Zohiriy ruknlar:
1. G‘iybat, yolg‘on, bo‘hton, behuda so‘zdan tilni tiyish.
2. Nojo‘ya, noma’lum so‘zlardan quloqni bekitish.
3. Ko‘rish nojoiz narsalardan ko‘zni yumish.
4. Harom narsalardan qo‘lni tortish.
5. Borish man qilingan joylardan oyoq tortish, gunohga sabab
bo‘ladigan g‘ammozlik, gap tashish, ziyon-zahmat ishlarga qadam
qo‘ymaslik.
6. Harom ovqatdan tiyilish, zinodan saqlanish.
Botiniy ruknlar:
1. Saxovat.
2. Tavoze’ (kamtarlik).
3. Qanoat.
4. Avf va marhamat.
5. Kibr va g‘urumi tark etish.
6. Qubr (ko‘ngil dunyo tashvishlaridan tozalanib), do‘st (xudo)
muhabbatining makoniga, ishq sultoni o‘tiradigan taxtga aylanishi.
Asarda keltirilishicha, Futuwatning sharti 71 ta bo‘lib, uning 48
tasi vujudiy, 23 tasi azaliydir. Vujudiyga: islom, imon, aql, ilm, hilm
(yumshoqlik), zuhur, (taqvo), vara’ (parhez), sidq, karam, muruwat,
shafqat, ehson, vafo, hayo, tavakkul, shijoat, ayrat, sabr, istiqomat,
377
nasihat, nafs tahorati, olihimmatlilik, sirni yashirish, rahmdillik, shariat
rioyasi, amri ma 'rufni bajarish, ota-ona hurmatini bajo keltirish, ustoz
xizmatida bo*lish, hamsoya haqqini ado etish, tilga faqat savobga
qaratilgan kalomni keltirish, ko ‘p bilib oz gapirish, ya 'ni bilim
mo ‘lligidan sukut saqlash, halollikni talab etish, salom odobini bajo
keltirish, yaxshilar va poklar bilan suhbatlashish, oqillar bilan
suhbatlashish, shukr qilish, mazlumlarga yordam, yetim-yesirlar, yolg‘iz
kishilar holini so ‘rab turish, fikrat (o \'y-fikr, andisha) va ibrat ko ‘rsatish,
ixlos bilan amal qilish, omonatga xiyonat qilmaslik, shaytoniy nafsga
qarshi dushmanlik ko ‘rsatish, insof chizig‘idan chiqmaslik, rozilik
hissini yo ‘qotmaslik, kasallarni ko ‘rishga borish, nokaslardan uzoqda
turish, doimiy zikr bilan band bo ‘lish (xudoning nomini tilga olib turish)
kabilardir.
Futuwatning barcha qoida-nizomlari ustoz yordamida sinovdan
o‘tgan va bel bogiash shartlari, shogird tushish shartlari bajarilgach,
jamoaga qabul etilgan.
Asarda eng muhimi tariqat ahlining odobi haqidagi fasllardir. Unda
tariqat ahlining ko‘nglini asrash, kz, quloq, til, qorin, ogiz, q o i va
farj (tanosil a’zosi)ni saqlash odobi, tariqat arbobi va ularning
toifalarining odobi, taqvodorlar (xonaqo) odobi, oiirish odobi, suhbat
odobi, taom yeyish va suv ichish odobi, kiyinish va safar odobi,
mehmon kutish, yoida yurish odobi, salom berish, kasal ko‘rishga
borish, janoza, ta’ziyaga borish odoblari, kasbkor, savdo-tijorat odoblari,
ma’rakaga borish odoblari bayon etilib, turmush odobiga oid har bir
xatti-harakatning uslubi bayonini ham o‘z ichiga oladi. So‘ng turli kasb
egalarining odobi, faoliyati ta’riflanadi.
