Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 J.Robinsonning iqtisodiy ta‟limoti



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

14.9. J.Robinsonning iqtisodiy ta‟limoti 
 
Joan  Vayolet  Robinson  (1903-1983)  Kembrij  universitetini 
bitirgan  va  A.Marshall  maktabining  taniqli  vakili  va  davomchisidir. 
1965-1971-yillar  shu  universitetda  professor  lovozimida  dars  bergan. 
Uning  dastlabki  asari  «Nomukammal  raqobatning  iqtisodiy  nazariyasi» 
1933-yili,  ya‘ni  muallif  30  yoshligida  yozilgan  va  unga  mashhurlik 
keltirdi. Asardagi bosh g‗oya monopoliyalar faoliyatida bozorlar jihatini 
aniqlashdan  iborat.  Bu  sharoitdagi  raqobat  iqtisodiyotdagi  muvozanatni 
buzadi  va  nomukammaldir  (Chemberlinda-monopolistik).  Dastlabki 


275 
vazifa:  o‗z  mahsulotiga  ega  bo‗lgan  ishlab  chiqaruvchi-monopolistik 
baholar  belgilanishining  mexanizmini  aniqlash.  Bahoning  miqdori, 
sotuvchi  o‗rnatgan  shu  bahoda  xaridorning  mahsulotni  sotib  olish  va 
monopol foyda tabiati o‗rnatiladi. Ammo Robinson xonimning mantiqiy 
fikrlashi Chemberlinnikidan farq qiladi. Robinson fikricha nomukammal 
raqobat  tufayli  avvalo,  raqobatli  xo‗jalik  tizimi  normal  muvozanat 
holatining butunlay buzulishi va yo‗nalishi, hatto yollanma  mehnatning 
«ekspluatatsiya»  sidir.  Chemberlin  esa  bu  masalani  bozorning  tabiiy 
muvozanati bilan chambarchas bog‗liqdir, deb qaragan.  
Robinson  monopoliyaga  salbiy  munosabat  bildirib,  uni  bozor 
sharoitdagi  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlarni  izdan  chiqaruvchi  omil 
sifatida qaraydi.  
Asardagi asosiy g‗oyalar quyidagilardan iborat.  
Tadbirkorlar nomukammal raqobat sharoitiga nisbatan mukammal 
(sof)  raqobat  sharoitda  ishlab  chiqarishni  monpollashtirishdan  kamroq 
manfaatdor  bo‗ladilar.  Chunki  nomukammal  raqobat  sharoitida  ayrim 
firmalar  optimal  ko‗rsatgichlarga  erisha  olmaydilar,  samarasiz  (kam 
samara  bilan)  faoliyat  ko‗rsatadilar,  shu  sababli  monopolist  mahsulot 
chiqarishni 
cheklash 
bilan 
o‗z  mahsuloti  narxini  oshirish 
imkoniyatigagina  ega  bo‗lmasdan,  balki  sohadagi  ishlab  chiqarishni 
tashkil  etishni  mukammallashtirish  yo‗li  bilan  ishlab  chiqarish 
xarajatlarini pasaytirishi mumkin.  
Monopoliya ishlab chiqarish mahsulotining xuddi shunga o‗xshash 
boshqa mahsulotdan sezilarli ajralib turishini talab etadi yoki boshqacha 
aytganda,  differensiatsiya  ro‗y  beradi;  boshqa  qo‗shimcha  sharoit  ham 
zarur,  unga  ko‗ra  firma  -monopolist  optimal  hajmdan  ortiqroq  bo‗lgan 
ko‗rsatkichlar bilan xarakterlanishi kerak.  
Nomukammal  raqobatli  monopolistik  bozorda  aniqlashni  talab 
etuvchi bir qancha sharoitlar yuzaga keladi.  
Yuqorida  barcha  g‗oyalar  jamlanib,  real  hayotda  nomukammal 
raqobat sharoitida ishlab chiqarish omillari ekspluatatsiyasi tendensiyasi 


276 
paydo  bo‗lishiga  yordam  beradi.  Bu  holat  avval  o‗zaro  raqobatlashgan 
ko‗pgina  firmalarni  yutib  yurovuchi  yirik  birlashmanig  paydo  bo‗lishi 
bilan  yanada  kuchayadi.  Boshqaruv  birligi  hajmi  (ko‗rsatkichi)  ning 
yiriklashuvi (yakka boshqaruv) boylikni taqsimlashdagi adolatsizlikning 
yanada  kuchayishini  zaruriy  ravishda  keltirib  chiqaradi.  Bu  ancha 
inqilobiy 
g‗oya  bo‗lib,  Chemberlinning  monopoliya  istiqboli 
to‗g‗risidagi 
optimistik 
fikriga 
qarshidir. 
Ishlab 
chiqarishning 
monopolizatsiyasi  muammosi  bilan  «samaradorlik  yoki  adolat»  degan 
dilemmani (ya‘ni unisi yoki bunisi) yechish zarurati ilgari suriladi.  
Monopolizatsiyaga  u  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirishga 
yordam  beradi,  deb  ustunvorlik  berish  yetarli  emas,  ya‘ni  adolat 
masalasi  ham  qo‗yilishi  kerak.  Iqtisodiyot  tarixida  «samaradorlik»  va 
«adolat» ni qandaydir yo‗l bilan ajratishga intilish katta xomxayollikdir.  

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish