Toshkent viloyati Piskent tumani xtmfmt va teb ga qarashli 18-uo`T maktabi ona tili va adbiyoti fani o`qituvchisi Mallaxo`jayev Abdumalikning



Download 96,31 Kb.
Sana19.01.2017
Hajmi96,31 Kb.
#668

Toshkent viloyati Piskent tumani XTMFMT va TEB ga qarashli 18-UO`T maktabi ona tili va adbiyoti fani o`qituvchisi

Mallaxo`jayev Abdumalikning

Ernest Seton – Tompsonning hayoti va ijodi . “Yovvoyi yorg`a” hikoyasini o`rganish mavzusidagi biq soatlik dars ishlanmasi



2015-2016-o`quv yili

Sana: 29.04.2016-yil

Sinf: 7 “B”

Mavzu: Ernest Seton – Tompsonning hayoti va ijodi . “Yovvoyi yorg`a” hikoyasini o`rganish.

Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy maqsad: O`quvchilarda yozuvchi , rassom va olim Ernest Seton – Tompsonhayoti va ijodi yuzasidan bilim va ko`nikmalar hosil qilish .

  2. Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni jonivorlarga toza ko`ngil , toza ko`z bilan qarashga, o`rgatish, ularni ona tabiatimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash .

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy qarashlarini, insoniy fazilatlarini rivojlantirish, ularni mustaqil fikrlashga o`rgatish.

Darsda foydalaniladigan uslublar: suhbat, “Raqamlar tilga kirganda” , bahs-munozara.

Dars jihozi: Ernest seton Topmson portreti, adib asarlari yuzasidan slaydlar, dunyo xaritasi.

Darsning borishi:

O`qituvchi darsni o`tilgan mavzular – Mirtemir hamda Xayriddin Salohlarning hayotiy va faoliyatlariga oid savollar berish bilan boshlanadi.



  1. “Kayxusrav qilichidan kesikbosh bobom hoki, Kim kim noxos oyoq qo`ysa, haqoratga yo`yaman” misralarini sharhlab berining .

  2. “Onaginam” she’rini yoddan aytining .

  3. Nima uchun she’rda shoirning g`ashlik g`ashiga tegadi?

  4. Shoir nimadan armon qiladi?

  5. Yulduzlarning paydo bo`lishi va so`nishi bilan odamlar taqdiri, ortasidagi bog`liqlik to`g`risidagi afsona haqida she’rda nimalar deyilgan?

Savol-javobni boshlashdan oldin bir o`quvchi “Raqamlar tilga kirganda” usulida sanalar asosida Xayriddin Saloh faoliyatini yoritib beradi.

Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi yangi mavzuni boshlashdan oldin sana( 26-aprel – Muhammad Yusuf tug`ilgan kun) bilan bog`liq holda O`zbekiston Xalq shoiri ijodiga qisqacha to`xtaladi. Bevosita yangi mavzuga bog`liq holda adibning tabiat lirikasiga nazar tashlaydi.

O`quvchilardan shoirning tabiat mavzuda yozgan she’r va qo`shiqlari so`raladi.

Yozuv taxtasida Ernst Seton - Topmsonning hayoti va faoliyatini ifodalovchi reja , portret va “Yovvoyi yo`rg`a” asari qahromoni aks ettirilgan surat ilib qo`yiladi.



Ernest Seton – Tompson

(1860-1946)

  1. “Baxt qushi” yig`latgan bola

  2. Kitobga o`chlik hissi

  3. Tompson – rassom, yozuvchi, olim.

  4. Jon Berrous bilan suhbat

  5. Berrousni lol qilgan muzey

  6. Prezident nasihati

  7. Vasiyat

O`qituvchi yuqorida reja asosida adibniing yoshlik yillaridayoq tabiat bilan oynoligi – qushning sayrashidan yig`laganligi, kitobga o`chligi, hayotda to`siqlardan , cho`chimaganligi, hamda rassom , ham yozuvchi sifatidagi fidoiyligi, jonivorlarga toza ko`ngil , toza ko`z bilan qarashi , hayotga jonivorlar ko`zi bilan qarashi, mo`jizaviy muzeyi ( besh ming kitob, fotoapparatda o`z qo`li bilan olingan ikki yuzdan ziyod hayvonlar albomi, o`zi chizgan hayvonlar bilan qushlarning mingdan ziyod rasmi, ikki mingdan ko`proq hayvonlar, qushlar terisi bilan patlari, hayvonlar , qushlar hayotini kuzatib, to`ldirib borgan o`ttiz jilddan iborat qalin-qalin kundalik daftarlar), uning mashhur asarlari (“Jonivorlar haqida hikoyalar” , “Shimoliy hayvonlar hayoti”, “Yovvoyi hayvonlar hayoti”) , hayotining so`nggi yillarida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek adibning o`sha paytdagi AQSh prezidenti Teodor Ruzvelt bilan suhbati hamda internet tarmog`idan olingan tegishli ma’lumot ham o`quvchilar onggiga singdiriladi.

Mavzu so`nggida “Yovvoyi yo`rg`a” hikoyasining birinchi qismiga to`xtaladi. Hikoyaga xos bo`lgan qiziqarli epizodlarga e’tibor qaratiladi.

Darsni mustahkamlash:

Yangi mavzu yuzasidan o`quvchilarga quyidagi savollar beriladi.



  1. Nima uchun bola qushning sayrashidan yig`lab yuboradi?

  2. Adibning shu darajaga yetishiga kitobning roli haqida nimalarni ayta olasiz?

  3. Adibning uy muzeyidan qanday akspanatlar o`rin olgan ?

  4. Seton – Tompson qanday asarlar yozgan ?

  5. U qanday mukofatlarga sazavor bo`lgan ?

Shuning o`quvchilarga dunyo xaritasidan adib yashagan yurt hamda san’at kollejini birtirgan shaharni toppish topshiriladi.

Baholash va rag`batlantirish .



Dars mobaynida o`quvchilar ishtirokiga ko`ra baholanadilar .

Uyga vazifa : Ernest Seton – Topsonning hayoti va ijodi hamda “Yovvoyi yo`rg`a” hikoyasini o`qib kelish topshiriladi.
Download 96,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish