kimyo» san ’atining mohiyati va kimyogarlar uchun yordam»)
nomli
asarini yozgan. Bu asar muqaddima va 7 bobdan iborat boiib, unda olim
o‘z davridagi amaliy kimyoning asosiy masalalarini bayon qilgan. Shu
bilan birga muallif kimyo fani tarixida birinchi boiib, reaksiyaga
kirishuvchi moddalaming miqdoriy nisbati haqida so‘z yuritgan, bu
kimyoda ekvivalentlik tushunchasining paydo boiishi yoiida qo‘yilgan
birinchi qadamdir.
Professor H.Hasanov qomusiy olim Abu Abdulloh al-Xorazmiyning
«Mafotih al-ulum» asarini jug‘rofiya faniga bag‘ishlangan boiimining
ahamiyati benihoyat katta ekanligini ta’kidlab, o‘zining «Sayyoh
olimlar» kitobida quyidagi parchani keltiradi: «Yeming tuzilishi va
iqlimlari. Yerdagi ekvator chizigi osmon ekvatoriga ro‘para turadi.
Ayni shu ekvatorda osmonning janubiy va shimoliy pallalari ko‘riladi.
Ekvatorda tun va kun doimo barobardir.
Shahaming kengligi (arzi) uning ekvatordan uzoqligidir. Shahaming
uzunligi (tuli) uning sharqdan g‘arbgacha masofasidir, haqiqatda g‘arb
bilan sharqning nihoyasi (chekkasi) yo‘qdir. Chunki falakiyotdan
maiumki, ekvator doirasining har bir nuqtasi bir joyga nisbatan
sharqiydir, ikkinchi joyga nisbatan g‘arbiydir. Ammo «Sharq» deb
to‘ppa-to‘g‘ri aytilganda, ma’muraning sharqiy chekkasi tushuniladi,
shuningdek, «g‘arb» deganda ham ma’muraning g‘arbiy chekkasi
tushuniladi. Shu ikki nuqta (sharq bilan g‘arb) orasida Yeming yarmi
uzunlik bo‘ylab joylashgan. Yeming ma’mura «obod» qismi
(ekvatordan) shimol tomonda, Yer qismlarga taqsim qilingan, bir qismi
dengizlar bilan qoplangan va bepoyondir, uning chetiga yetib boimaydi,
chunki Muhit dengizlari yemi o‘rab turadi.
Ekvatordan shimolda odamlar yashagan o‘sha yer ma’mura deb
ataladi. Kankadiz shahri eng sharqda bo‘lib, Sin (Chin) mamlakati va
Voqvoqning chekkasidadir.
Sus al-Aqsi ma’muraning g‘arbiy chekkasidagi shahar Andalusning
nariyog‘ida, Rum dengizining janubiy tomonida. Shu ikkala shahar
orasida, Yeming yarmi uzunasiga joylashgan.
228
«Yeming qubbasi - Yeming markazidir. Xo‘jand bilan Shopurkon
bir (meridiandadir). Bu chiziq Yeming sharqiy pallasini g‘arbiy palladan
ajratib turadi. Bu chiziqdan yuqoridagi (sharqdagi) shaharlar, masalan,
Farg‘ona va Qoshg‘ar va Sin hamda Voqvoqgacha boiganlari - sharqiy
shaharlardir. U chiziqdan quyidagi (g‘arbdagi) shaharlar - masalan:
Shosh, Iloq, Usrushona, Samarqand va Buxoro to Susi Ahsigacha -
g‘arbiy shaharlardir».
Umuman, Abdulloh al-Xorazmiyning bu ta’riflari oikamiz
jo‘g‘rofiyasi va kartografiyasi uchun qimmatli kashfiyotdir.
Olimning «Mafotih ul-ulum» qomusiy asarining jahon madaniyati
va fani tarixida tutgan o‘mi beqiyosdir. Qomusiy bilimga ega
boiganligi, arab, fors, yunon, suriyon, sanskrit va boshqa tillami yaxshi
bilganligi tufayli Abu Abdulloh al-Xorazmiy o‘rta asrdagi mavjud
barcha fanlami ipidan ignasigacha turkumlarga boiib chiqdi va bu
masalalami falsafiy va ma’rifiy-pedagogik nuqtayi nazarlardan hal qildi.
U ilmlaming turli sohalarini oddiy sanab o‘tish bilan cheklanmay, balki
qarab chiqilayotgan bilimning har bir sohasining predmeti va
vazifalarini, xarakterli xususiyatlarini aniqlashga intilishi, shubhasiz,
diqqatga sazovor va muayyan pedagogik va metodik ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, Abdulloh al-Xorazmiy tasnifida turli fanlar bir-biri
bilan bogiiqligini inkor etmasdan, balki o‘zaro aloqada olib tekshiradi.
Olim insonning bilish qobiliyatlarini o‘rganuvchi fanlami tasniflaganda
«tarix-xotiraga, she 'riyat tasawurga, falsafa xulosaga, mantiq esa
pedagogik ilmlarga tegishlidir» degan mantiqiy-ilmiy xulosaga keladi.
Bu esa Abu Abdulloh al-Xorazmiy kuzatishlarining nozikligidan, uning
chuqur bilimlarga ega boiganligidan, har bir fan sohasiga ilmiy
yondoshganligidan dalolat beradi. Shu bois ham «Mafotih ul-ulum»
asaridagi barcha fanlarga berilgan ta’riflar hozirgi kunda ham o‘zining
qimmatini yo‘qotmagan.'
Al-Masihiy (977-1011)
«Ma’mun akademiyasi»da falsafa,
psixologiya, tibbiyot, etika, (axloq) masalalari bilan shug‘ullangan edi.
Hayoti va ilmiy ijodi davomida ko‘plab shogirdlar ham tayyorlagan.
Abu Usaybianing yozishicha, Masihiy Ibn Sinoning do‘sti boiish bilan
birga, tib sohasida unga ustozlik qilgan. Ibn Sino Masihiy sulton
Mahmudning G‘aznaga kelish to‘g‘risidagi taklifmi rad etib, Ibn Sino
bilan birgalikda Xurosonga qochib ketayotganda yoida 1011-yilda 40
yoshida vafot etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |