Toshkent tibbiyot akademiyasi "tasdiqlayman" "kelishldi"



Download 1,8 Mb.
bet6/14
Sana07.10.2019
Hajmi1,8 Mb.
#23102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
неонатология китоб


Nazorot savollari

1. Ko’p uchrovchi tug’ruq jarohatlarini sanang.

2. Tug’ruq o’smasini kefalogematomadan farqini ayting.

3. Tug’ruq jarohatlarida hamshiralik taktikasi

4. MNS zararlanganda qanday klinik belgilar kuzatiladi

5. MNS zararlanganda bolani davolash va parvarishlash tamoyillari nimadan iborat

6. Tug’ruq jarohatlari rivojlanish davrlarini ko’rsating.

7. Kasallik oqibatlari qanday

7. Chaqaloqlarda yana qanday jarohatlar kuzatiladi

8. Tug’ruq jarohatlarida hamshiralik aralashuvi nimadan iborat

9. Tug’ruq jarohatlarida hamshiralik tashxisi

10. Tug’ruq jarohatlari bilan tug’ilgan chaqaloqlarni parvarishlash tamoyillari


TERI VA KINDIK KASALLIKLARIDA HAMSHIRALIK JARAYoNI VA PARVARISHI
Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda terining fiziologik o’rni juda muhim hisoblanadi.

Teri himoya o’rgani bo’lib, bolalarda uning bu funksiyasi kuchsiz rivojlangan. Chaqaloqlar terisi turli xil jaroqatlarga moyil bo’lib, teri tez-tez infisirlanadi. Bolalarda terining xususiyatlari quyidagilar:

-maserasiyaga moyillik

-tez infisirlanish

-teri to’qimalarining yuqori gidrofilligi

-qon bilan yuqori ta'minlanishi


Chaqaloqlar terisini parvarishlashda sanitariya gigiena talablari buzilsa, terida o’ziga xos xususiyatga ega teri simptomlari paydo bo’ladi, ba'zida bu simptomlar asoratlanadi va bolaning o’limiga hami sabab bo’ladi.

Terining noinfeksion kasalliklari

Issiqlik bolani yetarli darajada parvarish qilmaslik va isib ketishi natijasida yuzaga keladi.

Ko’krak qafasi, bo’yin soqasida, tabiiy burmalarida seroz, tiniq suyuqliq bilan to’la, ko’pgina mayda pufakchalar paydo bo’ladi, atrofidagi terio’zgarmagan.

Teri butunligining buzilishi teriga infeksiya tushishiga qulay sharoit yaratadi.



Davolash.Parvarishdagi kamchiliklarni bartaraf etish.Xar kuni kaliy permanganatning och-pushti rangli eritmasi bilan gigienik vannalar qilish. Maxalliy davosi: bolalar pudrasini teriga sepish kerak.

Bichilish - bu terining eng ko’p uchraydigan zararlanishi bo’lib, tabiiy burmalarda, dumg’azada joylashadi. Bola terisini noto’g’ri va yetarli darajada parvarish qilinmasligi sababli (noto’g’ri parvarish, noregulyar cho’miltirish, eski choyshablarni ishlatish) bichilishlar yuzaga keladi.

Bichilishlar uch turga ajratiladi.

I darajada - terida qisman qizarishlar paydo bo’ladi;

II darajada -terida qizarish va eroziya paydo bo’ladi;

III darajada - terisi giperemiyalangan va namlangan bo’ladi.

Bichilishlarning paydo bo’lishi bolani bezovtaligiga olib keladi, najas, siydik, sovun, nam yo’rgaklarni bola terisiga salbiy ta'siri terida og’riq, achishishlarni yuzaga keltiradi. Bola bezovtalanadi, uyqusi buziladi, injiqlanadi.



Davosi.Terini gigienik parvarishlash. Maxalliy va umumiy vannalar tavsiya etiladi. Kaliy permanganatning och-pushti eritmasi, moychechak, eman daraxti po’stlog’i, ittikanak damlamalaridan vannalar buyuriladi.

I-darajasida teri- sterillangan o’simlik moyi, vitamina A ning yog’li eritmasi, bolalar kremi, pudra bilan parvarishlanadi. Choyshablarni almashtirishda "havo vanna"lari qo’llaniladi (terining zararlangan sohasi ochiq qoldiriladi).

II-III darajada namlangan teri yuzasiga malham 0,5% rezorsin eritmasi yoki 1,25% kumush nitrat eritmasi,yoki 0,1% rivanol eritmasi, yoki aralashma tavsiya etiladi.

Kvars (bakterisid, qurituvchi ta'sirga ega) yaxshi terapevtik ta'sirga ega.


Kindik va teri koplamlarining noinfeksion kasalliklari

Fungus tushinchasi.Yiringli-yallig’lanish kasalliklarining sababi parvarish nuqsoni va stafilokokkli infeksiya hisoblanadi. Shartli patogen ichak florasi (ichak tayoqchasi, proteylar, klebsiellalar, enterobakteriyalar), shuningdek, ko’k yiring tayoqchasi.Kasallik manbai bo’lib, surunkali infeksiya o’choqlari, onadagi latent kechuvchi infeksiya, tug’ruq yo’llari infisirlanishi, chaqaloqlar parvarishi uchun ishlatiladigan buyumlarning infisirlanishi hisoblanadi.

Tibbiyot xodimlarining epidemiologik rejimni buzishi xam kasallikning rivojlanishiga sabab bo’ladi.

Patologik jarayon lokal va tarqoq infeksiya ko’rinishida kechadi.

Umumiy tarqoq infeksiya - sepsis yuzaga kelishi mumkin.Kattalardan farqli, bolalarda infeksiyaning generalizasiyalangan yallig’lanish jarayoni vujudga keladi.

Piodermiya - bu terining yallig’lanish kasalligidir. Chaqaloqlarga piodermiya tashhisi qo’yilsa, ular shifoxonaga yotqizilishi va izolyasiya qilinishi zarur. Bunday chaqaloqlarni parvarishlashda steril choyshablardan foydalanish kerak.

Vezikulopustulez.Terining yiringli zararlanishi bo’lib, chaqaloqlarda va bir oylik bolalarda ko’p uchraydi. Bu kasallik seroz - yiringli pufakchalar bilan to’la ajralmalar bilan xarakterlanadi, bu pufakchalar asosan tabiiy burmalarda, ko’krak qafasida, oyoq-qo’llarda joylashadi.Pustulalar soni turli xil bo’lib, yallig’lanish vali bilan o’ralgan bo’ladi.Toshmalar soni kam bo’lsa, bolaning umumiy ahvoli o’zgarmaydi.Tana harorati normal, ba'zida, subfebril bo’ladi.

Davosi - mahalliy: 96°C spirtli tampon bilan pufakchalarni tozalash, brilliant ko’ki surish tavsiya etiladi. UBN (ultra binafsha nuri) tavsiya etish ham maqsadga muvofiqdir.

Chaqaloqlar sachratqisi- ko’pincha bola hayotining birinchi haftasida rivojlanadi, bo’yinda, qorinda, oyoq-qo’llarda yuzaki pufakchalar paydo bo’ladi (diametri 0,5-2 sm), xira suyuqlik bilan to’lgan bo’ladi.

Pufakchalar tez yoriladi, yuzasi eroziyalangan, qonashga moyilligi yuqori bo’ladi.Toshmalarpolimorf ko’rinishga ega.

Eroziyalangan sohalarning epitelizasiyasi tez bo’ladi, uning o’rnida oq pushti dog’lar qoladi.Terida ko’pgina pufakchalar paydo bo’lsa, bolaning umumiy ahvoli yomonlashadi, tana harorati 38-39°C gacha ko’tariladi. Bola holsiz, injiq tana vazniga kam qo’shiladi va ko’krakdan bosh tortadi.

Davosi. Toshmalar kam bo’lsa, mahalliy davo o’tkaziladi: steril igna yoki qaychi bilan pufakcha yoriladi, keyin steril tampon bilan pufakcha tozalanadi, eroziyaga brilliant ko’ki surtiladi. UBN tavsiya etiladi.

Og’ir holatlarda qo’zg’atuvchining antibakterial doriga sezgirligini aniqlab davo o’tkaziladi, dezintoksikasion, simptomatik va vitaminoterapiya buyuriladi.



Ritterning eksfoliativ dermatiti

Bu kasallik sachratqining og’ir shakli hisoblanadi. Kasallik bola hayotining birinchi kunida yuzaga keladi va og’iz atrofi va kindikda giperemiya paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. Jarayon tezda oyoq-qo’llarga, ko’krak qafasiga tarqaladi. Keyinchalik epidermis ostida ekssudat to’planadi, "pufak" paydo bo’ladi, tezda yoriladi va eroziyaga aylanadi.

Oyoq-qo’llarida terisi plastinkali ko’chadi (bemor II-darajadagi kuyish ko’rinishini oladi). Oqibati yomon.

Davosi.Sepsis kasalligidagidek davo buyuriladi. Mahalliy davo steril igna yoki qaychi bilan pufakcha yoriladi va steril paxtali tampon bilan tozalanadi, keyin eroziya joyiga metil ko’ki yoki brilliant ko’ki surtiladi, gormonal malhamlar bilan steril salfetka qo’yiladi ("Sinapar", "Lokakorten").

Psevdofurunkulez (terining ko’pgina abssesslari)

Ter bezlarining kirish joyida yallig’lanish jarayoni rivojlanadi. Chaqaloqlarda va bir oylik bolalarda ter bezlarining chiqish yo’li keng bo’ladi. Ensa sohasida, ko’krak qafasining orqa qismida no’xotdan yong’oq o’lchamigacha bo’lgan tugunlar paydo bo’ladi (infiltrasiya bosqichi).

Yallig’lanisho’chog’i markazida flyuktuasiya yuzaga keladi.Absess kesilganda quyuq yashil-sariq tusli yiring ajraladi.Yallig’lanisho’chog’i bitganda o’rnida chandiq qoladi.

Bolalarda ko’pgina absesslar umumiy intoksikasiya belgilari bilan kechadi: yuqori tana harorati, holsizlik, distrofik o’zgarishlar. Kasallik uzoq to’lqinsimon kechadi.

Davosi umumiy va maqalliy terapiyanio’z ichiga oladi. Mahalliy davosi kasallik bosqichlariga bog’liq: infiltrasiya bosqichida Vishnevskiy yoki ixtiol malxami, yoki aloe bilan bog’lam qo’yiladi;

Keyin flyuktuasiya xirurgik yo’l bilan kesiladi, so’ngra natriy xloridning gipertonik eritmasi yokistafilokokkli bakteriofag bilan steril boylam qo’yiladi.



Omfalit- kindik sohasida teri va teri osti yog’qavatining yallig’lanishi hisoblanadi. Yallig’lanish jarayonining xarakteriga qarab, kataral, yiringli va nekrotik omfalit farqlanadi.

Kataral omfalit ("nam (ho’l) kindik") infisirlangan kindik yarasining sekin epitelizasiyasi natijasida yuzaga keladi, uzoq vaqtgacha namlik saqlanadi, keyin granulyasiya (fungus) bilan qoplanadi, uning yuzasida seroz yoki seroz-yiringli ajralma paydo bo’ladi. Yiringli yuzaning bitishi bir necha haftagacha davom etadi. Bolaning umumiy ahvoliqoniqarli bo’ladi.

Yiringli omfalit yallig’lanish jarayonini kindik va kindik atrofi to’qimalariga tarqalishi bilan xarakterlanadi. Kindik yarasidan ajralgan ajralma yiringli xarakterga ega bo’ladi. Kindik atrofida teri giperemiyalangan, shishgan va teri bir oz bo’rtib chiqqan bo’ladi. Qorin oldingi devori tomirlarining kengayishi xarakterlidir, agar yallig’lanish jarayoni kindik tomirlarigacha borsa, kindik tomirlari qalinlashadi va kindik aylanasining yuqori va pastki qismida tasmadek

paypaslanadi. Chaqaloqning umumiy ahvoli o’zgaradi, tana harorati ko’tariladi, ishtahasi pasayadi, vazni kam qo’shiladi yoki vazn qo’shilishi sekinlashadi, periferik qonda yallig’lanishga xos belgilar aniqlanadi.

Nekrotik omfalit odatda kam uchraydi, organizmning qarshilik funksiyasi pasayganda yuzaga keladi.

Kindik atrofining terisi to’q qizil ko’k rangda bo’ladi. Nekroz tezda terining barcha qavatlariga tarqaladi, nekrozga uchragan to’qima keyinchalik ajraladi va qorin bo’shliqi organlarining eventrasiyasi (tushish) yuzaga keladi. Omfalitning bu shakli eng og’irhisoblanadi, yaqqolintoksikasiya rivojlanadi va sepsis bilan asoratlanadi.



Davosi. Kunlik davo o’tkazishni talab etadi, kindik yarasi perekis vodorodning 3% li eritmasi, keyin 70% spirt va 5% kaliy permanganat bilan tozalanadi. Agar kindik yarasidan ajralma ko’proq ajralsa, natriy xloridning gipertonik eritmasi bilan boylam qo’yiladi.Mahalliy davo uchun stafilokokkli bakteriofag qo’llaniladi.Kindik yarasini epitelizasiyasini tezlashtirish uchun UBN (ultra binafsha nuri) qo’llaniladi.

Bolaning umumiy ahvolio’zgarganda va infeksiya generalizasiyalashganda umumiy terapiya o’tkaziladi.

Kindik fungusi (granulema). Kindik yarasining tubida diametri 1-3 sm keladigan qo’ziqorinsimongranulyasiyaning o’sishi bilan xarakterlanadi. Kindik yarasi tozalangandan keyin granulyasiya lyapis yoki 5%li kumush nitrat bilan kuydiriladi.

Yiringli mastit chaqaloqlar ko’krak bezlarining fiziologik shishi fonida paydo bo’ladi. Bu kasallikning rivojlanishiga terining mexanik zararlanishi va piodermiya sabab bo’ladi. Ko’pincha yallig’lanish jarayoni bir tomonlama bo’lib, giperemiya, shish, markazda to’qimalar yumshoqligi kuzatiladi.Bezning chiqish yo’lakchalaridan yiring ajraladi.Flegmona bilan asoratlanadi.

Yiringli kon'yunktivitqovoqlarning giperemiyasi va shishi bilan xarakterlanadi. Ko’z tomirlari in'esirlanadi (tomirlar kengayib, qizaradi).Ko’zlardan yiringli ajralma keladi. So’zak kasalligiga mikrobiologik va bakteriologik tekshiruv o’tkazish kerak.

Davosi.Steril fiziologik eritma bilan yuvish, keyin 20%li sulfasil natriy yoki qo’zg’atuvchining antibiotiklarga sezuvchanligi aniqlangan bo’lsa, shu antibiotik qo’llaniladi.Ko’z malxamlari qo’llaniladi.

Davo va parvarish maxsus chaqaloqlar patologiya bo’limlarida olib boriladi.

Yiringli septik kasalliklarda umumiy terapiya

- Antibakterial davo

- Dezintoksikasion davo

- Immunoterapiya

- Vitaminterapiya

- Xirurgik davo



Sklerodermiya - son, boldir, chov, genitaliy sohalarining o’ziga xos shishi va keyinchalik teri va teri osti sohasining qattiq shishi bilan xarakterlanadi.

Zararlangan sohada teri qattiq, oq-ko’kimtir tusda, burmalar hosil qilmaydi, bosganda chuqurcha qoladi.

Sklerodermiyaning yuzaga kelishida infeksion kasalliklar, gipoksik va septik holatlar, oziqlanishning yetarli bo’lmasligi muhim ahamiyatga ega. Sklerodermiya bola hayotining 2-4 kunida yoki keyinroq paydo bo’ladi.

Kasallikni og’ir kechishida bola organizmining barcha qismlari, tovon va kaft ham zararlanadi.

Bolaning umumiy ahvoliog’ir, kam harakatli yoki umuman harakatsiz, holsiz, ishtahasi yo’qolgan bo’ladi.Oqibati yo’ldosh kasalligiga bog’liq, agar bola yaxshi parvarishlansa, isitilsa, rasional ovqatlantirilsa bir necha haftadan so’ng tuzaladi.

Davosi asosan, chaqaloqni isitishga qaratilgan (bolani kuvezda parvarishlash, "sollyuks" va boshqa isitish vositalaridan foydalanish), bolani isitganda isitish vositalaridan ehtiyotlik bilan foydalanish zarur, bundan tashqari massaj qilish va infeksion kasalliklarini davolash kerak.

Zararlangan sohaga kuniga bir marta "yodli setka" qilish, 10 minutdan keyin yodni 70 %li spirt bilan artib tashlash zarur.

Bu kasallikda bolalarda giperkalsiemiyaga moyillik yuqori bo’lganligi sababli, 2 oygacha vitamin D va kalsiy preparatlari tavsiya etilmaydi.

Profilaktikasi - bolani sovuq qotishdan asrash, yaxshi parvarishlash.



Sklerema- teri va teri osti yog’ qavatining og’ir kasalligi bo’lib, chala tug’ilganlarda va kuchsiz bolalarda hayotining birinchi haftasi oxirlarida rivojlanadi. Son, boldir, yuz, dumg’aza, ko’krak qafasi, yuqori oxirlarda teri va teri osti yog’ qavatining toshdek qattiqligi yuzaga keladi.

Zararlangan, qattiqlashgan sohalarda teri burmalarini yig’ib bo’lmaydi, bosganda chuqurcha qolmaydi. Teri sovuq, oq yoki qizil-ko’kimtir, ba'zida sariq tusda bo’ladi.Yuzi maskasimon, oyoq-qo’llarda harakat pasaygan bo’ladi.

Kaft, tovon, yorg’oq sohalarida qattiqlashish kuzatilmaydi.Chaqaloqlarda tana harorati tushishi, ishtaqa pasayishi, arterial bosim pasayishi kuzatiladi.

Kasallik sababi aniq emas, sepsis yoki boshqa infeksion kasalliklarning klinik ko’rinishi hisoblanadi.



Davosi.Bolani to’g’ri parvarishlash, rasional ovqatlantirish, infeksion kasallikni kompleks davolash, bolani isitishga qaratilgan.

Zararlangan sohaga kuniga bir marta "yodli setka" qilinadi. Chala tug’ilganlarda, 5%li yodni qo’llash qalqonsimon bez funksiyasini buzilishiga sabab bo’lishi mumkin, buni shifokor hisobga olishi kerak.Kasallikning oqibati asosiy kasallikni kompleks davolashga bog’liq bo’ladi.



Lokal yiringli infeksiyalarda bemorning asosiy muammolari:

Hozirgi: tana haroratining 38°C gacha ko’tarilishi, teri va shilliq qavatlardagi yiringli o’choqlar paydo bo’lishi.

Potensial: ishtahasizlik, holsizlik, uyquning buzilishi, qo’zg’aluvchanlik, yig’loqilik, vaznning kam qo’shilishi, qusish, ko’krakdan bosh tortish, teri va shilliq qavatlar butunligining buzilishi, infiltrasiya, teri sog’lom sohalarining infisirlanishi, mahalliy yallig’lanish jarayonining generalizasiyalashgan infeksiyaga o’tishi.

Ustivor: teri va shilliq qavatlarda yiringli o’choqlar mavjudligi.


Nazorat savollari.

1.Chaqaloqlarda terining qaysi bir xususiyatlari bolalik davrlarida teri kasalliklarining ko’p uchrashiga sabab bo’ladi

2. Teri va kindikning noinfeksion va infeksion kasalliklarini sanab o’ting.

3. Yiringli septik kasalliklarda xamshiralik jarayoni qanday olib boriladi.

4. Chaqaloqlarda bichilish va omfalitlar kuzatilganda onaga qanday tavsiyalar beriladi

5. Piodermiyaning eng ko’p uchraydigan klinik belgilarini aytib bering.




CHAQALOQLAR SEPSISIDA HAMSHIRALIK JARAYONI VA PARVARISHI

Sepsis –og’ir infeksion kasallik bo’lib, bakterial florani infeksiya o’chog’idan qonga, limfatik tugunlarga, barcha organ va to’qimalarga tarqalishi bilan xarakterlanadi. Chaqaloqlar sepsisi lokal infeksiyalarning asorati va aseptika qoidalarini buzilishi natijasida kelib chiqadi, yomon oqibat bilan tugaydi, ko’p xollarda bolalar o’limiga sabab bo’ladi. Chaqaloqlarda bu kasallikning kechishi tezkor xarakterga ega ekanligi bilan farqlanadi.

Uzluksiz profilaktik tadbirlardan biri - tibbiy xodimlarga gigiena talablari normativlarini o’rgatish, xodimlar kvalifikasiyasini oshirishdan iboratdir.

Neonatal sepsis - tizimli infeksion kasallik bo’lib, o’ziga xos klinik simptomlar bilan kechadi, qonni bakteriologik tahlilida musbat natijalar kuzatiladi.Kechki sepsis nozokomial (kasalxona ichi, gospital) kasallik bo’lib, ba'zi hollarda infeksiya ona organizmidan o’tishi mumkin.Chuqur chalalik bilan tug’ilgan bolalarda bu klinik simptom asosiy klinik muammolardan biri hisoblanadi.

Kechki sepsisda kasallik asoratlarining ko’p uchrashi, chaqaloqlarni uzoq vaqt shifoxonada yotishi, o’lim ko’rsatkichi yuqoriligi xarakterlidir.



Etiologiyasi. Yetuk tug’ilgan chaqaloqlarda sepsisning asosiy etiologik omili quyidagilar hisoblanadi: tilla rang stafilokokk (50-60%) va grammanfiy flora (36%). Chala tug’ilganlarda 60-70% holatlarda grammanfiy bakteriyalar sabab bo’ladi.

Rivojlangan mamlakatlarda erta sepsisning asosiy qo’zg’atuvchisi B guruhidagi streptokokklar, ichak tayoqchalari (E.coli), enterokokklar, listeriyalardir.Kechki sepsisning etiologiyasida asosan stafilokokk, zamburug’lar yotadi, B guruhidagi streptokoklar qo’zg’atuvchiligi past bo’ladi.

Sepsisning rivojlanish omillari:

- onadagi surunkali infeksiya o’chog’i;

- homilaning yetilmasligi, chalalik

- tug’ma gipotrofiya;

- tug’ruq jarohatlari, chaqaloqlar gemolitik kasalligi;

- uy sharoitida va tug’ruqxonada parvarishning buzilishi, sanitar- epidemiologik holatlarning buzilishi;

- teri va kindik kasalliklari.

Patogenezi. Infeksiya tushgan o’rnida yallig’lanishning birlamchi o’chog’i paydo bo’ladi (omfalit, vezikulopustulez va boshqalar), birlamchi o’choq sohasi atrofi to’qimalari va tomirlar zararlanadi.

Bola organizmining himoya fuknsiyasi pasayishi natijasida bakteriyalar tezda ko’payadi, o’zidan toksin ajratib chiqaradi, qonda massiv bakteriemiya, toksemiya rivojlanadi bu esa sensibilizasiyaga sabab bo’ladi. Qo’zg’atuvchining organlarga joylashib olishi natijasida metastatik o’choqlar paydo bo’ladi. Mikrob va toksinlarning ta'siri, asab nazoratining buzilishiga, organ va tizimlarning zararlanishiga, disfunksiyasiga olib keladi. Kelib chiqishiga ko’ra, homila ichi va postnatal (neonatal) sepsis ajratiladi. Infeksiyaning kirish darvozasiga bog’liq holda quyidagi turlarga bo’linadi, kindik, o’pka, teri, ichak, kateterizasion, kriptogen (kirish darvozasi aniqlanmagan).



Klinikasi. Chaqaloqlar sepsisi morfologik ko’rinishi va klinik kechishiga qarab, ikki turga ajratiladi:

- septisemiya

- septikopiemiya

Quyidagi simptomlar kasallikning darakchisi hisoblanadi: kindik qoldig’ining kech tushishi, ko’p qusish va chaqaloqlarda sariqlikning uzoq muddat saqlanishi. Kasallikning boshlanishida intoksikasiya belgilari xarakterli simptomlar hisoblanadi.



Septisemiya – sepsisning yiringli o’chog’i aniq bo’lmagan shakli, ko’pincha chala tug’ilganlarda kuzatiladi. Bolada harakat, so’rish, reflektor aktivlik pasayadi, subfebrilitet, gipotoniya, qayd qilish, meteorizm, dispeptik buzilishlar kuzatiladi. Bola tana vazni qo’shilmaydi, tana vazniga qo’shilish standart siljish dinamikasi doimo manfiy bo’ladi, intoksikasiya o’sib boradi. Teri qoplamlari oq-kul rang, marmar tusga kiradi, akrosianoz, qon aylanish etishmovchiligi va mikrosirkulyasiyaning buzilishi natijasida kelib chiqadi. Yurak tonlari bo’g’iq, aritmik, yurak chegaralari kengaygan. Jigar va taloq kattalashadi. Teri osti yog’ qavati kerikkan, shishgan bo’ladi, qorinda venoz qon tomirlar kengayadi. Og’ir hollarda gemorragik sindrom rivojlanadi.

Buyrak tomondan - oliguriya, proteinuriya, siydik tahlilida eritrositlar, leykositlar aniqlanadi.

Ovqat hazm qilish tizimida - qayd qilish, meteorizm, dispepsiya kuzatiladi.

Kasallik kechishi uzoq, to’lqinsimon. Sariqlik, anemiya, distrofiya kuzatiladi. Og’ir hollarda - gemorragik sindrom. Petexiya, melena, qon bilan qusish, shilliq qavatlardan, kindik yarasidan, in'eksiya o’rnidan qon ketish kuzatiladi va DVS-sindrom rivojlanadi.

Septikopiemiyada zararlangan organ simptomlari (yiringli metastatik o’choqlar) qo’shiladi. Ko’pincha yiringli meningit, osteomielit, pnevmoniya, enterokolit, paraproktit va boshqalar kuzatiladi. Septikopiemiya o’tkir, yuqori harorat bilan kechadi, toksikoz rivojlanadi, keyinchalik yaqqol gipotrofiya aniqlanadi. Ba'zida sepsisning ikkala varianti ham bir-biri bilan birga kelishi mumkin. Chala tug’ilgan bolalar uchun aniq klinik manzaraning bo’lmaslig ixarakterlidir. Bolada holsizlik, tan avaznining orqada qolishi kuzatiladi. Bolaning umumiy ahvoli og’ir bo’ladi.

Kasallikning quyidagi kechish variantlari farqlanadi:

-o’ta o’tkir (molnienos) (1-7 kun)

-o’tkir (4-8 hafta)

-cho’ziluvchan (8 haftadan yuqori).

O’ta o’tkir kechishi uchun septik shok xarakterlidir.



Asorati. Eng ko’p uchraydigan asoratlaridan biri DVS-sindrom, disbioz, yarali-nekrotik enterokolit hisoblanadi.

Tashhislash. Tashhis qo’yish uchun anamnez e'tiborga olinadi (homiladorlikning kechishi, onadagi surunkali infeksiya o’choqlari, chaqaloqlik davri kasalliklari), sepsisning klinik kechishi xususiyatlaridan biri - umumiy qon taqlilidagi o’zgarishlar (leykositoz, neytrofilez, EChT oshishi, eritrositlar va gemoglobin sonining kamayishi), qonni sterillikga tekshirish (2-3 marta), bakteriologik tekshiruv natijalari - birlamchi o’choqdan aniqlangan florani antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlash. Yiringli o’choqdan ajralgan ajralmada va qonni ekkanda floraning aniqlanishi muhim ahamiyatga ega. Agar sepsisning klinik manzarasi yaqqol bo’lsa, lekin qon sterillikga tekshirilganda natija manfiy bo’lsa ham, sepsis tashhisi qo’yiladi.

Sepsisning davosi qo’zg’atuvchini yo’qotishga, surunkali infeksiya o’choqlarini sanasiyasiga qaratilgandir. Antibakterial terapiya qo’zg’atuvchining antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlab, 2-3 antibiotiklar bilan 10-15 kun davomida maksimal yoshiga mos dozalarda keyinchalik dori vositalarini almashtirish bilan olib boriladi. Polusintetik penisillinlar, sefalosporinlar, aminoglikozidlar tavsiya etiladi.

Dezintoksikasion terapiya, kuchaytirilgan diurez, ko’proq suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Organizm qarshilik kuchini ko’tarish uchun maxsus davo antistafilokokkli plazma, antistafilokokkli gamma-globulin, stafilokokkli bakteriofag buyuriladi. Moddalar almashinuvini yaxshilash maqsadida vitaminoterapiya (C, B, A, Ye vitaminlar guruhi) buyuriladi. Antibiotiklar buyurilganda disbakterioz profilaktikasi uchun biopreparatlar: laktobakterin, bifidumbakterin, bifikol tavsiya etiladi. Simptomatik va sindromga qarab davo kursi olib boriladi. Infeksiya o’chog’iga mahalliy davo qilinadi. DVS-sindromda - geparin, plazma, reopoliglyukin, trental, kontrikal buyuriladi. Bolalarga tabiiy ovqatlantirish tavsiya etiladi. Og’ir hollarda sog’ilgan ko’krak suti so’rg’ich yoki oshqozon zondi orqali yuboriladi. Rekonvalessensiya davrida massaj, davo gimnastikasi, toza havoda sayr qilish, gigienik muolajalar, ultrabinafsha nurlari tavsiya etiladi.



Oqibati.Qo’zg’atuvchining virulentligiga, immunitet holatiga, bolani yoshiga, o’z vaqtida va adekvat buyurilgan davoga bog’liq.

Profilaktikasi.

Kasallik profilaktikasi bola tug’ilgungacha olib boriladi. Profilaktika quyidagilarni o’zichiga oladi:

- homiladorlikning erta muddatlaridan boshlab, homilador ayolni kuzatuvi (birinchi 1,5-2 oylarida);

- onadagi o’tkir va surunkali kasalliklarni davolash;

- homilador ayolning kun tartibi va ovqatlanishini to’g’ri tashkil qilish, ochiq havoda ko’proq sayr qilish;

- homiladorlik asoratlarini oldini olish va o’z vaqtida davolash;

- chaqaloqlarda sepsisning oldini olishda onasining shaxsiy va umumiy gigienaga rioya qilishi muxim ahamiyatga ega.

- tug’ruq vaqtida va chaqaloqni parvarishlashda aseptika qoidalariga rioya qilish;

- chaqaloqni erta ko’krakga qo’yish;

Sepsisda bemor muammosi.

Hozirgi: yiringli o’choqlar mavjudligi, tana vaznini yo’qotish, tana haroratining 39°Cgacha ko’tarilishi, qayd qilish;

Potensial: gipertermiya, teri qoplamlari butunligining buzilishi, ishtaqasizlik, jarayonning generalizasiyasi, ozish, holsizlik va lanjlik, harakat aktivligi pasayishi,

qo’zqaluvchanlik, bezovtalik yoki apatiya, teri va shilliq qavatlari quruqligi, qayd qilish, ich ketishi.



Ustivor: yiringli o’choq mavjudligi (omfalit)
Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish