mulohaza yuritib, ko‘p gapirishdan o‘zini tiya bilishi zarur:
«Agar
tilingni saqlay olmasang tizginingni uchini shaytonga topshirgan
blursan. Tilingni saqla, ortiq so ‘zlama», deydi mutafakkir. Ko‘p
gapirishlik, safsatabozlik inson qadrini yerga uradi, noxush oqibatlarga
olib keladi. Mutafakkiming pand-nasihat qilishicha, tan jarohatini
tuzatsa bo‘ladi, lekin til jarohatini tuzatib boimaydi.
Az-Zamaxshariy to‘g‘rilik va poklikni ulugiaydi, ulami insonning
eng yaxshi fazilatlari sirasiga kiritadi. U Muhammad alayhissalomni eng
to‘g‘ri va pok inson deb, kishilami unga imon keltirishga undaydi.
Halollik va poklik inson xulqini bezaydi, uni kamolot sari yetaklaydi.
«Halol, pokiza kishi, — deydi olim, — doimo xotirjamu tinchlikdadir,
birovga xiyonatu yomonlik qiladigan kishi esa halokatga giriftordir».
Uning uqtirishicha, to‘g‘ri va pok yoidan bomvchi hech nimadan
qo‘rqmaydi, haybat bilan yuradi. Rostgo‘y kishi doimo va’dasiga vafo
qiladi. Yolg‘onchilik, firibgarlik esa insonning eng yomon illatidir.
«Aldamchilik va hiylakorlik bilan, — deydi az-Zamaxshariy, — bursaq
degan yirtqich hayvondan ham ko 'ra ba ’zi Bani odamlar kproq
aldamchiroqdir». O ‘zaro muomala munosabatining asoslaridan biri
rostgo‘ylikdir. Olim rostgo‘ylikni insonning eng yaxshi fazilatlaridan
biri, deb tushunadi. Agar kishi rostgo‘y boisa, hayotda ko‘p narsalarga
erishishi, xato va zalolatlardan qutula olishi mumkin. Yuqorida ta’kidlab
o‘tganimizdek, az-Zamaxshariy zamonasidan, podshohlaming adolatsiz-
ligidan zorlanib, ko‘pchilik fisqu-fasod, yolg‘onchilik, chaqimchilik va
bo‘hton bilan mashg‘ul ekanligini alam-iztirob bilan yozadi. Mutafakkir
ilm va kasb-hunar egallash, go‘zal insoniy fazilatlar va yuksak xulq-
odobli, barkamol insonni tarbiyalash to‘g‘risidagi g‘oya bilan bir
qatorda jamiyatdagi salbiy illatlami va adolatsizliklami qoralovchi
fikrlami ham ilgari suradi. Olimning fikricha, odamning botini-yu
zohiri, dili-yu tili bir boiishi kerak, shundagina u saxiy va salim boiadi.
«Odamlar ichidagi eng yaramasi xasisidir, ulaming ichidagi eng
yalqovi pastkashidir», - deydi mutafakkir. Ayniqsa, az-Zamaxshariy
nopok, gerdaygan, bilimsiz, takabbur odamlami tanqid ostiga oladi.
«Takabburlik hech bir kimsaning qadr-qimmati va uluvorligini ziyoda
qilmaydi, u bor yi dovul ichidagi shamoldan boshqa narsa emas», -
deb az-Zamaxshariy kibr sohiblarini haqiqiy insonlarga loyiq ishlami
bajo keltirishga da’vat etadi.
Az-Zamaxshariy odamlardagi tuban va jamiyatga xilof odatlami
fosh qilar ekan, ulami boylik va mol-mulkka hirs qo‘ymasdan eng
yaxshi savob va solih ishlami qilishga undaydi: «Ezgulik, xayrli ishlarga
300
astoyd.il kirish, ulami paysalga solih, keyin qilarman, deb ylardan voz
keeh, shayton yldan uradigan shoshma-shosharlik bilan emas,
tafakkur va idrok bilan ish tut».
Xullas, az-Zamaxshariyning ma’rifiy-axloqiy qarashlari tahlili shuni
ko‘rsatadiki, u o‘z davrining insonparvar mutafakkiri bo‘lgan, ijtimoiy-
siyosiy, huquqiy, ma’rifiy-axloqiy ta’limotida jamiyat, inson shaxsi va
fazilatlarini, inson huquqlarini yuksakka ko‘targan, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarga katta o‘rin bergan. Uning adolatli jamiyat,
yuksak axloqiy fazilatlar, komil inson, ta’lim-tarbiya, xulq-odob
to‘g‘risidagi ibratomuz so‘zlari, pand-nasihatlari, o‘gitlari, mustaqil
0 ‘zbekistonimizda barkamol va har tomonlama yetuk insonni
tarbiyalashga yordam berishi shubhasizdir.
Movarounnahrda fikh ilmi sohasida katta martabaga ega bo‘lgan
buyuk faqih olim Abui Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn Abdul Jalil al-
Farg‘oniy ar-Rishtoniy al-Marg‘inoniy (1123-1197) o‘zining «A1-
Hidoya» va boshqa asarlarida komil insonni tarbiyalash, pokiza hayot
kechirish yo‘llarini ko‘rsatib berdi.
Al-Marg‘inoniy o‘z hayoti davomida «Nashr ul-maz-hab»
(«Mazhabning tarqalishi»), «Kitob ut-tajnis va-l-ma-zid» («Fuqarolik
huquqini berish va ko'paytirish»), «Kitob ul-faroiz» («Meros taqsimi
haqida kitob»), «Majma ’
un-navozil» («Nozil bo ‘Igan narsalar
majmuasi»), «Manosik ul-Haj» («Haj marosimlari»), «Kitob ul-
mubtadiy» («Boshlov-chilarga ilk kitob»), «Kifoyat ul-muntahiy»
(«Tugallovchilarga tugal kitob»), «Kitob ul-Hidoya» («Tori yl
ko ‘rsatuvchi kitob») kabi asarlami yozdi.1
Al-Marg‘inoniy boshqa fanlarga qaraganda fiqh sohasida ko‘proq
shug‘ullandi va bu borada shayx ul-islom laqabini olishga muvaffaq
bo‘ldi. Fiqh bu islom qonunshunosligi va huquqshunosligi bo‘lib, fiqh
so‘zining o‘zi «chuqur bilim» ma’nosini, fiqh esa shu fan bilan
shug‘ullanuvchi olim ma’nosini bildiradi. Islom shariatida fiqh ilmini
o‘rganish ulug‘ ishlardan sanalgan. Shuning uchun ham, fiqh olim
Maqsudxo‘ja ibn Mansurxo‘ja: «Ilmi fiqhning boshqa ilmlardan
afzalligiga hadislar ko‘pdir va uning o‘zga ilmlardan behroq va
yaxshiroqligiga dalillar mashhurdir. Ilmi fiqhdan ta’lim olmoq
Qur’onning hammasini o‘rganmoqdan afzaldir, chunonchi, «Xulosa»
kitobida mazkurdir», deb yozgan edi.2
Do'stlaringiz bilan baham: