  monolit,  yig„ma  –  monolit  va  yig„ma 
variantlarida quriladi. 
 
 
 
Rasm 9.1. Muz qirquvchilari 
bo„lgan monolit beton tayanch: 
 1 – kallak (ogolovok);  
2 – tayanch tanasi;  
3 – poydevor;  
4 – muz qirquvchi (kesuvchi 
qovurg„a)
 
 


140 
 
Monolit variantdagi tayanchlarni qurishda aktivligi yuqori bo„lmagan past 
haroratli  sementlar  qo„llaniladi.  Bu  ekzotermik  effektni  pasaytirishga  va 
kirishish  (usadka)  deformatsiyalarini  kamaytirishga  ijozat  beradi.  Qo„yilgan 
talablarga  rioya  qilmaslik  esa  tayanch  tanasida  darzlar  paydo  bo„lishiga  olib 
keladi. 
Hozirgi  paytda  massiv  tayanchlar  ham,  engillashtirilgan  tayanchlar  ham 
keng  qo„llaniladi.  Amalda  qo„llanilayotgan  tayanchlarning  konstruktiv 
echimlari  hozirgacha  to„la  unifikatsiya  qilinmagan.  Tayanchlarning  tipovoy 
echimlari yig„ma bloklarning 150 dan ortiq turli variantlarini o„z ichiga oladi. 
SHu  sababdan  tayanchlar  konstruksiyasini  mukammallashtirish  yo„nalishi 
sifatida  ular  elementlarining  asosiy  o„lchamlarini  unifikatsiya  qilishni 
ko„rsatish mumkin. 
 

Download 7,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish