O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
TERMIZ FILIALI
“TASDIQLAYMAN”
O`quv va tarbiya ishlari bo’yicha
director o`rinbosari
____________ t.f.n. O`.R.Fayziyeva
“_____”_______________2019 yil
Kafedra: 1-TIBBIY BIOLOGIK FANLAR
Fan: FARMAKOLOGIYA
Retsepturaning UASh tayyorlashdagi axamiyati.Retsept va uning tuzilishi.Eritma,damlama,qaynatma,aralashmalarga retsept yozish.
mavzusi bo’yicha
Davolash ishi (5510100)
fakulteti talabalari uchun
Amaliy mashg’ulot
TA’LIM TEXNOLOGIYASI
Termiz-2019
Tuzuvchilar: A.X.Berdiev - TTA Termiz filiali 1- Tibbiy biologik fanlar kafedrasi assistenti;
Sh.T.Maxmaraimov - TTA Termiz filiali 1- Tibbiy biologik fanlar kafedrasi assistenti
Taqrizchilar: Z.A.Nurova – TTA Termiz filiali 1- Tibbiy biologik fanlar kafedrasi mudiri‚ t.f.d‚ dosent
Z.Chorieva – TTA Termiz filiali 2 - Tibbiy biologik fanlar kafedrasi mudiri, assistent
Mazkur o’quv-uslubiy qo’llanma kafedra majlisining
2019 yil _________________dagi ______ - sonli bayoni bilan tasdiqlangan
Mazkur ta’lim texnologiyasi tibbiy-biologiya va fundamental fanlar seksiyasi yig’lishining
2018 yil 8 iyundagi 10-sonli qaroriga asosan chop etildi.
Ta’lim berish texnologiyasi (amaliy mashg’ulot)
Vaqt: 120 daqiqa
|
Talabalar soni: 10-15
|
O`quv mashg’ulotini o’tish joyi
|
Farmakologiya kafedrasi
|
O`quv mashg’ulotining tuzilishi
|
1. Kirish qism.
2. Nazariy qism.
3. Amaliy qism (reseptlar bo’yicha mashqlar bajarish)
4. Yakuniy qism.
|
O`quv mashg’uloti maqsadi:
|
Davlat farmakopeyasi, dozalar, og’irlik o’lchovlari haqida umumiy tushunchalarni shakllantirish;
reseptning tuzilishi, qoshiq bilan dozalanadigan suyuq dori shakllari to’g’risida bilimlarni shakllantirish va mustahkamlash;
ichish uchun qoshiqlab o’lchanadigan suyuq dori shakllariga resept yozish ko’nikmasini rivojlantirish;
|
Pedagogik vazifalar:
Davlat Farmakopeyasi, doza turlari va og’irlik o’lchovlari haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish;
Reseptning tuzilishi, dori shakllarining hamda suyuq dori shakllarining tasnifi haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish;
Eritmalar to’g’risidagi bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash;
Qoshiqlar bilan dozalanadigan suyuq dori shakllariga reseptlarni to`gri yozishga yo’naltirish;
kattalar, bolalar va keksa yoshdagi bemorlarga terapevtik dozalarni hisoblash bo’yicha ko’nikmalar hosil qilish;
ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish, solishtirish va tizimlashtirish ko’nikmasini hosil qilish;
kommunikativ ko’nikmalarni rivojlantirish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |