Alloma «Mafotih ul-ulum» asari o‘ziga xos qomusiy asar boiib,
o4sha davrdagi deyarli hamma asosiy fan sohalarini o‘z ichiga qamrab
olgan. Olim ocrta asrlardagi har bir fan mazmunini, asosiy atamalami
sharhlash y o ii bilan tushuntirib beradi.
Bizningcha, olim bu qomusiy asami yozishdan ikki maqsadni
ko‘zlagan boiishi kerak: birinchidan, ma’rifatparvarlik - o‘quvchilami
qadimgi musulmon Sharqi fani - fiqh va islom falsafasining ilm xazinasi
bilan tanishtirish, ikkinchidan, o6rta asr Sharqda mavjud boigan
dunyoviy ilmlaming hamma sohalari haqida tugal va mufassal maiumot
berish. Uchinchidan, olimning bu asari ijodiy fikmi bayon qilishning
hamda ilmiy munozara olib borishning osziga xos va o‘rta asr Sharq
fanida juda keng tarqalgan shakli boiganligidan dalolat beradi. Olim
«Mafotih ul-ulum» asarida o‘rta asrda mavjud boigan barcha ilmlami
turkumlab ikkiga boiadi: shariat ilmlari («ulum al-sharia») va ular bilan
bir qatorda turgan arab fllologiyasiga oid ilmlar va falsafiy bilimlami esa
u arablarniki bo‘lmagan fanlar («ulum al-ajam») deb aytadi. Maiumki,
«Ajam» deyilganda o‘rta asrdagi yunonlar, suriyaliklar, forslar, hindlar
tushunilgan.
Shariat ilmlari («ulum al-sharia») - musulmon huquqi, kalom, arab
tili grammatikasi, ish yurituvchilik, she’r vazni va nazariyasi,
shuningdek, tarixdan iborat boigan. Arablamiki boimagan fanlar
(«ulum al-ajam») falsafa, logika (mantiq), tibbiyot, arifmetika,
geometriya, astronomiya, musiqa, mexanika va kimyoni o‘z ichiga oladi.
Bizning fikrimizcha, Abdulloh al-Xorazmiynnng o6z davrida barcha
ilmlarni bunday tabaqalashtirishi va turkumlarga ajratishi, uning ilmiy
yetukligi, ijodiy mustaqilligi va tadqiqotchilik qobiliyati beqiyos
qomusiy olim ekanligidan dalolat beradi. Olimning bu kashfiyoti fiqh
ilmi va islom falsafasi, Qur’oni Karim, Hadisi Sharif va boshqa islom
mafkurasi majmuasi asoslarini o‘rganish va targib qilishda Sharq fani
taraqqiyoti tarixida yangi sahifa ochibgina qolmasdan, balki dunyoviy
ilmlami o‘rganishda ham ijobiy ahamiyatga ega boidi. Eng muhimi,
Abdulloh al-Xorazmiyning ilm-fan sohasidagi xizmatlari shundaki, u fan
tarixida Bemniydan keyin ilmiy haqiqatni qamrab oluvchi dunyoviy
fanlami shariat ilmlaridan ajratish to‘g‘risidagi g‘oyalami ilgari surdi.
Dunyoviy fanlaming har birini umumlashtirib, o‘zining ilmiy
xulosalarini chiqardi. Uning fikr doirasining kengligi, chiqargan har bir
ilmiy xulosasining ishonarliligi kishi diqqatini o‘ziga tortadi.
Abdulloh al-Xorazmiy ham boshqa mutafakkirlar singari «Mafotih
Do'stlaringiz bilan baham: