§. Kimyoviy texnologik jarayonlar haqida tushuncha. Asosiy jarayonlaming turlari
Kimyoviy texnologiyada fizik va kimyoviy hodisalar birgalikda olib qaraladi. Shu hodisalaming yig‘indisidan texnologik jarayonlar tashkil topadi. Kimyoviy texnologik jarayon quyidagi oddiy bosqichlardan iboratdir: 1) reaksiyaga kirishuvchi komponentlaming reaksiya zonasiga kiritilishi; 2) kimyoviy reaksiyalar; 3) hosil bo'lgan mahsulotlami reaksiya zonasidan chiqarib olinishi.
Reaksiyaga kirishuvchi komponentlaming reaksiya zonasiga kiritilishi molekular diffuziya yoki konveksiya (konveksiya — biror moddaning issiqliq, elektr zaryadi kabilarning muhit oqimi tufayli ko‘chishi — tarqalishidir) orqali amalga oshadi. Reaksiyaga kirishuvchi moddalar qattiq aralashtirilganda konvektiv ko‘chishi girdobsimon diffuziya ham deyiladi. Ikki yoki ko‘p fazali sistemalarda (sistema — o‘zaro fizikaviy yoki kimyoviy taassurotda bo‘lgan moddalar guruhi ya’ni bir necha moddalarga aytiladi.
Faza deb sistemadagi individual moddaga aytiladi (yoki tarkibi, fizik-kimyoviy xossalari bir xil bo‘lgan, o‘zining tashqi sirti — yuzasi bilan sistemaning boshqa qismlaridan ajralib turuvchi sistemaning bir xil qismiga aytiladi) reaksiyaga kirishuvchi komponentlaming reaksiya zonasiga kiritilishi: gazlarning absorbsiyasi yoki desorbsiyasi, bug‘larning kondensatsiyalanishi, qattiq moddalami suyuqlantirish yoki ularni suyuqliklarda eritish, suyuqliklami bug‘lantirish yoki qattiq moddalami haydash orqali amalga oshirilishi mumkin. Fazalar orasidagi o‘tishlar murakkab diffuzion jarayondir.
Kimyoviy reaksiyalar — kimyoviy texnologik jarayonning ikkinchi bosqichidir. Reaksiyaga kirishuvchi moddalar orasida, ya’ni sistemada, odatda, asosiy mahsulotning hosil bo‘lishiga olib keluvchi bir necha ketma-ket (ba’zida parallel) kimyoviy reaksiyalar, hamda olingan xomashyo bilan uning tarkibidagi begona aralashmalar orasida ham bir qator reaksiyalar boradi. Natijada asosiy mahsulot bilan bir qatorda qo‘shimcha mahsulot (xalq xo‘jaligi ahamiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlar) yoki chiqin- di, sanoat tashlandiqlari (xalq xo‘jaligida yetarli darajada ishlati- lish sohasini topmagan, yetarli qimmatga ega bo‘lmagan reaksiya mahsulotlari) ham hosil bo‘ladi. Odatda, ishlab chiqarish jara- yonlari analizida barcha reaksiyalar hisobga olinmaydi, balki faqatgina olinishi kerak bo‘lgan asosiy mahsulotning miqdori va sifatiga katta ta’sir ko‘rsatiladigan reaksiyalargina hisobga olinadi.
Reaksiya zonasidan mahsulotning chiqarib olinishi ham reaksiyaga kirishuvchi komponentlaming zonaga kiritilishi kabi diffuziya, konveksiya moddalarining bir fazadan boshqa fazaga (gaz, suyuq va qattiq) o‘tishi orqali amalga oshadi. Texnologik jarayonning umumiy tezligini mana shu uch bosqich yoki jarayonning bittasi, ya’ni sekin boradigan jarayon belgilaydi. Agar kimyoviy reaksiya juda sekin borsa va u umumiy tezlikni belgilasa, bunday vaqtda jarayon kinetik sohada kechadi. Bunday hollarda texnologlar kimyoviy reaksiyani tezlashtiradigan omillarni (olingan xomashyo konsentratsiyasi, katalizatorlami qo'llash va boshqalar) kuchaytiradilar.
Agar jarayonning umumiy tezligi reaksiya zonasiga reagent- larning kiritilishi yoki mahsulotlarni zonadan chiqarilishi belgilasa, demak, jarayon diffuzion sohada kechadi. Diffuziya tezligini avvalo aralashtirish, harorat va konsentratsiyani oshirish hamda sistemani ko‘p fazalidan bir fazaliga o'tkazish va hakozalar orqali oshiriladi. Agar texnologik jarayonni tashkil etuvchi barcha elementlarni (uchala jarayonning ham) tezligi taxminan teng bo‘lsa, u vaqtda jarayon o‘tish sohasida boradi. Shuning uchun ham avvalo, ham diffuziyani, ham reaksiyani tezligini oshira- digan omillarga ta’sir ko‘rsatish kerak bo‘ladi, ya’ni dastlabki moddalarning konsentratsiyasi va haroratini oshirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |