MgC03+Na2C03=MgNa2(C03)2 (250°Cda) CaC03+Na2C03=CaNa2(C03)2 (400°Cda)
ular so‘ngra Si02bilan reaksiyaga kirishadi:
CaNa2(C03)2+2Si02 =CaSi03+Na2Si03+2C02 MgNa2(C03)2+2Si02=MgSi03+Na2Si03+2C02
Dastlabki karbonatlar Si02 bilan bevosita ham reaksiyaga kirishib, silikatlami hosil qiladi. 750—900°C haroratda suyuq faza hosil bo‘ladi, natijada silikatlar hosil bo'lishi tezlashadi. Haroratning ko'tarilishi bilan reaksiyaga kirishmagan ohaktosh parchalanib, hosil bo‘lgan kalsiy oksidi reaksiyaga kirishmagan soda, Si02 bilan birikib silikatlaiga aylanadi. Reaksiyaga kirishmay ortib qolgan Si02 silikatlar suyuq- lanmasida asta-sekin eriydi. Shixtaga ozgina CaF2 (plavik shpatini) qo‘shish, suyuqlanishini ancha tezlashtiradi.
Kimyoviy reaksiyalar tugagach, suyuqlangan shisha massasini hali bir jinsli deb bo‘lmaydi, u tarkibida havo C02 va boshqa gaz pufaklari saqlaydi. Yanada qizdirilgach, harorat 1200 dan 150^ gacha ko'tarilgandan keyin shisha massasining qovushqoqligi kamayib, oquvchan bo‘lib qoladi, diffuziya tufayli tarkibi gomogenlashadi va gazlar chiqib ketadi.
Shisha maxsus uzluksiz ishlovchi vanna pechlarida pishiriladi. (80- rasm.) Pechning asosiy qismi to‘g‘ri burchakli garizontal holda o'rnatilgan basseyn bo‘lib, uzunligi 40 metr, eni 10 m va balandligi 1,5 m, tanasi gumbas shaklida qoplangan bo'lib, dinas plitalardan qilingan basseyn devorlari esa sirkoniyli-korundli to‘rt burchakli toshlar bilan qoplanadi. Shisha pishirish pechlari, ichida olov yogi lad igan pechlarga kiradi. Xomashyo ham, suyuq shisha ham ustki qismidan yonuvchi gaz alangasida qizdiriladi. Hosil bo'lgan issiq gazlar regeneratorlar orqali chiqadi va unga o‘z issiqligini beradi. Gazni yoqish uchun kiritiladigan havo esa regeneratorlar orqali qizib o‘tadi (Regeneratorlar 2 ta bo‘lib, biridan issiq gaz o‘tayotgan bo‘lsa, ikkinchisidan, sovuq havo o'tayotgan bo‘ladi).
Shixta pechning old qismidan (pishirish zonasi) uzluksiz yoki davriy ravishda solinib turiladi. Shisha massasi pechning tiniqlashtirish zonasiga o‘zi oqib o‘tadi (harorat 1500°C). So‘ngra shisha massasi oqib tayyorlash zonasiga boradi, u yerda 1200°C gacha soviydi, natijada uning qovushqoqligi ortadi. U yerdan turli buyumlar tayyorlash uchun olinadi. Vannali pechlaming mahsuldorligi 300 t/sutkaga teng.
Deraza shisha, shisha listlari va butilka shishalami tayyorlash uchun elektr toki bilan qizdiriladigan pechlar ham qo‘llaniladi. Optik shishalarni olishda shomotdan yasalgan tuvaksimon pechlardan foydaniladi.
Shisha buyumlariga shakl berish uchun turli usullar: cho‘zish, prokatlash, puflash, presslash, kuyish va boshqalar qo‘llaniladi. Shisha suyuqlanmasi sovitilganda uning qovushqoqligi sekinlik bilan ortadi, bu xossasi unga shakl berishni osonlashtiradi.
Shisha sanoatining asosiy mahsuloti, deraza shishasidir. Uni shisha suyuqlanmasining ustki qismidan, qayiqcha usilida mashina yordamida shisha listlarini cho'zib tortish orqali olinadi. Bunda o‘tga chidamli materialdan yasalgan qayiqcha (qayiqchani o‘rtasida, uzinasiga kesilgan uzun teshik bo‘lib, undan shisha suyuqlanmasi chiqadi) shisha suyuqlanmasining ustiga qo‘yiladi. Qayiqcha maxsus qisuvchi moslama yordamida shunday o‘matiladiki, bunda qayiqcha teshigining ustki qismi shisha suv sathidan past boMadi. Natijada teshikdan shisha massasi va u mashinaning temir romi yordamida yuqoriga cho‘zib tortiladi (81- rasm).
rasm. Shisha listini shisha suyuqlanmasidan cho‘zib tayyorlash.
A — qayiqcha tirqishga(yorig‘i) perpendikular yo‘nalishdagi kesimi;
В — qayiqcha yorig'i yo'nalishi bo'yicha kesimi; 1 — qayiqcha; 2 — shisha lentasi; 3 — sovutgich; 4 — asbestlangan valiklar (kichik yoyish asbobi);
5 — bosuvchi moslama; 6 — valiklarni harakatga keltiruvchi o‘q (val).
Qayiqchaga yaqin joyda tortiladigan shisha listining ikki tomonida sovitgichlar o'rnatilgan bo‘lib, shishani sovitadi. Mashinaning balandligi 5,5 m, unda juft val o‘matilgan. Vallar asbest bilan qoplangan, ulaming orasida shisha listi bo‘lib, ikki tomonidan vallar
aylanib, uni yuqoriga ko‘taradi. Vallarni umumiy vertikal val konissimon tishli gildirak yordamida harakatga keltiradi. Qaysiki, u elektromatoiga ulangan shisha listining harakat tezligi 120 m/s gacha bo‘ladi.
Olingan shisha mashinaning yuqori qismiga chiqqach qirqib olinadi, uning qalinligi 2— 6 mm, qayiqcha usulida olingan shishalar ko‘pincha ijuggonli bo‘ladi. To‘lqinsimon shakldagi yoki yuzasida chiziqlari bo'lgan shishalar olinadi. Qayiqchasiz usulda nuqsonsiz, sifatli shisha olinadi, suyuqlanmasi olinadigan joyga maxsus o‘tga chidamli panjara o‘matiladi, suyuqlanmaga tushiriladi va bir tekisda shisha suyuqlanmasi tortiladi. Bunda ham qayiqcha usulda qo‘llaniladigan mashina ishlatiladi.
Muhim shisha mahsulotlardan biri shisha tolasidir. U shisha to‘qi- malar, shisha paxta va boshqa narsalar uchun ishlatiladi. Shisha tolasi olish uchun elektr pechlarida tayyorlangan shisha suyuqlanmasi pechning maxsus joyda teshikchalari (teshikchalaming kattaligi 1-3 mm bo'ladi) orqali oqib ostga tushadi, cho‘ziladi va qotib (2-30 kkm, qalinlikdagi) shixta tolalariga aylanadi.
Sayqallangan shisha olish uchun (82- rasm) shisha suyuqlanmasi, shomotli quygich orqali ichi bo‘shliqdan iborat bo‘lgan va ichki tomonidan suv bilan sovitiladigan, metalldan yasalgan vallar oraligidagi bo‘shliqqa tushadi, vallar aylanib to‘kadi (ikkalasi bir tomonga aylanadi). Valdan chiqqan shisha lentasi yumshatish uchun maxsus tunnel pechiga o‘tadi (tunnel pechi - yerostida qurilgan pech).
Olingan shisha listlari pardozlanib, silliqlangach (sayqal berilgach), oyna tayyorlash uchun, avtomobillar kabinasiga qo‘yish, vitrinalarga o‘rnatish uchun ishlatiladi. Olingan shisha listlarini qizdirib tez sovitish (havo oqimi yordamida) orqali toblangan (chinniqtirilgan) shishalar olinadi. Ular xavfsiz shisha bo‘lib, avtomobil va samolyotlaming kabinalariga o‘matiladi.
Puflash usulida tara va kimyoviy idishlar olinadi. Hozirgi paytda puflash, siqilgan havo bilan mashinalar yordamida amalga oshiriladi. Presslash usulida turli buyumlar: bankalar, stakanlar, izolyatorlar, munchoqlar, tugmalar va boshqalar tayyorlanadi. Bunda, cho‘yandan yasalgan presslash qoliplariga shisha suyuqlanmasi quyilib, uning ustidan bosuvchi kern bilan bosiladi, natijada qolip bilan kern oralig‘ida shisha, qolip shaklini egallaydi, bir tekisda taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |