Ruxli o‘g‘it sifatida ZnS045H20 (21,8-22,5 % Zn saqlaydi) hamda ruhli belila ishlab chiqarish korxonalarining chiqindisidan olinadigan PMU-7 markali (polimernoye mednoye udobreniya) so‘zlarining bosh harflaridan olingan, tarkibida 25 % gacha Zn saqlaydi) o‘g‘itlar ishlatiladi. PMU-7 tarkibida Mn va boshqa mikroelementlar ham uchraydi. Ruxli o‘g‘itlarni 1,4 % gacha atmosferaga, 1,5— 1,7 % gacha karbamidga qo‘shib ishlatilganda yaxshi foyda beradi.
Marganetsli o‘g‘it sifatida marganetsli rudalarni ho‘I usulda boyitilganda hosil bo'ladigan chiqindi ham ishlatiladi. U tarkibida 14 % gacha Mn02 ushlaydi, ammo u suvda juda qiyin eriydi. Suvda yaxshi eruvchi marganetsli o‘g‘it bu MnS04 5H20 dir. U karbonatli marganets rudalarini sulfat kislota bilan ishlov berib olinadi. Oddiy superfosfatga donadorlashdan oldin MnS04 5H20 qo‘shib marganetslangan oddiy superfosfat olinadi u tarkibida 19 % gacha P205va 1,5 % gacha Mn ushlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |