K = K0 l RT
Natijada katalitik reaksiyaning tezlik konstantasining ortishi bir muncha sekinlashadi. Katalizator vaqt o‘tishi bilan o‘z aktivligini kamaytirib boradi va butunlay yo‘qotishi, yaroqsiz holga kelishi mumkin.
Katalizatoming aktivligi — A ayni reaksiyaning tezlashtirish ta’sir o'lchami hisoblanadi. Aktivlik sharoitga bog‘liq holda, aktivlanish energiyasi yoki nokatalitik va katalitik reaksiyalar tezliklari orasidagi farq yoki berilgan texnologik rejim parametrlariga asosan asosiy reaksiyadan olingan mahsulot unumi bilan ifodalanadi. Kataliza- torning aktivligi — A ko‘pincha katalitik reaksiyaning tezlik konstantasini nokatalitik reaksiya konstantasiga bo‘lgan nisbati bilan tavsiflanadi. Bunda har ikkala holda ham reaksiyalaming texnologik rejim parametrlari: reagentlar konsentratsiyasi, harorat, bosim va boshqalari bir xil bo‘ladi.
Predeksponsial ko‘paytmaning qiymatlari bir xil bo'lganda
(2.1)
Bunda, ДЕ — nokatalitik va Ek — katalitik reaksiyaning aktivlanish energiyalari orasidagi farq
(2.2)
Katalizatoming aktivligi ko‘pgina omillaiga: uning tarkibiga, qattiq katalizator yuzasining xarakteri va kattaligiga, texnologik rejim parametrlariga bog‘liq bo'ladi. Sanoat katalizatorlarining tabiati ulaming asosiy texnologik tavsifmi: aktivligi, yonish harorati selektivligi (tanlab ta’sir etishi) yedirilishga chidamliligi, zaharlanuvchanligi va boshqa- larga bog‘liq bo‘ladi. Ammo katalizatoming eng asosiy tavsifi bu uning aktivligidir. Kimyoviy reaksiyaning harakatlantiruvchi kuchi doimiy bo'lganda katalizatorning aktivligi (2.1) formula yoki quyidagi tenglama bo‘yicha aniqlanadi:
A=uk—u(l—pk) (2.3)
Bunda, uk va u — katalizator ishtirokida va katalizatorsiz boruvchi kimyoviy reaksiyalaming tezliklari;
k — katalizator egallagan reaksion fazaning ulushi.
Qandaydir kimyoviy reaksiyalarga turli sharoitlarda katalizator aktivligini taqqoslash uchun aktivlikni katalitik jarayonning jadalligi orqali ifodalash ham mumkin.
A = —. (2.4)
vr
Bunda, Gn — ta u (r) vaqt oralig‘ida olingan mahsulot miqdori; v - katalizator egallagan hajm (to‘kib qo‘yilgan katalizatorning egallagan hajmi). Katalizatorning aktivligi qanchalik katta bo‘lsa, jarayonni shunchalik past haroratda olib borish mumkin. Bu holat kattagina iqtisodiy va texnologik ustunlik beradi. Masalan, qaytar ekzotermik reaksiyalaming faktik va muvozanat unumini oshiradi, qo'shimcha mahsulotlar miqdorini kamaytiradi, xomashyoga ega bo‘lgan sarf koeffitsientini pasaytiradi, mahsulot sifatini yaxshilaydi. Reaksion aralashmaning qattiq katalizator ishtirokida ishlab chiqarishga yetarli tezlikda, jarayonning ketishi uchun zarur bo‘lgan minimal energiyasi yoqish harorati deyiladi. Amaliy jihatdan olganda past yoqish haroratida boruvchi jarayonlar maqbul hisoblanadi, qaysiki, reaksion aralashmaning tarkibi va katalizatorning aktivligiga bog‘liq bo‘ladi.
Katalizatorlar ma’lum harorat intervalida ishlaydi. Yoqish harorati bu pastki chegara, yuqori chegara katalizatorning termik mustahkamligidan, dastlabki moddalar va reaksiya mahsulotlaridan aniqlanadi. Ko‘pchilik katalizatorlar juda kichik ish harorat intervaliga (bir necha o‘n gradus) ega. Shuning uchun ham bunday katalizator bilan ishlash alohida katta diqqat, sinchkovlik talab qiladi.
Ba’zi katalizatorlar tanlab ta’sir etish xossasiga ega bo‘lib, bir necha termodinamik jihatdan borishi mumkin bo‘lgan reaksiyalardan faqat bittasini tezlashtiradi. Bunda katalizator ta’sirida bomvchi reaksiyaning borishi uchun zarur bo'ladigan harorat pasayadi, natijada boshqa jarayonlar ketmaydi.
Katalizator ta’sirining selektivligi J kat. olinishi kerak bo'lgan mahsulotning hosil bo‘lish tezligini asosiy dastlabki reagentlarlaming barcha yo‘nalishlari bo‘yicha mahsulotga aylanishining umumiy tezligiga bo‘lgan nisbati bilan aniqlash mumkin:
, _ dG„
Do'stlaringiz bilan baham: |