Shu asnoda yuqoridagi juvonmardlar qoida talablaridan, umuman
tarbiya tajribasidan hozirgi davrda qanday foydalanish mumkin, degan
fikr tugiladi. Yoshlaming taiim-tarbiyasiga o‘mi-o‘mi bilan bu
talablami singdirib borish, ulaming hozirgi davrga moslaridan tanlab
olish juda muhim. Zero, Husayn Voiz Koshifiyning bu asari o6z-o‘zicha
paydo boimagan, albatta. Javonmardlar haqida ko‘p taiimiy-axloqiy
asarlarda yaratilgan. Xususan, Kaykovusning «Qobusnoma» asarining
oxirgi 44- bobi ham javonmardlikka bagishlangan.
Xullas, Husayn Voiz Koshifiyning «Futuvvatnomai Sultoniy» asari
mundarijasi va mazmunidan ham ko‘rinib turibdiki, mazkur asar
yoshlami har tomonlama yetuk komil inson sifatida kamolotga
yetkazishda ma’ naviy-ma’ rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
378
4.8. ZAHIRIBBIN MUHAMMAD BOBURNING MA’RIFIY-
PEDAGOGIK QARASHLARI
Zahiriddin Mtih^mmad Sobiur (1483-1530) tarix maydonida
paydo boigan davr juda murakkab va ziddiyatli edi. Otasi Umar Shayx
Mirzo vafotidan so‘ng Bobur o‘n ikki yoshida Farg‘ona taxtiga
o‘tirganda jahonda eng qudratli temuriylar davlati parchalana
boshlagandi. Katta-kichik temuriyzodalaming taxt uchun o‘zaro qonli
to‘qnashuvlari? siyosiy boshboshdoqliklar markazlashgan davlat milliy
birligi va qudratiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatgan edi. Ana shunday
alg^ov-dolg^ovli qonli kurashlar avj olgan davrda Farg6onaning hokimi
sifatida tarix sahnasida paydo bo‘lgan Zahiriddin Muhammad Bobur
oldida Amir Temur saltanatini saqlab qolish, temuriyzodalar orasida
nifoq, toj-taxt talashishlar o‘miga do4stlik, hamkorlik, birodarlikni milliy
hamjihatlikni kuchaytirish, mamlakatni tashqi dushmanlar hamlasidan
saqlab qolishdek buyuk maqsadlar turardi. Bu masalada u imkon
doirasida qoiidan keladigan hamma ishni qildi. Biroq tarixiy sharoit
unga y o i bermadi.
Nadomatlar boigaykim, taqdir Bobumi Movarounnahmi tark
etishga majbur etdi. U avval Afg‘onistonni, so‘ngra Hindistonni qo‘lga
kiritib, uch asrdan ko6proq davom etgan Buyuk Boburiylar saltanatiga
asos soldi. Hindistonda Bobur asos solgan davlat 332 yil davom etdi.
Bobur avlodidan olti shaxs, ya’ni Bobur, Xumoyun, Akbar, Jahongir,
Shoh Jahon, Avrangzeb Hindistonda uzoq davr podshohlik qildi. Bu
yillar Hindiston uchun katta ijobiy o6zgarishlar davri boidi.
Bobur Mirzo davlati va hokimiyati, asosan, ilm-fan, ma’daniyat va
ma’rifat kuchiga asoslangan. Ilmga, fanga, aql-idrok va tafakkurga
asoslanmagan davlat va jamiyatning istiqboli yo6qligini Bobur
hammadan ko6ra aniq va chuqurroq tushungan.
Bobur o6zining asarlari, ruboiylari, ma’naviyat, odob-axloqqa oid
o6gitlari va taiimotida davlatni boshqarish, xalq bilan muomala qilishda
ilm-ma’rifatning ahamiyati bebaho ekanligini bot-bot qayd etgan.
Bobur ham sohibqiron Amir Temur va donishmand shoh Mirzo
Ulug6bek singari doimo olim va fozillar, san’at va adabiyot ahllari,
faylasuf va huquqshunoslar, tajribakor kishilar bilan yaqin aloqada
boigan, maslahatlashgan, turli ilmiy suhbatlar va muzokaralar
uyushtirgan, ayni paytda, ularga homiylik ham qilgan. Amir va beklar,
fozillar, adabiyot va san’at ahllari yo6l-yo6riq, maslahat olish niyatida
Bobur Mirzo huzuriga tez-tez mashvaratda bo6lib turilgan. Bobur
379
Do'stlaringiz bilan baham: |