Odatdagi beton katta zichlikka ega bo‘lib (2500 kg/m3), yengil va g‘ovak to'ldiruvchilar qo‘shilganda uning zichligi 1200-1400 kg/m3 gacha kamayishi mumkin (masalan, tufo-beton, shlakabeton va boshqalar). Ayniqsa, gazobeton va ko‘pikbeton juda yengil, issiq va tovushni yomon o‘tkazuvchan boMadi.
Gazobeton, sement xamiriga gaz hosil qiluvchi moddalar A1 (vodorod ajratib chiqaradi), N202 (kislorod ajratib chiqaradi) qo‘shib tayyorlanadi.
Ko‘pikbeton, sement xamiriga ko‘pik hosil qiluvchi moddalar qo'shib olinadi.Chidamli beton olish uchun sement kalsiy xlor tuzining suvdagi eritmasida qoriladi.Tuz eritmasi sovuqqa chidamli bo'lib, betonda muz zarralari hosil bo‘lmaydi, sovuq paytlarda ham beton qilish imkoniyatini beradi.
Ayniqsa, sinishga, egilishga, tortilishga o‘ta mustahkam beton bu temir betondir. Uni olish uchun sement xamiri orasida po‘lat simlar va armaturalar qo‘yiladi. Shifer tayyorlash uchun sementga (10 % massa bo'yicha) asbest aralashtirib xamir qilinadi va asbestosementli material (shifer, quvurlar, plitalar va hokazolar) yasaladi.
0‘zbekistonda sement ishlab chiqarish sohasiga katta hissa qo‘shgan olimlardan T. Otaqo‘ziyev oq rangli sementlar ishlab chiqarishda fosfor va fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonalari chiqindilaridan fosfogipslardan foydalanish mumkinligini ko'rsatib berdilar. T. Otaqo‘ziyev yangi oq, tez qotuvchi sulfoaluminat — silikatli sement olish va uni ishlab chiqarish texnologiyasini yaratdi. Bu sement fosfogips, kaolinitli tuproq va ohaktoshdan foydalanib olingan, 400 markali sement oq portlant sementga qaraganda 25-30 % kam eneigiya sarflab olinishi, sifatliligi va ancha arzonga tushishi bilan diqqatga sazavordir.
Shuningdek, T. Otaqo‘ziyev tomonidan sulfat saqlovchi sementning fizik-kimyoviy xossalari o‘rganilib, uni past haroratda kam energiya sarflab olish texnologiyasi yaratilgan.
Hozirgi paytda 7 mln tonnadan ko‘proq sement ishlab chiqarilmoqda. 0‘zbekiston 1970 yildayoq kishi boshiga hisoblaganda Turkiyaga nisbatan 20, Pokistonga nisbatan 35 marta ko‘p sement ishlab chiqarishga erishgan.
Shisha. Shisha eng qadimiy kimyoviy mahsulot (Misrda eramizdan 6 ming yil ilgari shisha ishlab chiqarilgan). Qovushqoqligi katta bo'lgan, o‘ta sovitilgan suyuqlik deb qaraladigan materialdir. Shisha suyuqlanganda ham juda qovushqoq bo‘lib, uning tarkibidagi zarrachalaming (kimyoviy moddalaming) erkin harakati juda qiyin bo‘lganligi sababli to‘g‘ri, normal kiristall panjara hosil bo‘la olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |