Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

Pulga bo„lgan talab va taklif 
Insonlar  bozor  iqtsodiyoti  sharoitida  o‗z  boyliklarini  har  xil 
shakllarda  (pul,  qimmatli  qog‗ozlar,  yer  uchastkasi,  ko‗chmas  mulk  va 
boshqa  ko‗rinishlarda)  saqlashi  mumkin.  Har  kim  o‗z  boyligini 
ko‗paytirishga  va  aynan  qaysi  shaklda  saqlash  maqsadga  muvofiq 
kelishiga intiladi. 
Boylikning  bir  qismini  pul  shaklida  ushlab  turish  maqsadga 
muvofiq. Negaki pul likvidli, unga har qanday tovar sotib olish mumkin. 
M.Fridmen  boylikning  beshta  asosiy  shakllarini  ajratib  ko‗rsatib 
beradi: pullar, obligatsiyalar, aksiyalar, moddiy ne‘matlar, inson kapitali. 
Bir  shakldagi  boylikning  qimmati  oshishi,  ikkinchisiniki  pasayishi 
mumkin.  Shu  bois,  boylik  shakllarining  almashtirib  turilishi,  ularni 
sotish  va  sotib  olish  operatsiyalari  doimo  bo‗lib  turadi.  Odamlar  o‗z 
boyliklarini ancha likvidli aktiv – pul shakllarida ushlab turishga harakat 
qiladilar.  Pulga  egalik  qilish  o‗z-o‗zidan  daromad  olib  kelmaydi.  Pul 
zaxirasi  bir  tomondan,  kundalik  xarajatlar  uchun  kerak  bo‗lsa,  ikkinchi 


259 
tomondan,  aktivlarni  pul  shaklida  saqlash  muqobil  daromad  olish 
imkoniyatini yo‗qotadi. Yostiqning yoki sandiqning tagida yotgan pullar 
ularning egalarini obligatsiyalarni sotib olish, tadbirkorlikka pul qo‗yish 
va boshqa yo‗llar bilan daromad topishdan mahrum etadi. 
Keynschilardan  farqli  ravishda,  monetaristlarning  tasdiqlashicha 
pulga bo‗lgan talab asosan ayirboshlash ehtiyojlari, boshqacha aytganda 
transaksion  sabablar  bilan  aniqlanadi.  Savol  tug‗iladi:  odamlar  o‗z 
aktivlarining  qancha  qismini  likvidli  shaklda  ushlab  turishlari  kerak? 
M.Fridmen  bo‗yicha  tovar  va  xizmatlarni  sotib  olish  uchun  zarur 
bo‗lgan qismini. Kassa zaxirasisiz bo‗lishi mumkin emas, lekin kassada 
kamroq  pul  saqlash  maqsadga  muvofiqdir.  Agar  kassada  pullari 
ko‗payib  ketsa,  odamlar  ularni  ko‗proq  foiz  yoki  foyda  keltiradigan 
aktivlarga aylantiradilar. 
Agar  baholarning  (inflyatsiya)  oshishi  kutilsa,  pulga  talab 
kamayadi,  aksincha,  baholarning  pasayishi  kutilsa,  pulga  bo‗lgan  talab 
kuchayadi. Pulga bo‗lgan talab foizga ham bog‗liq. Foiz oshganda pulga 
talab pasayadi.  Lekin pulga bo‗lgan talab nafaqat foiz stavkasiga, balki 
M.Fridmen  bo‗yicha  boshqa  aktivlarning  daromadlariga  nisbatan 
pulning  me‘yorli  foydaliligi  ham  bog‗liq.  Uning  me‘yorli  foydaliliga 
qancha yuqori bo‗lsa, pul talabi ham ko‗payadi. 
Pulning  muomaladagi  miqdori  uning  taklifini  bildiradi.  Pul  taklifi 
ancha  o‗zgaruvchan  bo‗ladi,  u  iqtisodiy  omillar  bilan  aniqlanmaydi, 
balki  tashqi  ta‘sirdan  yuzaga  keladi.  Pul  taklifi  markaziy  bank 
tomonidan  tijorat  banklari  beradigan  kreditlar  miqdori,  qimmatli 
qog‗ozlar oldi-sotdisi bilan tartibga solinib turiladi. Pulga bo‗lgan talab 
va  pul  taklifi  monetar  muvozanatni  yuzaga  keltiruvchi  asosiy  vositalar 
hisoblanadi.  Bunda  muvozanat  ajralgan  holda  shakllanmaydi.  Pul 
sektoridagi muvozanat tovar sektorida bo‗ladigan jarayonlar bilan uzviy 
bog‗liq. 
Pul taklifidagi o‗zgarishlarning YaIM bo‗lgan ta‘sirini monetaristlar 
va keynschilar har xil tushuntiradilar. Keyns bo‗yicha pul-kredit siyosati 


260 
(pul  miqdorining  o‗zgarishi)  asosida  foiz  stavkasi  yotadi,  u 
investitsiyaga  va  yalpi  talabga  ta‘sir  etuvchi  asosiy  omil  sifatida 
qaraladi. Shu bilan birga u foiz stavkasi rolini juda oshirib yubormaslik 
kerakligini  qayd  qilib  o‗tadi.  Bundan  tashqari  foiz  stavkasining 
pasayishi  investitsion  talabning  doimo  o‗sishini  keltirib  chiqarmaydi 
(―investitsion  tuzog‗i‖  sababli),  pul  massasining  ko‗payishi  esa  foiz 
stavkasining  pasayishini  keltirib  chiqarmasligi  mumkin  (―likvidlik 
tuzog‗i‖ sababli). 
Monetar  nazariyada  pul  talabi  va  taklifi  asosiy  hisoblanadi.  Ular 
tovarlarga  va  investitsiyalarga  bo‗lgan  talabni  pul  oqimi  (pul  miqdori 
massasi)ga bog‗lab tushuntiradi. Pul massasining bir oz ko‗payishi tovar 
va xizmatlarga bo‗lgan talabni oshiradi, lekin pul talabining  me‘yordan 
oshib  ketishi  baholarning  oshib  ketishiga  olib  keladi.  Shuning  uchun 
iqtisodiyotni  tartiblovchi  dastak  sifatidagi  baho  mexanizmining  amal 
qilishiga xalaqit bermaslik kerak. 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish