Toshkent viloyati Piskent tumani XTMFMT va TEB ga qarashli 18-UO`T maktabi ona tili va adbiyoti fani o`qituvchisi
Mallaxo`jayev Abdumalikning
Ernest Seton – Tompsonning hayoti va ijodi . “Yovvoyi yorg`a” hikoyasini o`rganish mavzusidagi biq soatlik dars ishlanmasi
2015-2016-o`quv yili
Sana: 29.04.2016-yil
Sinf: 7 “B”
Mavzu: Ernest Seton – Tompsonning hayoti va ijodi . “Yovvoyi yorg`a” hikoyasini o`rganish.
Darsning maqsadi:
-
Ta’limiy maqsad: O`quvchilarda yozuvchi , rassom va olim Ernest Seton – Tompsonhayoti va ijodi yuzasidan bilim va ko`nikmalar hosil qilish .
-
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni jonivorlarga toza ko`ngil , toza ko`z bilan qarashga, o`rgatish, ularni ona tabiatimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash .
-
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy qarashlarini, insoniy fazilatlarini rivojlantirish, ularni mustaqil fikrlashga o`rgatish.
Darsda foydalaniladigan uslublar: suhbat, “Raqamlar tilga kirganda” , bahs-munozara.
Dars jihozi: Ernest seton Topmson portreti, adib asarlari yuzasidan slaydlar, dunyo xaritasi.
Darsning borishi:
O`qituvchi darsni o`tilgan mavzular – Mirtemir hamda Xayriddin Salohlarning hayotiy va faoliyatlariga oid savollar berish bilan boshlanadi.
-
“Kayxusrav qilichidan kesikbosh bobom hoki, Kim kim noxos oyoq qo`ysa, haqoratga yo`yaman” misralarini sharhlab berining .
-
“Onaginam” she’rini yoddan aytining .
-
Nima uchun she’rda shoirning g`ashlik g`ashiga tegadi?
-
Shoir nimadan armon qiladi?
-
Yulduzlarning paydo bo`lishi va so`nishi bilan odamlar taqdiri, ortasidagi bog`liqlik to`g`risidagi afsona haqida she’rda nimalar deyilgan?
Savol-javobni boshlashdan oldin bir o`quvchi “Raqamlar tilga kirganda” usulida sanalar asosida Xayriddin Saloh faoliyatini yoritib beradi.
Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi yangi mavzuni boshlashdan oldin sana( 26-aprel – Muhammad Yusuf tug`ilgan kun) bilan bog`liq holda O`zbekiston Xalq shoiri ijodiga qisqacha to`xtaladi. Bevosita yangi mavzuga bog`liq holda adibning tabiat lirikasiga nazar tashlaydi.
O`quvchilardan shoirning tabiat mavzuda yozgan she’r va qo`shiqlari so`raladi.
Yozuv taxtasida Ernst Seton - Topmsonning hayoti va faoliyatini ifodalovchi reja , portret va “Yovvoyi yo`rg`a” asari qahromoni aks ettirilgan surat ilib qo`yiladi.
Ernest Seton – Tompson
(1860-1946)
-
“Baxt qushi” yig`latgan bola
-
Kitobga o`chlik hissi
-
Tompson – rassom, yozuvchi, olim.
-
Jon Berrous bilan suhbat
-
Berrousni lol qilgan muzey
-
Prezident nasihati
-
Vasiyat
O`qituvchi yuqorida reja asosida adibniing yoshlik yillaridayoq tabiat bilan oynoligi – qushning sayrashidan yig`laganligi, kitobga o`chligi, hayotda to`siqlardan , cho`chimaganligi, hamda rassom , ham yozuvchi sifatidagi fidoiyligi, jonivorlarga toza ko`ngil , toza ko`z bilan qarashi , hayotga jonivorlar ko`zi bilan qarashi, mo`jizaviy muzeyi ( besh ming kitob, fotoapparatda o`z qo`li bilan olingan ikki yuzdan ziyod hayvonlar albomi, o`zi chizgan hayvonlar bilan qushlarning mingdan ziyod rasmi, ikki mingdan ko`proq hayvonlar, qushlar terisi bilan patlari, hayvonlar , qushlar hayotini kuzatib, to`ldirib borgan o`ttiz jilddan iborat qalin-qalin kundalik daftarlar), uning mashhur asarlari (“Jonivorlar haqida hikoyalar” , “Shimoliy hayvonlar hayoti”, “Yovvoyi hayvonlar hayoti”) , hayotining so`nggi yillarida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek adibning o`sha paytdagi AQSh prezidenti Teodor Ruzvelt bilan suhbati hamda internet tarmog`idan olingan tegishli ma’lumot ham o`quvchilar onggiga singdiriladi.
Mavzu so`nggida “Yovvoyi yo`rg`a” hikoyasining birinchi qismiga to`xtaladi. Hikoyaga xos bo`lgan qiziqarli epizodlarga e’tibor qaratiladi.
Darsni mustahkamlash:
Yangi mavzu yuzasidan o`quvchilarga quyidagi savollar beriladi.
-
Nima uchun bola qushning sayrashidan yig`lab yuboradi?
-
Adibning shu darajaga yetishiga kitobning roli haqida nimalarni ayta olasiz?
-
Adibning uy muzeyidan qanday akspanatlar o`rin olgan ?
-
Seton – Tompson qanday asarlar yozgan ?
-
U qanday mukofatlarga sazavor bo`lgan ?
Shuning o`quvchilarga dunyo xaritasidan adib yashagan yurt hamda san’at kollejini birtirgan shaharni toppish topshiriladi.
Baholash va rag`batlantirish .
Dars mobaynida o`quvchilar ishtirokiga ko`ra baholanadilar .
Uyga vazifa : Ernest Seton – Topsonning hayoti va ijodi hamda “Yovvoyi yo`rg`a” hikoyasini o`qib kelish topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |